Tadbirlar

🗓2026-yil 22-yanvar kuni

🔸Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida Yashnobod tuman hokimligi Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Oqila ayollar” harakati hamda Tuman targ‘ibot ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔸Tadbirning asosiy maqsadi Prezidentimiz murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish, mahalla institutining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini mustahkamlash, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirishdan iborat bo‘ldi.

🔸Davra suhbati davomida mahalla faoliyatini yanada rivojlantirish, ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish, yoshlar bilan tizimli ishlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish borasida muhim vazifalar belgilab olindi.
Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tadbir mazmunini yanada boyitdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

🗓2026-yil 30-yanvar kuni

🔹Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Kitob — ma’naviy kamolot manbai” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari faol ishtirok etib, kutubxona faoliyati, mavjud axborot-resurslari hamda sohaga oid adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, AKT bo‘limi xodimi tomonidan kutubxona rasmiy veb-saytidan samarali foydalanish, elektron resurslardan unumli foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

🔹Ushbu uchrashuv soha vakillarining ma’naviy dunyoqarashini boyitish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda intellektual salohiyatini mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarda kitobxonlikka bo‘lgan e’tibor yanada kuchayib, bilim olishga bo‘lgan intilish rag‘batlantirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Alisher_Navoiy_585_yilligi 

🗓2026-yil 3-fevral kuni Yashnobod TAKM Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan foydalanuvchilar uchun Buyuk o’zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) tavalludining 585 yilligiga bag’ishlangan “Bizning buyuk ajdodlar” nomli kitob-rasmli ko’rgazmasi tashkil etildi.
        Ko‘rgazmada foydalanuvchilar e’tiboriga dunyo tillariga tarjima qilingan Navoiyning tanlangan asarlari, g‘azallari, ruboiylari, o‘z asarlari izohi,  ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g‘oyalarga yo‘g‘rilgan asarlari taqdim etilgan. Kutubxonaga tashrif buyurgan adabiyot ixlosmandlari, yoshlar, talabalar va ma’naviy kamolotga intiluvchi har bir kitobxon Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi kitoblar hamda adibning asarlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ko’rgazma keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

2026-yil 24-fevral kuni Yashnobod TAKM hamda Toshkent shahar “Bilim” Akm bilan hamkorlikda “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir” shiori ostida  “Mutolaa – ayol ziynati” mavzusida  davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  mahalla ayollari uchun  “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʼrtasida kitob oʼqishga qiziqtirishni oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-9-sonli qarorning birinchi bandiga to’xtalib, aholining kitobxonlik darajasi bir odam oʼqiydigan kitob sonini oʼrtacha 10 ta kitobga yetkazish belgilangani, shu bois ayollarni bilimlarini oshirish uchun kutubxona va kitob bilan oshno boʼlishlariga da’vat etib tadbirni  markaz direktori Ya. Аtayeva ochib berdilar.

Tadbir davomida ayolning jamiyatdagi o‘rni, oiladagi tarbiyaviy mas’uliyati va ma’naviy kamolotida kitobning tutgan beqiyos ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi.  Davra suhbati ko‘tarinki ruhda o‘tib, xotin-qizlarni kitob mutolaasiga yanada keng jalb etish, ularning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirishga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

🔹2026-yil 25-fevral kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi hamda Qadriyat MFY bilan hamkorlikda “Kitob bilan kelajak sari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada yuksaltirish, ularni mutolaaga keng jalb etish hamda ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini boyitishdan iborat bo‘ldi.

🔹Davra suhbati davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning shaxs kamolotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar o‘zlari sevib o‘qigan asarlar haqida so‘z yuritib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida taklif va tavsiyalarini berdilar.

🔹Tadbir yakunida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

🗓2026-yil 6-mart kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida tuman “Oqila ayollar” harakati bilan hamkorlikda “Ayolga ehtirom – jamiyatga ehtirom” nomli badiiy-musiqali bayram kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yashnobod tuman AKM rahbari Ya. R. Atayeva, Yashnobod tuman targ‘ibot guruhi rahbari T. Sharipova, “Oqila ayollar” harakati yetakchisi F. Xojiqulova hamda ushbu harakatning faol a’zolari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida milliy qadriyatlar, ayollarning jamiyatdagi o‘rni, oiladagi beqiyos roli, bugungi kunda ularga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va ehtirom, yosh avlod tarbiyasidagi ulkan hissasi haqida mazmunli fikr-mulohazalar bildirildi. Tabriklar, she’r, kuy va qo‘shiqlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarda iliq taasurotlar qoldirdi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan ayollar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#kitob_koʻrgazma

2026-yil 10-mart kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida tuman “Oqila ayollar” harakati bilan hamkorlikda “Ayolga ehtirom – jamiyatga ehtirom” nomli badiiy-musiqali bayram kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida milliy qadriyatlar, ayollarning jamiyatdagi o‘rni, oiladagi beqiyos roli, bugungi kunda ularga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va ehtirom, yosh avlod tarbiyasidagi ulkan hissasi haqida mazmunli fikr-mulohazalar bildirildi. Tabriklar, she’r, kuy va qo‘shiqlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarda iliq taasurotlar qoldirdi. Tadbir davomida tashkil etilgan kitoblar ko’rgazmasiga Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan bibliografik sharh berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#metodik_yordam

🔹2026-yil 12-mart kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Yashnobod tumanida joylashgan “Qadriyat” mahalla kutubxonasiga tashrif buyurdilar.

🔹Tashrif davomida mahalla kutubxonasida amalga oshirilgan ishlar holati o’rganilib, Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan kutubxonada muhim sanalarga bag’ishlangan kitob ko’rgazmalari tashkil qilish, o’lkashunoslik mazmunidagi bibliografik qo’llanmalar tuzish bo’yicha amaliy va metodik yordamlar ko’rsatildi.

🔹Mutaxassislar tomonidan berilgan tavsiyalar kutubxona faoliyatini rivojlantirishga, aholini ko’proq jalb qilinishiga va kutubxonachi Z. Axmadjanovaning ish jarayonida samarali fo’ydalanishiga yordam beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

2026-yil 27-mart kuni Yashnobod tumanidagi “Do‘stlik” bog‘ida “Hush kelding, Navro‘z” deb nomlangan Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi o‘zining kitob ko‘rgazmalari bilan faol ishtirok etdi.
Tadbirga tashrif buyurganlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan adabiyotlar bilan tanishib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.

Mazkur tadbir milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan ko‘rgazmaga katta qiziqish bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Kitobxonlik_haftaligi_2026

🗓2026-yil 13-aprel kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida mazmunli va ahamiyatli tadbir tashkil etildi.

🔸Mazkur haftalikning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni kitobga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash hamda ma’naviy barkamol avlodni shakllantirishdan iborat bo‘lib, shu yo‘nalishda 226-maktab bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston — kitobxon yoshlar bilan” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🔸Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarining sevimli asarlari, mutolaa jarayonidagi taassurotlari hamda kitobning inson hayotidagi o‘rni haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Suhbat jarayoni qiziqarli savol-javoblar, erkin fikr almashuvlar va bahs-munozaralarga boy tarzda kechdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Kitobxonlik_haftaligi_2026

2026-yil 13-aprel kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ularni ma’naviy barkamollikka yo‘naltirish maqsadida “Kitob — tafakkur gulshani” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazma davomida kitobxonlar kutubxona fondida mavjud adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari tomonidan adabiyotlar yuzasidan bibliografik sharh berilib, o‘quvchilarga zarur tavsiyalar taqdim etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Kitobxonlik_haftaligi_2026

2026-yil 14-aprel kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 255-maktab bilan hamkorlikda “Bugun o‘qi, ertaga yuksal” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir davomida o‘quvchilar va ishtirokchilar bilan kitobxonlikning ahamiyati, muntazam mutolaaning inson tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. Suhbat jarayonida kitobga mehr uyg‘otish, yoshlarni ilm olishga undash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalari bilan faol qatnashib, sevimli asarlari, o‘qigan kitoblaridan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir yakunida esa kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirish muhim vazifa ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Kitobxonlik_haftaligi_2026

#Kitob_taqdimoti

🔹2026-yil 15-aprel kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, iste’dodli shoir Zikrilla Ne’mat ijodiga bag‘ishlangan “Ijod va tafakkur” nomli adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Uchrashuvda Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — shoirlar Tursun Ali, Negmurod Guliyev, Samad Damin hamda bolalar shoiri Dilshod Rajab ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari, ijodiy qarashlari va iliq xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.

🔹Shuningdek, uchrashuv doirasida Zikrilla Ne’matning “Rayhonli bola, yoxud Beruniyning yoshligi” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur kitobda buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merosi, ularning bolaligi, insoniy fazilatlari haqida so’zlab, ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

🔹Tadbir ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashib, adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Kitobxonlik_haftaligi_2026

#Ekskursiya

🔸2026-yil 16-aprel kuni “Kitobsevar millat” shiori ostida VI “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Ma’rifat maskanida bir kun” nomli ekskursiya tashkil etildi. Mazkur ekskursiyada 255-maktab o‘quvchilari hamda “Kitobsevarlar” klubi a’zolari ishtirok etdi.

🔸Ekskursiya davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati, kitob fondlari va yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga mutolaaning ahamiyati, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yuzasidan foydali tavsiyalar berildi.

🔸Tadbir yakunida o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqish yanada ortib, ular uchun boy taassurotlar qoldirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Kitobxonlik_haftaligi_2026

🔸2026-yil 16-aprel kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi hamda 226-maktab hamkorligida “Jadidlar – milliy o‘zlik va istiqlol g‘oyalari asoschilari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🔸Tadbir davomida jadid ma’rifatparvarlarining hayoti va faoliyati, ularning milliy uyg‘onish hamda istiqlol g‘oyalarini shakllantirishdagi tarixiy o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

🔸Shuningdek, ishtirokchilar mavzu yuzasidan fikr almashib, savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.

🔸Tadbir yoshlarning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Kitobxonlik_haftaligi_2026

#Koʻrgazma

🗓2026-yil 16-aprel kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Diqqat! Yangi adabiyotlar” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlari jamlanib, kitobxonlarga taqdim etildi.

🔸Mazkur ko‘rgazma ishtirokchilarda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.

🔸Tadbir keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda turli yoshdagi o‘quvchilar va kitobsevarlar faol ishtirok etdilar.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Kitobxonlik_haftaligi_2026

#Ekskursiya

2026-yil 17-aprel kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Ma’rifat maskaniga sayohat” nomli ekskursiya tashkil etildi.

Mazkur ekskursiyada 226-maktab maktabning faol o’quvchilari ishtirok etib, kutubxonaning boy fondi, zamonaviy axborot-resurslari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, ularda kitobga bo‘lgan qiziqish va mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.

Bunday ma’rifiy ekskursiyalar yosh avlodni bilim olishga undash, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Kitobxonlik_haftaligi_2026

#Koʻchma_kutubxona

2026-yil 17-aprel kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 161-sonli DMTTda “Kichkintoylar olamida kitob sehri” nomli ko‘chma kutubxona tashkil etildi.

Mazkur ko‘chma kutubxonada jajji kitobxonlar uchun mo‘ljallangan rang-barang ertaklar jamlanmasi, kichkintoylar entsiklopediyalari hamda qiziqarli va o‘rgatuvchi adabiyotlar keng o‘rin oldi.

Tadbir davomida bolajonlar kitoblar olamiga sayohat qilib, ertak qahramonlari bilan tanishdilar, ularning tasavvur doirasi yanada kengaydi.

Ko‘chma kutubxona kichkintoylarda kitobga mehr uyg‘otish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va ularni bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Mirmuhsin_105_yilligi

🗓2026-yil 1-may kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida O’zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsin tavalludining 105 yilligi munosabati bilan “Ma’naviyat yo’lida yo’lchi – Mirmuhsin” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi. Ko’rgazmadan adibning turli janrlarda yaratgan asarlari o’rin olgan bo’lib, ular orqali o’quvchilar Mirmuhsinning boy ma’naviy merosi, insonparvarlik g’oyalari va hayotiy kuzatishlari bilan yaqindan tanishadilar.

🔹Adibning asarlarida Vatanga muhabbat, inson qadri, mehnatsevarlik va adolat kabi ezgu g’oyalar keng yoritilgan. Uning qahramonlari orqali jamiyatdagi muammolar, inson qalbining nozik kechinmalari mahorat bilan tasvirlangan.

🔹Ko’rgazmaning asosiy maqsadi — yosh avlodni kitobxonlikka chorlash, milliy adabiyotimizga bo’lgan qiziqishni oshirish hamda Mirmuhsin ijodini keng targ’ib qilishdan iborat. Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan adabiyotlarga bibliografik sharh berildi. Ko’rgazma keng kitobxonlar ommasiga mo’ljalangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

2026-yil 20-may kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida xotin-qizlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni mutolaaga keng jalb etish maqsadida “Mutolaa — qalb va tafakkur ozuqasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar haqida iliq fikr-mulohazalar bildirib, kitoblarning inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, ular bir-birlariga qiziqarli asarlar tavsiya etib, mutolaa orqali olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

2026-yil 22-may kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi hamda “Qadriyat” MFY bilan hamkorlikda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitob mutolaasiga qiziqtirish va kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitob – eng yaqin do’st” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, yoshlar tafakkurini shakllantirishdagi ahamiyati hamda mutolaaning ma’naviy kamolotga ta’siri haqida atroflicha fikr yuritildi.

Suhbat jarayonida ishtirokchilar o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar, sevimli adiblari va kitobxonlik borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kitob mutolaasining foydasi, zamonaviy yoshlar hayotida kitobning tutgan o‘rni haqida tavsiyalar berildi hamda turli badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Koʻchma_kutubxona

2026-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan PQ-9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 226-sonli maktabda “Ma’rifat karvoni” heshtegi ostida “Kitob bilan maroqli ta’til” nomli ko‘chma kutubxona tashkil etildi.

Ko‘chma kutubxonaga bolalar adabiyoti, badiiy asarlar hamda Prezident asarlari joylashtirilib, ular o‘quvchilarning yoshiga va qiziqishlariga mos ravishda tanlab olindi. Tadbir davomida o‘quvchilar kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan asarlarni mutolaa qildilar.

Tadbirning asosiy maqsadi yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitob mutolaasiga keng jalb etish hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

#metodik_yordam

2026-yil 4-iyun kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Yashnobod tuman Madaniyat boʻlimi, madaniyat markazi kutubxonasiga kutubxona faoliyatini o’rganish maqsadida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mutaxassislar tomonidan kutubxona faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarni to’g’ri yuritish, kutubxona fondini to’g’ri tashkil etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash, kitobxonlarga sifatli xizmat ko’rsatish bo’yicha metodik tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Koʻrgazma

2026-yil 5-iyun kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga bag‘ishlangan “Halima Xudoyberdiyeva – otashnafas shoira” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.

Mazkur ko‘rgazmadan shoiraning turli yillarda nashr etilgan she’riy to‘plamlari, ijodiy merosini yorituvchi adabiyotlar, u haqda yozilgan maqolalar hamda fotomateriallar o‘rin oldi.

Ko‘rgazma orqali kitobxonlar Halima Xudoyberdiyevaning serqirra ijodi, Vatanga muhabbat, insoniylik, mehr-oqibat va milliy qadriyatlarni ulug‘lovchi she’rlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ushbu kitob-rasmli ko‘rgazma keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, yosh avlodni milliy adabiyotimiz durdonalari bilan tanishtirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda atoqli ijodkorlar merosini targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

🗓2026-yil 8-iyun kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga bag‘ishlangan “Halima Xudoyberdiyeva ijodida muhabbat va sadoqat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida shoiraning sermazmun hayot yo‘li va boy ijodiy merosi haqida batafsil so‘z yuritildi. Ishtirokchilarga Halima Xudoyberdiyevaning she’riyatida ona Vatanga muhabbat, insoniy sadoqat, milliy qadriyatlar va ayol qalbining nozik kechinmalari yuksak badiiy mahorat bilan aks ettirilgani haqida ma’lumotlar berildi. Shoiraning eng sara she’rlari o‘qilib, ularning mazmun-mohiyati tahlil qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

2026-yil 11-iyun kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” munosabati bilan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitob mutolaasiga qiziqtirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida “Kitoblar olamiga sayohat” nomli ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida ishtirokchilar axborot-kutubxona markazining kitob fondi, elektron resurslari, zamonaviy xizmatlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mutaxassislar tomonidan turli mavzulardagi adabiyotlar, yangi nashrlar va yoshlar orasida ommalashgan asarlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur ekskursiya yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni muntazam mutolaa qilishga undash hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Kitobxon_onalar_kuni

2026-yil 17-iyun kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan “Ona mutolaasi – farzand tarbiyasining poydevori” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida farzand tarbiyasida kitobning o‘rni, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish, bolalarda mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ishtirokchilar o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar, kitobxonlikning inson kamolotidagi ahamiyati hamda farzandlarga kitobga mehr uyg‘otish borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Yoshlar_kuni

2026-yil 18-iyun kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida 59-sonli buyruq asosida iyun–avgust oylarining har payshanba kuni o’tkazilayotgan “Yoshlar kuni” doirasida “Kitob tafakkur manbai” mavzusida kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.
Ko’rgazmada o’zbek va jahon adabiyotining sara asarlari, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-ommabop kitoblar keng namoyish etildi.

Tashrif buyurgan yoshlar ko’rgazmadan o’zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan tanishib, mutolaa qilishga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.

Tadbirni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda kitob mutolaasi orqali bilim va tafakkurini rivojlantirishdan iborat bo’ldi. Ko’rgazma ishtirokchilarda kitobga mehr va mutolaa qilishga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Yoshlar_kuni
#Koʻchma_kutubxona

2026-yil 18-iyun kuni “Yoshlar kuni” doirasida “Qadriyat” MFY bilan hamkorlikda “Kitob va mehr karvoni: qariyalar e’tiborida, yoshlar tashabbusida” nomli ko‘chma kutubxona tashkil etildi. Yosh kitobxonlar va mutaxassislar tashabbusi bilan ushbu mahallada yashovchi yoshi ulug‘ insonlar xonadoniga tashrif buyurib, ko‘chma kutubxonaga berilgan adabiyotlardan mutolaa qilish uchun taqdim etildi.
Ushbu tashabbus orqali yoshlarda kattalarga nisbatan mehr-oqibat, hurmat va e’tibor tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yuksaltirish ko‘zda tutilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

Joriy yilning 2-iyul kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari tomonidan, 2- iyul O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan kuni munosabati bilan foydalanuvchilar uchun kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.

Ko’rgazmadan milliy ramzlarimiz va qonunlarimizni ifoda etgan kitoblar o’rin oldi va ularga bibliografik sharh berildi. Ushbu ko‘rgazma “Davlat gerbi-millat iftixori” mavzusida tashkil etilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbining tarixiy ahamiyati, ramziy ma’nolari va uning milliy g‘urur manbai sifatidagi o‘rnini yoritadi.

Ko‘rgazma orqali yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish, milliy ramzlarga bo‘lgan hurmat va e’tiborni oshirish maqsad qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Oromgoh_2026 

2026-yil 13-iyul kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Kelajak” markazi oromgohida “Kitob bilan do’stlashamiz” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirda o’quvchilar, o’qituvchilar va kutubxona mutaxassislari ishtirok etdilar. Suhbat davomida o’quvchilarga kitoblarning ahamiyati, ayniqsa, yoshlar uchun ko’proq o’qish va o’qilgan kitoblar orqali o’z fikrlarini erkin ifodalash imkoniyatlari haqida ma’ruzalar qilindi.

O’quvchilar turli janrlardagi kitoblarni muhokama qildilar, shuningdek, sevimli mualliflari va ularning asarlari haqida o’z fikrlarini bildirdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar kitoblarni o’qish, o’zaro tajriba almashish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga chaqiruvchi qiziqarli savol-javob o’yinlari o’tkazdilar.

Bunday tadbirlar kelajak avlodni kitob o’qishga jalb qilish hamda ularning madaniy va ma’naviy taraqqiyotida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#kitob_koʻrgazma
#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat
 
Bolalar alohida g’amxo’rlik va yordam huquqiga egadirlar. Har bir bola uchun ko’zda tutilgan barcha huquqlarni hurmat qilinishi va huquqlari taminlanishi kerak.
        Shu munosabat bilan 2026 – yil 14 – iyul kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Inson huquqlari – oliy qadriyat” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmadan huquqqa oid qonunlar va qo’llanmalar, gazeta maqolalari, bolalar huquqlari haqidagi badiiy va ilmiy – ommabop kitoblar o’rin olgan. Ko’rgazmadan maqsad,  yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish, bolalarni o’z huquqlari bilan tanishtirish, ularning huquq va erkinliklarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash, kitob mutolaasiga qiziqishini oshirish  hamda bolalar huquqlari to’g’risidagi konventsiya mazmun –mohiyatini keng targ’ib qilishdir. Ko’rgazmadagi adabiyotlarga Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan bibliografik sharh berildi.
  

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Yoshlar_kuni 

2026-yil 16-iyul kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” doirasida “Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash kuni” mavzusiga bagʻishlangan rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi direktori Yaxshigul Atayeva tadbirkorlik faoliyatini endi boshlayotgan yoshlar uchun muomala madaniyati, fikrni aniq va ravon bayon eta bilish, keng dunyoqarashga ega bo‘lish hamda shaxsiy rivojlanishda kitob mutolaasining o‘rni beqiyos ekanligini alohida taʼkidladi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan yosh tadbirkorlarga amaliy tavsiyalar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

2026-yil 23-iyul kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” doirasida “Yosh fermerlarni qo’llab-quvvtlash kuni” munosabati bilan “Yoshlar tashabbusi-qishloq xo’jaligi taraqqiyoti” mavzusida davra suhbati tashki etildi.

Tadbirda markaz rahbari hamda chorvachilikka qiziquvchi izlanuvchan yoshlar ishtirok etib, yosh fermerlarni qo’llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag’batlantirish, qishloq xo’jaligi sohasida zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlardan foydalanish masalalari haqida fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlarning bilim va salohiyatini oshirishda kitob mutolaasining o’rni alohida ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter