{"id":42,"date":"2023-02-10T05:04:15","date_gmt":"2023-02-10T05:04:15","guid":{"rendered":"https:\/\/yashnabodlibrary.uz\/?page_id=42"},"modified":"2026-04-02T06:06:39","modified_gmt":"2026-04-02T06:06:39","slug":"hujjatlar","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/yashnabodlibrary.uz\/?page_id=42","title":{"rendered":"Hujjatlar"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>O\u2019ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI TO\u2019G\u2019RISIDA<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\">Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 4 martda qabul qilingan<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\">Senat tomonidan 2011 yil 25 martda ma\u2019qullangan<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">1-bob. Umumiy qoidalar<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">1-modda.&nbsp;Ushbu Qonunning maqsadi<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu Qonunning maqsadi axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">2-modda.&nbsp;Axborot-kutubxona faoliyati to\u2019g\u2019risidagi qonun hujjatlari<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona faoliyati to\u2019g\u2019risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Agar O\u2019zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O\u2019zbekiston Respublikasining axborot-kutubxona faoliyati to\u2019g\u2019risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo\u2019lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo\u2019llaniladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">3-modda.&nbsp;Asosiy tushunchalar<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo\u2019llaniladi:<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona resursi&nbsp;\u2014 moddiy ob\u2019ektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni ta\u2019minlash uchun rekvizitlarga ega bo\u2019lgan axborot;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona faoliyati&nbsp;\u2014 axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona fondlarini shakllantirish va axborot-kutubxona xizmati ko\u2019rsatishni tashkil etish bo\u2019yicha faoliyati;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona fondi&nbsp;\u2014 tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslarining majmui;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona xizmati ko\u2019rsatish&nbsp;\u2014 foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta\u2019minlash;<\/p>\n\n\n\n<p>yig\u2019ma elektron katalog&nbsp;\u2014 axborot-kutubxona muassasalarining elektron kataloglari majmui;<\/p>\n\n\n\n<p>foydalanuvchi&nbsp;\u2014 axborot-kutubxona xizmati ko\u2019rsatilishi uchun axborot-kutubxona muassasasida ro\u2019yxatga olingan shaxs;<\/p>\n\n\n\n<p>elektron katalog&nbsp;\u2014 tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslari ro\u2019yxatining elektron shakli;<\/p>\n\n\n\n<p>elektron kutubxona&nbsp;\u2014 axborot-kutubxona fondining elektron shakli.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">4-modda.&nbsp;Axborot-kutubxona faoliyatining asosiy vazifalari<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:<\/p>\n\n\n\n<p>foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta\u2019minlash;<\/p>\n\n\n\n<p>foydalanuvchilarning intellektual, ma\u2019naviy-axloqiy, madaniy va ta\u2019lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;<\/p>\n\n\n\n<p>milliy madaniyatni tiklashga va yanada rivojlantirishga ko\u2019maklashish, O\u2019zbekiston xalqining tarixiy, ma\u2019naviy va madaniy merosini saqlash;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona resurslaridan o\u2019zaro foydalanishni ta\u2019minlash.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">2-bob. Axborot-kutubxona faoliyati sohasining davlat tomonidan tartibga solinishi<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">5-modda.&nbsp;Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u axborot-kutubxona faoliyati sohasida maxsus vakolat bergan davlat organi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">6-modda.&nbsp;O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi vakolatlari<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta\u2019minlaydi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">7-modda.&nbsp;Maxsus vakolatli davlat organi<\/p>\n\n\n\n<p>Maxsus vakolatli davlat organi:<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishida ishtirok etadi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarni ishlab chiqadi hamda qabul qiladi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona resurslarini noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslari sirasiga kiritish tartibini, shuningdek ularni saqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalarining hisobini yuritadi;<\/p>\n\n\n\n<p>yig\u2019ma elektron katalogni shakllantirish va yuritish tartibini tasdiqlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Maxsus vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">8-modda.&nbsp;Axborot-kutubxona muassasalarini davlat tomonidan qo\u2019llab-quvvatlash<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona muassasalarini davlat tomonidan qo\u2019llab-quvvatlash:<\/p>\n\n\n\n<p>ularning moliyaviy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga investitsiyalar jalb etish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshirishda soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlarni belgilash orqali amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">3-bob. Axborot-kutubxona tizimi<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">9-modda.&nbsp;Axborot-kutubxona tizimi hamda axborot-kutubxona muassasalarining turlari<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona tizimi yagona tashkiliy va uslubiy ta\u2019minot asosida faoliyat ko\u2019rsatuvchi axborot-kutubxona muassasalari majmuidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona muassasasi mustaqil muassasa bo\u2019lishi yoxud korxona, muassasa yoki tashkilotning tarkibiy bo\u2019linmasi bo\u2019lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona muassasalariga quyidagilar kiradi:<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Milliy kutubxonasi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona markazlari;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-resurs markazlari;<\/p>\n\n\n\n<p>davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari;<\/p>\n\n\n\n<p>boshqa kutubxonalar (fuqarolar o\u2019zini o\u2019zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, tijorat tashkilotlarining kutubxonalari).<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarining mazmuni va belgilangan maqsadiga ko\u2019ra universal hamda maxsus axborot-kutubxona muassasalariga bo\u2019linadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Universal axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini bilimning turli sohalari bo\u2019yicha shakllantiradi va turli toifadagi foydalanuvchilarning axborotga bo\u2019lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Maxsus axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini bilimning bir yoki bir necha turdosh sohalari bo\u2019yicha shakllantiradi va ayrim toifadagi foydalanuvchilarning axborotga bo\u2019lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">10-modda.&nbsp;O\u2019zbekiston Milliy kutubxonasi<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Milliy kutubxonasi milliy va jahon madaniyatini, fani va ta\u2019limini rivojlantirish manfaatlarini ko\u2019zlagan holda O\u2019zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi umumdavlat universal axborot-kutubxona muassasasidir.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Milliy kutubxonasi:<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona fondini shakllantiradi, uning but saqlanishini ta\u2019minlaydi hamda foydalanuvchilarga milliy va xorijiy nashrlarning eng to\u2019liq to\u2019plamini taqdim etadi;<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning majburiy nusxasini, shuningdek dissertatsiyalarning ko\u2019chirma nusxasini oladi;<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning davlat bibliografik hisobini yuritadi;<\/p>\n\n\n\n<p>elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;<\/p>\n\n\n\n<p>kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohasida ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;<\/p>\n\n\n\n<p>noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarini but saqlash, konservatsiyalash va restavratsiya qilish bo\u2019yicha ishlarni amalga oshiradi;<\/p>\n\n\n\n<p>yig\u2019ma elektron katalogni shakllantiradi va yuritadi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona resurslaridan o\u2019zaro foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi;<\/p>\n\n\n\n<p>boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Milliy kutubxonasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Milliy kutubxonasi to\u2019g\u2019risidagi&nbsp;nizom&nbsp;O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">11-modda.&nbsp;Axborot-kutubxona markazlari<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona markazlari Qoraqalpog\u2019iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalaridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona markazlari:<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini ta\u2019minlaydi;<\/p>\n\n\n\n<p>elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;<\/p>\n\n\n\n<p>tegishli hududda chiqariladigan nashrlarning majburiy nusxasini oladi;<\/p>\n\n\n\n<p>bibliografik, ilmiy-uslubiy va madaniy-ma\u2019rifiy ishlarni bajaradi;<\/p>\n\n\n\n<p>tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularni tashkiliy-uslubiy jihatdan ta\u2019minlashni amalga oshiradi;<\/p>\n\n\n\n<p>yig\u2019ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona resurslaridan o\u2019zaro foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi;<\/p>\n\n\n\n<p>boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;<\/p>\n\n\n\n<p>tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalarining depozitar saqlanadigan axborot-kutubxona resurslarini to\u2019plashni amalga oshiradi va ularning hisobini yuritadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona markazlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona markazlarining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona markazi to\u2019g\u2019risidagi namunaviy nizom O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">12-modda.&nbsp;Axborot-resurs markazlari<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-resurs markazlari davlat ta\u2019lim muassasalari huzurida tashkil etilgan, o\u2019quvchi yoshlarning, shuningdek aholining axborotga bo\u2019lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalaridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-resurs markazlari:<\/p>\n\n\n\n<p>ta\u2019lim muassasasining ixtisoslashuviga muvofiq asosan ilmiy-ta\u2019limga oid mazmundagi axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini ta\u2019minlaydi;<\/p>\n\n\n\n<p>elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;<\/p>\n\n\n\n<p>shaxsning ma\u2019naviy boy va barkamol ijodiy o\u2019sishi uchun imkoniyatlar yaratgan holda o\u2019zidagi va o\u2019zidan uzoqdagi axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish asosida O\u2019zbekiston xalqining tarixiy, ma\u2019naviy va madaniy merosidan foydalanuvchilarni bahramand etadi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona resurslaridan o\u2019zaro foydalanishni ta\u2019minlaydi;<\/p>\n\n\n\n<p>boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;<\/p>\n\n\n\n<p>yig\u2019ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi;<\/p>\n\n\n\n<p>madaniy, ta\u2019lim, axborot dasturlari va loyihalarini hamda boshqa dasturlar va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta\u2019lim, ilmiy muassasalar va arxivlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, milliy madaniyat markazlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-resurs markazlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-resurs markazlarining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-resurs markazi to\u2019g\u2019risidagi namunaviy nizom O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">13-modda.&nbsp;Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi maxsus axborot-kutubxona muassasalaridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari:<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini ta\u2019minlaydi;<\/p>\n\n\n\n<p>elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona resurslaridan o\u2019zaro foydalanishni ta\u2019minlaydi;<\/p>\n\n\n\n<p>boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;<\/p>\n\n\n\n<p>yig\u2019ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kutubxonalarining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari to\u2019g\u2019risidagi nizomlar ushbu organlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">14-modda.&nbsp;Boshqa kutubxonalar<\/p>\n\n\n\n<p>Boshqa kutubxonalar o\u2019z muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi universal yoki maxsus axborot-kutubxona muassasalaridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Boshqa kutubxonalar:<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini ta\u2019minlaydi;<\/p>\n\n\n\n<p>elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona resurslaridan o\u2019zaro foydalanishni ta\u2019minlaydi;<\/p>\n\n\n\n<p>boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;<\/p>\n\n\n\n<p>yig\u2019ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boshqa kutubxonalarning axborot-kutubxona fondi ularning muassislari mulkidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Boshqa kutubxonalar to\u2019g\u2019risidagi nizomlar ularning muassislari tomonidan tasdiqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">15-modda.&nbsp;Axborot-kutubxona muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">&nbsp;4-bob. Axborot-kutubxona fondi<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">16-modda.&nbsp;Axborot-kutubxona fondini shakllantirish<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona fondini shakllantirish axborot-kutubxona muassasasining maqsadlari va vazifalariga muvofiq uni jamlash, hisobga olish, ishlovdan o\u2019tkazish, joylashtirish va saqlash orqali amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">17-modda.&nbsp;Axborot-kutubxona fondini jamlash<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona fondi nashrlarni va boshqa axborot-kutubxona resurslarini sotib olish, ularga obuna bo\u2019lish, ularni ayirboshlash, tekinga olish, shu jumladan hadyaga olish hisobiga jamlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">18-modda.&nbsp;Axborot-kutubxona fondini hisobga olish, ishlovdan o\u2019tkazish, joylashtirish, saqlash va undan foydalanish<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona fondini hisobga olish, ishlovdan o\u2019tkazish, joylashtirish, saqlash va undan foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona fondining nashrlar majburiy nusxasini olish hisobiga jamlanadigan, shuningdek noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarini o\u2019z ichiga olgan qismi milliy madaniy boylik bo\u2019lib, moddiy madaniy meros ob\u2019ekti sifatida saqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika ta\u2019minoti yomonlashuviga, ularni mehnatni muhofaza qilish talablariga, axborot-kutubxona fondlarini saqlash normalari va shart-sharoitlariga mos kelmaydigan binolarga ko\u2019chirishga yo\u2019l qo\u2019yilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">5-bob. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">19-modda.&nbsp;Foydalanuvchilarning huquqlari<\/p>\n\n\n\n<p>Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalariga kirish va axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish;<\/p>\n\n\n\n<p>o\u2019z ehtiyojlariga mos tarzda axborotni erkin tanlab olish;<\/p>\n\n\n\n<p>ko\u2019rsatiladigan xizmatlarning, shu jumladan pulli xizmatlarning ro\u2019yxati hamda ularni ko\u2019rsatish shartlari haqida axborot olish;<\/p>\n\n\n\n<p>so\u2019ralayotgan axborot-kutubxona resurslarining mavjudligi haqida axborot olish.<\/p>\n\n\n\n<p>Foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo\u2019lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">20-modda.&nbsp;Foydalanuvchilarning majburiyatlari<\/p>\n\n\n\n<p>Foydalanuvchilar:<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalarida foydalanish qoidalariga rioya etishi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo\u2019lishi, ularning yo\u2019qolishiga yoki buzilishiga yo\u2019l qo\u2019ymasligi, zarar etkazilgan taqdirda esa belgilangan tartibda uning o\u2019rnini qoplashi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalari ishining sifatini pasaytirishga qaratilgan xatti-harakatlar qilmasligi shart.<\/p>\n\n\n\n<p>Foydalanuvchilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo\u2019lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">21-modda.&nbsp;Jismoniy imkoniyatlari cheklangan foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko\u2019rsatish<\/p>\n\n\n\n<p>Jismoniy imkoniyatlari cheklangan foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko\u2019rsatish axborot-kutubxona muassasalarida maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda axborot yozilgan maxsus jismlarda axborot-kutubxona resurslarini taqdim etish orqali amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">6-bob. Axborot-kutubxona muassasalarini moliyalashtirish. Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari. Xalqaro hamkorlik<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">22-modda.&nbsp;Axborot-kutubxona muassasalarini moliyalashtirish<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona muassasalarini moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag\u2019lari;<\/p>\n\n\n\n<p>muassislarning mablag\u2019lari;<\/p>\n\n\n\n<p>pulli xizmatlar ko\u2019rsatishdan olinadigan mablag\u2019lar;<\/p>\n\n\n\n<p>qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">23-modda.&nbsp;Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birlashmalar tuzishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari:<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga ko\u2019maklashadi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona faoliyati to\u2019g\u2019risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalari kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishda ishtirok etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">24-modda.&nbsp;Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlik<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlik O\u2019zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">7-bob. Yakunlovchi qoidalar<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">25-modda.&nbsp;Nizolarni hal etish<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona faoliyati sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">26-modda.&nbsp;Axborot-kutubxona faoliyati to\u2019g\u2019risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona faoliyati to\u2019g\u2019risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">27-modda.&nbsp;Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:<\/p>\n\n\n\n<p>hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;<\/p>\n\n\n\n<p>davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo\u2019lgan o\u2019z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko\u2019rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta\u2019minlasin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">28-modda.&nbsp;Ushbu Qonunning kuchga kirishi<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu Qonun rasmiy e\u2019lon qilingan kundan e\u2019tiboran kuchga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\">O\u2019zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\">Toshkent sh.,<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\">2011 yil 13 aprel,<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\">O\u2019RQ-280-son<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\">(O\u2019zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to\u2019plami, 2011 y., 15-son, 146-modda)<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a9 Tsentr pravovoy informatizatsii pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>O\u2018ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>QARORI<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>ELEKTRON KUTUBXONA TO\u2018G\u2018RISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI HAMDA AXBOROT-KUTUBXONA VA AXBOROT-RESURS MARKAZLARIDA VA KUTUBXONALARDA TO\u2018LIQ MATNLI ELEKTRON AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI FONDINI YARATISH REJA-JADVALINI TASDIQLASH HAQIDA<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-left\"><a href=\"javascript:sendFeedback(-1832493)\"><\/a>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u201c2011 \u2014 2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari ko\u2018rsatishni sifat jihatidan rivojlantirishni davom ettirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201d 2011-yil 23-fevraldagi PQ-1487-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"javascript:sendFeedback(-1832494)\"><\/a>1. Quyidagilar:<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"javascript:sendFeedback(-1832495)\"><\/a>Elektron kutubxona to\u2018g\u2018risidagi&nbsp;namunaviy nizom&nbsp;1-ilovaga muvofiq;<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"javascript:sendFeedback(-1832496)\"><\/a>axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida hamda kutubxonalarda to\u2018liq matnli elektron axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish&nbsp;reja-jadvali&nbsp;2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"javascript:sendFeedback(-1832497)\"><\/a>2. O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi, Xalq ta\u2019limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sog\u2018liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, O\u2018rta maxsus, kasb-hunar ta\u2019limi markazi, O\u2018zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O\u2018zbekiston Milliy kutubxonasi:<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"javascript:sendFeedback(-1832498)\"><\/a>bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida idoraviy mansub axborot-kutubxona muassasalarining kutubxona fondlari tarkibi va maqsadidan kelib chiqqan holda ular tarkibida faoliyat ko\u2018rsatuvchi elektron kutubxona to\u2018g\u2018risidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"javascript:sendFeedback(-1832499)\"><\/a>axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida hamda kutubxonalarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan to\u2018liq matnli elektron axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish reja-jadvalining o\u2018z vaqtida bajarilishini ta\u2019minlash chora-tadbirlarini ko\u2018rsinlar.<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"javascript:sendFeedback(-1832500)\"><\/a>3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o\u2018rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\">O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\">Toshkent sh.,<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\">2011-yil 5-iyul,<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><strong>198-son<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>NIZOMI<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">I.<strong>Umumiy qoidalar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>1. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi hududda milliy va jahon madaniyatini, fan, ta\u2019limni rivojlantirish manfaatlari yo\u2019lida aholiga axborot-kutubxona faoliyati bo\u2019yicha xizmat ko\u2019rsatuvchi universal axborot-kutubxona muassasasi hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>2. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o\u2019rinlarda &#8212; Agentlik) Alisher Navoiy nomidagi O\u2019zbekiston Milliy kutubxonasi (keyingi o\u2019rinlarda-Milliy kutubxona) tizimidagi Toshkent shahar \u201cBilim\u201d axborot-kutubxona markazi tasarrufidadir.<\/p>\n\n\n\n<p>3. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi o\u2019z faoliyatida O\u2019zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qonunlariga, O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Agentlikning qarorlari, buyruqlari, farmoyishlari va ko\u2019rsatmalariga, Milliy kutubxonaning buyruqlari, ko\u2019rsatmalariga, Toshkent shahar \u201cBilim\u201d axborot- kutubxona markazining buyruqlari, ko\u2019rsatmalariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>4.&nbsp;Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi hududdagi barcha tashkilot va idoralaming axborot-kutubxona muassasalari uchun metodik markaz hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>5.&nbsp;Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi hududdagi axborot-kutubxona muassasalari, O\u2019zbekiston Respublikasining ilmiy-ta\u2019limiy muassasalari bilan axborot- kutubxona aloqalarini rivojlantiradi va ularning faoliyatiga oid hisobotlar, statistik va boshqa sohaga oid ma\u2019lumotlami umumlashtiradi hamda Toshkent shahar \u201cBilim\u201d axborot- kutubxona markaziga taqdim etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>6.&nbsp;Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>7.&nbsp;Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi axborot-kutubxona fondini to\u2019ldirish axborot-kutubxona resurslarini sotib olish va davriy nashrlarga obuna bo\u2019lish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan beg\u2019araz (sovg\u2019a) beriladigan axborot-kutubxona resurslarini qabul qilish hamda boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan axborot-kutubxona resurslarini ayirboshlash yo\u2019li bilan amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>8.&nbsp;Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi fondida saqlanib kelinayotgan nodir va alohida qimmatga eta nashrlar milliy madaniy qadriyatlar hisoblanib, moddiy madaniy meros ob\u2019ekt sifatida saqlanishi zarur.<\/p>\n\n\n\n<p>9.&nbsp;Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi yuridik shaxs hisoblanadi, O\u2019zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan va o\u2019z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga va g\u2019aznachilik bo\u2019limlarida shaxsiy hisob raqamlariga ega bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>10. Tuman axborot-kutubxona markazining to\u2019liq nomi: Yashnobod tuman axborc:- kutubxona markazi.<\/p>\n\n\n\n<p>11. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining yuridik manzili:<\/p>\n\n\n\n<p>12. Toshkent shahar Yashnobod tuman Aviasozlar ko\u2019chasi, 7-A uy.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>II. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining asosiy vazifalari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>13.&nbsp;Quyidagilar Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:<\/p>\n\n\n\n<p>zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlami olish manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini ta\u2019minlash tamoyili asosida aholini, ayniqsa yoshlaming intellektual, bilim, ma\u2019naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot-resurslar bazasini yaratish;<\/p>\n\n\n\n<p>milliy madaniyatning tiklanishi va yanada rivojlanishiga hamda O\u2019zbekiston xalqlarining tarixiy, ma\u2019naviy va madaniy merosi saqlanishiga ko\u2019maklashish;<\/p>\n\n\n\n<p>hududdagi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>hududda faoliyat yuritayotgan axborot-kutubxona muassasalari va kutubxonalarga metodik yordam ko\u2019rsatish, ular ishini muvofiqlashtirish, axborot-resurslari bilan o\u2019zaro almashish foydalanish borasida hamkorlik qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>elektron axborot-ma\u2019lumot xizmatlari tashkil etish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va ma\u2019lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalangan holda axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarini avtomatlashtirish bo\u2019yicha ishlami tashkil qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona resurslaridan masofadan foydalanishni tashkil etish, Milliy kutubxona va hududiy axborot-kutubxona markazi axborot-resurslarining ma\u2019lumotlar bazasiga ulangan holda tuman yig\u2019ma elektron katalogini hamda elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish va yuritish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona fondini tizimli to\u2019ldirib borish, nashrlaming bibliografik yozuvini yuritish;<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston matbuot solnomasini tuzish uchun hududdagi nashrlar hisobini olib borish va hududiy axborot-kutubxona markaziga taqdim etish;<\/p>\n\n\n\n<p>Agentlikning Hududiy boshqarmasi, mahalliy nashriyotlar, kitob savdosi va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda kitob mahsulotlarini nashr etish hamda tarqatish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ\u2019ibot ishlarini amalga oshirish;<\/p>\n\n\n\n<p>Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, axborot-kutubxona sohasida zamonaviy xizmat ko\u2019rsatish tizimini joriy etish bo\u2019yicha takliflar kiritish.<\/p>\n\n\n\n<p>Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari dushanba kunidan juma kunigacha soat 9-00 dan 18-00 gacha kitobxonlarga xizmat ko\u2019rsatadi, rasmiy bayramlaridan tashqari. Shuningdek, har oyning oxirgi sanasida, juma kuni tozalik kuni deb e\u2019lon qilinib kitobxonlarga xizmat ko\u2018rsatilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>III. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining asosiy funksiyalari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>14.&nbsp;Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi o\u2019ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalami amalga oshiradi:<\/p>\n\n\n\n<p>Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi hududdagi boshqa axborot-kutubxona muassasalaridan sohani takomillashtirish masalalari bo\u2019yicha takliflar, statistik va boshqa faoliyatga oid ma\u2019lumotlami so\u2019rab olish, umumlashtirilgan holda Toshkent shahar \u201cBilim\u201d axborot-kutubxona markaziga belgilangan muddatda taqdim etish;<\/p>\n\n\n\n<p>Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining axborot-kutubxona fondini milliy va xorijiy nashrlar bilan to\u2018ldirib borish;<\/p>\n\n\n\n<p>zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunnkatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda foydalanuvchilami kutubxona fondlariga oid axborotlami olishga bo\u2019lgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot-resurslar bazasini yaratish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona sohasida ilmiy-metodik tadqiqotlar natijalarini joriy qilish orqali axborot-kutubxona xizmati ko\u2019rsatish shakllari va uslublarini takomillashtirish, yangi axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>Agentlikning hududiy boshqarmasi, mahalliy nashriyotlar, kitob savdosi va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ\u2019ib qilish bo\u2019yicha kompleks chora-tadbirlami amalga oshirishda ishtirok etish;<\/p>\n\n\n\n<p>Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining yagona bazasini shakllantirish va undan boshqa axborot-kutubxona muassasalarining masofadan turib foydalanishini ta\u2019minlash;<\/p>\n\n\n\n<p>Yashnobod tumandagi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini takomillashtirish, tuman aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko\u2019rsatish tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan zamonaviy shakl va uslublami joriy qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ\u2019ibot ishlarini, shu jumladan kitob taqdimoti, kitob ko\u2019rgazmalari, davra suhbati, xotira kechasi, ijodiy uchrashuv, adabiy-musiqiy kechalar o\u2019tkazishni tizimli va samarali tashkil etish;<\/p>\n\n\n\n<p>kitobxonlar, kutubxonachi va targ\u2019ibotchilar o\u2019rtasida sohaga oid ko\u2019rik-tanlovlarini tashkil qilishda ishtirok etish;<\/p>\n\n\n\n<p>Markazning rasmiy veb-sayti orqali tumandagi axborot-kutubxona muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy tadbirlami, sohada amalga oshirilayotgan yangiliklami keng yoritib borish;<\/p>\n\n\n\n<p>foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo\u2019shimcha xizmatlar turlarini, shu jumladan, axborot-resurslarini qidirish, materiallami tarjima qilish, til, kompyuter va shu kabi o\u2019quv kurslari, skanerlash, chop etish kabi xizmatlami ko\u2019rsatish bo\u2019yicha o\u2019matilgan tartibda pullik xizmatlar ro\u2019yxati va preyskurantlarini ishlab chiqish va Toshkent shahar \u201cBilim\u201d axborot-kutubxona markazi bilan kelishilgan holda joriy qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarga ixtisoslashtirilgan axborot-kutubxona xizmatlarini ko\u2019rsatish;<\/p>\n\n\n\n<p>belgilangan standartlar asosida axborot-kutubxona resurslarining elektron katalogini shakllantirish va yuritish;<\/p>\n\n\n\n<p>bosma nashrlami, hududlarda chop etilgan nashrlaming majburiy nusxasini, audio va video materiallami, boshqa axborot resurslarini sotib olish, obuna bo\u2019lish, almashtirish va bepul olish yo\u2019li bilan axborot-kutubxona fondini komplektlash;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona fondini hisobga olish, ishlash, joylashtirish, saqlash va undan foydalanishni o\u2019matilgan tartibda yuritish;<\/p>\n\n\n\n<p>barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining, jumladan o\u2019lkada chop etilgan nashrlaming hisobini olib borish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona fondini saqlash, elektron resurslaming axborot xavfsizligi masalalarini ta\u2019minlash bo\u2019yicha o\u2019matilgan me\u2019yorlar asosida ishlami yuritish;<\/p>\n\n\n\n<p>xorijiy axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, axborot markazlarining ilg\u2019or ish tajribalari bilan tanishish, mahalliy va xalqaro miqyosdagi kutubxona sohasidagi anjumanlarda ishtirok etish;<\/p>\n\n\n\n<p>zamonaviy axborot-texnologiyalar va mahalliy sharoitdan kelib chiqib, joylarda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo\u2019yicha tavsiyalar berish;<\/p>\n\n\n\n<p>Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy kutubxonalarda tajriba orttirish bo\u2019yicha takliflar kiritish;<\/p>\n\n\n\n<p>Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining moddiy-texnik bazasini rivojlanshrish, mahalliy sharoitdan kelib chiqib, bino va inshootlardan unumli foydalanish, aholiga axborot-kutubxona xizmati ko\u2019rsatishda shart-sharoitlami yaxshilash buyicha aniq takliflar berish;<\/p>\n\n\n\n<p>Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi me\u2019yoriy-huquqiy hujjatlarga asosan boshqa sohaviy funksiyalami amalga oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>IV. Yashnobod axborot-kutubxona markazining huquqlari va javobgarligi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>15. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi quyidagi huquqlarga ega: <\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasining \u201cAxborot-kutubxona faoliyati to\u2019g\u2019risida\u201dgi Qonuniga va ushbu Nizomga muvofiq hududida zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlami olish manbai, shakl va metodlarini qo\u2019llagan holda qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud keng axborot-resurslar bazasidan foydalanib, aholiga axborot-kutubxona faoliyati bo\u2019yicha xizmat ko\u2019rsatish;<\/p>\n\n\n\n<p>Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi hududdagi axborot-kutubxona muassasalaridan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, sohaviy yo\u2019nalishlar bo\u2019yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar, statistik va boshqa ma\u2019lumot, materiallami so\u2019rab olish;<\/p>\n\n\n\n<p>hududdagi axborot-kutubxona muassasalarining yillik ish rejalarini tasdiqlash va ularning ijrosi bo\u2019yicha hisobotlarini olish;<\/p>\n\n\n\n<p>Yashnobod tumani aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko\u2019rsatish darajasini oshirish, doimiy takomillashtirishni hisobga olgan holda takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona fondini tizimli to\u2019ldirib borish, jumladan, fondini depozitar fondlar, sotib olish, homiylik va aholi tomonidan beg\u2019araz sovg\u2019a sifatida taqdim etiladigan kitoblar hisobiga boyitib borish;<\/p>\n\n\n\n<p>agentlikning hududiy boshqarmasi, mahalliy nashriyotlar, kitob savdosi va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ\u2019ibot ishlarida ishtirok etish, ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy tadbirlar tashkil etish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona fondining elektron nashrlar bazasini yaratish, foydalanuvchilarga interaktiv axborot-kutubxona xizmati ko\u2019rsatish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot resurslarini qidirish, maslahat berish, materiallami tarjima qilish, skanerlash, chop etish kabi qo\u2019shimcha xizmat turlari, shu jumladan pullik xizmatlami o\u2019matilgan tartibda tasdiqlangan preyskurant orqali joriy qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona fondlarini va boshqa axborot-resurslarini saqlash, ulardan foydalanish yo\u2019riqnomalariga asosan faoliyat olib borish, foydalanuvchilar tomonidan axborot-kutubxona markaziga va unda saqlanayotgan axborot-kutubxona resurslariga yetkazilgan zarami qonun hujjatlariga va ichki tartib-qoidalarga muvofiq qoplash turlarini va miqdorini belgilash;<\/p>\n\n\n\n<p>Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo\u2019yicha takliflar kiritish;<\/p>\n\n\n\n<p>16. Markaz quyidagilar uchun javobgar:<\/p>\n\n\n\n<p>Yashnobod tumani aholisiga axborot-kutubxona fondlaridan foydalanishlari uchun joriy qilingan yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali axborotlami olish, axborot-resurslar bazasidan foydalanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; barcha turdagi foydalanuvchilarga axborot-kutubxona faoliyati bo\u2019yicha xizmat ko\u2019rsatish;<\/p>\n\n\n\n<p>foydalanuvchilar ehtiyojlariga muvofiq axborotlami olish uchun sharoitlar yaratish;<\/p>\n\n\n\n<p>Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazlari hududdagi axborot-kutubxona muassasalarida normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, sohaviy yo\u2019nalishlar bo\u2019yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar, statistik va boshqa ma\u2019lumotlami tayyorlaydi hamda belgilangan muddatlarda Toshkent shahar \u201cBilim\u201d axborot-kutubxona markaziga taqdim etadi;<\/p>\n\n\n\n<p>Yashnobod tuman axborot-kutubxona, axborot-kutubxona fondini doimiy to\u2019ldirib boradi;<\/p>\n\n\n\n<p>foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo\u2019shimcha xizmatlar turlari, shu jumladan pullik xizmatlar to\u2019g\u2019risida to\u2019liq ma\u2019lumot berish;<\/p>\n\n\n\n<p>pullik xizmatlar ro\u2019yxati va tasdiqlangan preyskurant asosida o\u2019matilgan tartibda foydalanuvchilarga xizmat ko\u2019rsatish;<\/p>\n\n\n\n<p>foydalanuvchilar so\u2019roviga asosan mavjud axborot-kutubxona fondlari bo\u2019yicha ma\u2019lumot berish;<\/p>\n\n\n\n<p>intellektual mulk sohasida qonunchilikka rioya qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>Markazning moddiy-boyliklarini asrab-avaylash, bino va inshootlardan maqsadli foydalanish.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>V. Markazni boshqarish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>17.&nbsp;Yashnobod tuman axborot-kutubxona o\u2019z faoliyatini O\u2019zbekiston Respublikasining \u201cAxborot-kutubxona faoliyati to\u2019g\u2019risida\u201dgi Qonun va ushbu Nizom asosida yuritadi.<\/p>\n\n\n\n<p>18.&nbsp;Yashnobod tuman axborot-kutubxona Nizomi Toshkent shahar \u201cBilim\u201d axborot- kutubxona markazi tomonidan, shtatlar jadvali tuman moliya bo\u2019linmasi bilan kelishgan holda tuman axborot-kutubxona markazi direktori tomonidan tasdiqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>19.&nbsp;Yashnobod tuman axborot-kutubxona faoliyatiga mahalliy hokimlik va Agentlikning hududiy boshqarmasi bilan kelishgan, Toshkent shahar \u201cBilim\u201d axborot- kutubxona rahbari tomonidan tavsiya etilgan, belgilangan tartibda Agentlik bilan kelishgan holda Milliy kutubxona direktori tomonidan tayinlanadigan va vazifasidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>20.&nbsp;Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi direktori umumiy rahbarlikni olib boradi hamda Toshkent shahar \u201cBilim\u201d axborot-kutubxona markazi direktoriga va Agentlikning hududiy boshqarmasi boshlig\u2019iga hisobot beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>VI. Markazning mol-mulki va mablag&#8217;lari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>21.&nbsp;Markazning moliyaviy mablag\u2019 lari:<\/p>\n\n\n\n<p>byudjet mablag\u2019lari;<\/p>\n\n\n\n<p>Pullik xizmatlar ko\u2019rsatish orqali olinadigan byudjetdan tashkari mablag\u2019lar;<\/p>\n\n\n\n<p>Qonun hujjatlarida ta\u2019qiqlanmagan boshqa manbalar. Tuman axborot-kutubxona markazi balansidagi bino va inshootlar, axborot-kutubxona fondi va boshqa mol-mulklar davlat mulki hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>22. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markaziga biriktirilgan, boshqarish huquqi berilgan mol-mulkdan belgilangan tartibda foydalanish, saqlash, hisobdan chiqarish<br>masalalarini nazorat qilish qonunchilik doirasida amalga oshiriladi va yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>VII. Yashnobod tuman markazni qayta tashkil etish va tugatish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>23.&nbsp;Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazini qayta tashkil etish va tugatish (qo\u2019shish, bo\u2019lish, o\u2019zgartirish, muvofiqlashtirish, optimallashtirish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>24.&nbsp;Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazini qayta tashkil etishda barcha hujjatlar (moliya-xo\u2019jalik, shaxsiy tarkibga oid va boshqa hujjatlar) qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>25. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazini tugatishda uning arxiv hujjatlari hududdagi davlat arxivi idorasiga qonunchilikda belgilangan tartibda topshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>O\u2019ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>O\u2019ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISIGA AXBOROT-KUTUBXONA XIZMATI KO\u2019RSATISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO\u2019G\u2019RISIDA<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi sharoitida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari mamlakatda amalga oshirilayotgan o\u2019zgarishlarga va xalqaro amaliyotga mos bo\u2019lishi zarur. Shu munosabat bilan fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo\u2019yicha konstitutsiyaviy huquqlarini, shu jumladan milliy qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo\u2019lishini ta\u2019minlaydigan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko\u2019rsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish ustuvor vazifaga aylanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu esa, axborot-kutubxona faoliyatiga, kitobxonlarga xizmat ko\u2019rsatish, fondlarni to\u2019ldirish va saqlash, kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyat, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va rag\u2019batlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga jiddiy ta\u2019sir ko\u2019rsatish imkonini beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko\u2019rsatishni yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish maqsadida:<\/p>\n\n\n\n<p>1. Quyidagilar aholiga axborot-kutubxona xizmati ko\u2019rsatishni sifat jihatidan yanada rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalar etib belgilansin:<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va zamonaviy umumjahon tendentsiyalarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona faoliyatini isloh qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko\u2019rsatish bo\u2019yicha ijtimoiy kafolatlarni sifatli ta\u2019minlash hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;<\/p>\n\n\n\n<p>hududlarda aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko\u2019rsatishni barqaror rivojlantirishga ko\u2019maklashish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan yangi bino va inshootlarni qurish, mavjud binolarni rekonstruktsiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan ta\u2019minlash;<\/p>\n\n\n\n<p>kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmog\u2019ini rivojlantirish;<\/p>\n\n\n\n<p>kutubxonalar faoliyatining samaradorligini va foydalanuvchilarga xizmat ko\u2019rsatish (shu jumladan, pulli xizmat ko\u2019rsatish) tezkorligini oshirish uchun elektron kitoblar tarqatishga ixtisoslashgan internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytirish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini hamda milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona fondlarining yaxshi saqlanishini ta\u2019minlash;<\/p>\n\n\n\n<p>jamiyatning axborot madaniyatini, tariximizga va milliy madaniyatga qiziqishini shakllantirish va kuchaytirish, mutolaa madaniyatini oshirish va targ\u2019ib qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta\u2019minlash.<\/p>\n\n\n\n<p>2. Quyidagilar:<\/p>\n\n\n\n<p>a) 2019 \u2014 2024 yillarda O\u2019zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish kontseptsiyasi&nbsp;1-ilovaga&nbsp;muvofiq;<\/p>\n\n\n\n<p>b) 2019 \u2014 2024 yillarda O\u2019zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo\u2019yicha chora-tadbirlar dasturi&nbsp;2-ilovaga&nbsp;muvofiq;<\/p>\n\n\n\n<p>v) Alisher Navoiy nomidagi O\u2019zbekiston Milliy kutubxonasi \u2014 axborot-resurs markazining tashkiliy tuzilmasi&nbsp;3-ilovaga&nbsp;muvofiq;<\/p>\n\n\n\n<p>g) Alisher Navoiy nomidagi O\u2019zbekiston Milliy kutubxonasi \u2014 axborot-resurs markazining (keyingi o\u2019rinlarda \u2014 Milliy kutubxona) xodimlar umumiy cheklangan soni 227 nafardan iborat boshqaruv apparati tuzilmasi&nbsp;4-ilovaga&nbsp;muvofiq tasdiqlansin.<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy kutubxona direktoriga, zarur hollarda, Milliy kutubxona boshqaruv apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to\u2019lash fondi doirasida o\u2019zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.<\/p>\n\n\n\n<p>3. O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o\u2019rinlarda \u2014 Agentlik), O\u2019zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg\u2019armasiga tushadigan mablag\u2019larning ikki foizini Alisher Navoiy nomidagi O\u2019zbekiston Milliy kutubxonasi \u2014 axborot-resurs markazi huzuridagi byudjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg\u2019armasiga (keyingi o\u2019rinlarda \u2014 Jamg\u2019arma) ajratish to\u2019g\u2019risidagi taklifi ma\u2019qullansin.<\/p>\n\n\n\n<p>4. Agentlik, O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy va o\u2019rta maxsus ta\u2019lim vazirligi, Xalq ta\u2019limi vazirligi, Sog\u2019liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining:<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy kutubxona qoshida 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini tashkil etish, shuningdek, umumta\u2019lim maktablari va o\u2019rta maxsus, kasb-hunar ta\u2019limi muassasalari qoshida faoliyat ko\u2019rsatayotgan barcha axborot-resurs markazlarini tugatish;<\/p>\n\n\n\n<p>umumta\u2019lim maktablari va o\u2019rta maxsus, kasb-hunar ta\u2019limi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarining kitob fondlari va shtat birliklarini yangidan tashkil qilinayotgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlariga berish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-resurs markazlarini tugatishda umumta\u2019lim maktablari va o\u2019rta maxsus, kasb-hunar ta\u2019limi muassasalarining kutubxonalarini amaldagi normativlarga muvofiq tegishli kitob fondi va shtat birliklari bilan birga saqlab qolish to\u2019g\u2019risidagi takliflari ma\u2019qullansin.<\/p>\n\n\n\n<p>5. Quyidagilar yangi tashkil etilayotgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:<\/p>\n\n\n\n<p>aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko\u2019rsatish uchun sifat jihatidan yangi va qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ularning ilmiy, ta\u2019lim, axborot va madaniy ehtiyojlarini qondirish;<\/p>\n\n\n\n<p>aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy moslashuv va reabilitatsiya, mustaqil ta\u2019lim olish va muloqot doirasini kengaytirish vositasi sifatida axborotdan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;<\/p>\n\n\n\n<p>foydalanuvchilarga har qanday (bosma, multimedia va raqamli) tashuvchilarda, shu jumladan Internet tarmog\u2019ida sifatli axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;<\/p>\n\n\n\n<p>o\u2019z axborot-resurslarini yaratish va ularni sifatli to\u2019ldirib borish orqali kitobxonlarga an\u2019anaviy xizmat ko\u2019rsatish usulidan ularni zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari bilan ta\u2019minlashga o\u2019tish;<\/p>\n\n\n\n<p>aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini ko\u2019rsatish bo\u2019yicha masofadan xizmatlar ko\u2019rsatishni rivojlantirish va modernizatsiya qilish.<\/p>\n\n\n\n<p>6. Agentlik:<\/p>\n\n\n\n<p>bir oy muddatda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini joylashtirish hamda ularni kompyuter texnikasi va boshqa turdagi orgtexnika, mebel, shu jumladan maxsus mebel, shuningdek, tegishli kutubxona uskunalari bilan jihozlash bo\u2019yicha talablarni ishlab chiqsin, bunda imkoniyati cheklangan shaxslarga xizmat ko\u2019rsatish uchun o\u2019quv zallarini maxsus kompyuter jihozlari va boshqa qo\u2019shimcha vositalar bilan ta\u2019minlashga alohida e\u2019tibor qaratsin;<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining Internet tarmog\u2019iga ulanishini va ular uchun Milliy kutubxona elektron resurslaridan foydalanish imkoniyatini ta\u2019minlasin;<\/p>\n\n\n\n<p>ikki oy muddatda O\u2019zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda axborot-kutubxona markazlari faoliyatining reglamentini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda aholiga kuni uzaytirilgan tartibda xizmat ko\u2019rsatilishini ko\u2019zda tutsin;<\/p>\n\n\n\n<p>aholiga ko\u2019rsatiladigan pulli xizmatlar (til o\u2019rgatish, kompyuter kurslarini tashkil etish, matnli, audio va videomateriallar nusxalarini yaratish, shuningdek, boshqa kutubxona xizmatlari) ro\u2019yxatini kengaytirish orqali axborot-kutubxona markazlarining byudjetdan tashqari daromadlarini oshirish choralarini ko\u2019rsin.<\/p>\n\n\n\n<p>7. Qoraqalpog\u2019iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:<\/p>\n\n\n\n<p>a) Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini joylashtirish va jihozlash talablarini hisobga olgan holda:<\/p>\n\n\n\n<p>ikki oy muddatda tumanlar (shaharlar) markazlarida tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini joylashtirish va ularning to\u2019laqonli faoliyat yuritishi uchun binolarni belgilangan tartibda ajratsin;<\/p>\n\n\n\n<p>ajratilgan binolarni kapital ta\u2019mirlashni ta\u2019minlasin, bunda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining o\u2019quv zallarida va boshqa umumiy foydalaniladigan xonalarida imkoniyati cheklangan shaxslar to\u2019siqsiz foydalanishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratsin, shuningdek, ularni zarur uskuna va texnika bilan jihozlasin;<\/p>\n\n\n\n<p>b) tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlariga tutash hududlarni obodonlashtirish bo\u2019yicha tegishli ishlarni amalga oshirsin va ushbu markazlarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta\u2019minlash bo\u2019yicha zarur choralar ko\u2019rsin;<\/p>\n\n\n\n<p>v) umumta\u2019lim maktablari va o\u2019rta maxsus, kasb-hunar ta\u2019limi muassasalarining axborot-resurs markazlarini tugatish natijasida ishdan bo\u2019shagan xodimlarni belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini ko\u2019rsin.<\/p>\n\n\n\n<p>8. Belgilansinki:<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy kutubxonaning qo\u2019shimcha shtat birliklarini saqlash xarajatlari 2019 yilda O\u2019zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari parametrida ijtimoiy sohaga mo\u2019ljallangan byudjet mablag\u2019lari hisobidan qoplanadi, 2020 yildan boshlab esa O\u2019zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida ko\u2019zda tutiladi;<\/p>\n\n\n\n<p>tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini saqlash xarajatlari tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlarida umumta\u2019lim maktablari va o\u2019rta maxsus, kasb-hunar ta\u2019limi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarini saqlash uchun ko\u2019zda tutilgan mablag\u2019lar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;<\/p>\n\n\n\n<p>yangi tashkil etiladigan axborot-kutubxona markazlarini kadrlar bilan to\u2019ldirish birinchi navbatda umumta\u2019lim maktablari va o\u2019rta maxsus, kasb-hunar ta\u2019limi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarida faoliyat ko\u2019rsatayotgan malakali kadrlar hisobiga amalga oshiriladi;<\/p>\n\n\n\n<p>tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari binolarini kapital ta\u2019mirlash hamda ularni zamonaviy uskuna va texnikalar bilan jihozlashni moliyalashtirish umumta\u2019lim maktablari va o\u2019rta maxsus, kasb-hunar ta\u2019limi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarining maqbullashtirilayotgan byudjet ajratmalari, tuman va shaharlar mahalliy byudjetlarining prognozni oshirib bajarishdan olinadigan daromadlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;<\/p>\n\n\n\n<p>tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari kutubxona fondlarini to\u2019ldirish, shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo\u2019yicha qo\u2019shimcha chora-tadbirlar ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan byudjet mablag\u2019lari, Jamg\u2019arma mablag\u2019lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>9. O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy va o\u2019rta maxsus ta\u2019lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Madaniyat vazirligi hamda Agentlik bilan birgalikda kutubxonachilik ishi sohasida mutaxassislarga bo\u2019lgan ehtiyojni o\u2019rganish asosida sohaga ixtisoslashgan oliy o\u2019quv yurtlariga \u00abKutubxona-axborot faoliyati\u00bb yo\u2019nalishi bo\u2019yicha o\u2019qishga qabul kvotalari yuzasidan O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.<\/p>\n\n\n\n<p>10. O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:<\/p>\n\n\n\n<p>vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog\u2019iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shu jumladan harbiy qismlarda idoraviy kutubxonalarni tashkil qilish (takomillashtirish);<\/p>\n\n\n\n<p>idoraviy kutubxonalarning kitob fondini va moddiy-texnika bazasini yaratish, yangilash va to\u2019ldirishni ushbu maqsadlar uchun davlat organlariga byudjetdan ajratilgan mablag\u2019lar, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag\u2019lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish;<\/p>\n\n\n\n<p>Agentlik takliflari asosida idoraviy kutubxonalarning kitob fondini yangilash va to\u2019ldirish uchun zarur nashrlar ro\u2019yxatini har yili shakllantirish to\u2019g\u2019risidagi takliflariga rozilik berilsin.<\/p>\n\n\n\n<p>11. Agentlik va O\u2019zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 21 mayni Kutubxonachilar kuni deb belgilash to\u2019g\u2019risidagi taklifi ma\u2019qullansin, bunda kutubxonachilarni ko\u2019p yillik halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo\u2019shgan hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlash va rag\u2019batlantirish ko\u2019zda tutilsin.<\/p>\n\n\n\n<p>Agentlik bir oy muddatda \u00abKutubxonachilar kunini belgilash to\u2019g\u2019risida\u00bbgi O\u2019zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta\u2019minlasin.<\/p>\n\n\n\n<p>12. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birlikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o\u2019zgartirish va qo\u2019shimchalar to\u2019g\u2019risida O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.<\/p>\n\n\n\n<p>13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O\u2019zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi K.I. Allamjonov zimmasiga yuklansin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\">O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\">Toshkent sh.,2019 yil 7 iyun,PQ-4354-son<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><strong>O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi PQ-4354-son&nbsp;qaroriga<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><strong>1-ILOVA<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>2019 \u2014 2024 yillarda O\u2019zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>KONTSEPTSIYASI<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>Kirish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>2019 \u2014 2024 yillarda O\u2019zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish Kontseptsiyasi (keyingi o\u2019rinlarda \u2014 Kontseptsiya) respublika axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, ustuvor yo\u2019nalishlari va mexanizmlarini belgilovchi qarashlarning yagona va bir butun tizimini o\u2019zida aks ettiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsad va vazifalari ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni isloh qilish sharoitlarida mamlakatda kechayotgan o\u2019zgarishlar va xalqaro amaliyotga muvofiq bo\u2019lmog\u2019i lozim.<\/p>\n\n\n\n<p>2017 \u2014 2021 yillarda O\u2019zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo\u2019nalishi bo\u2019yicha&nbsp;Harakatlar strategiyasi&nbsp;asosida axborot-kutubxona faoliyatini axborot va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish asosida tashkil qilishga yo\u2019naltirilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish axborot-kutubxona faoliyatiga har tomonlama: foydalanuvchilarga xizmat ko\u2019rsatish, fondlarni jamlash va saqlash jarayonlari, axborot-kutubxona ish jarayonlarini avtomatlashtirish, ilmiy tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyat, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularni ijtimoiy himoya qilish, xalqaro hamkorlikka ta\u2019sir ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jamiyatda yuksak ma\u2019naviy qadriyatlarning qaror topishi axborot-kutubxona muassasalari oldiga shaxsga e\u2019tiborni kuchaytirish, uning umummadaniy darajasini oshirish, ma\u2019naviyatini yuksaltirish, odob-axloq jihatdan tarbiyalash kabi vazifalarni qo\u2019yadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi jamiyatda axborot-kutubxona muassasalari axborot olish, madaniy-ma\u2019rifiy va ta\u2019lim muassasasi sifatida namoyon bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy madaniyatni chuqur anglash, uning rivoji va evolyutsiyasini tahlil qilishda respublikaning universal fondga ega bo\u2019lgan axborot-kutubxona muassasalari alohida ahamiyat kasb etadi. Ta\u2019lim muassasalari maqomini oshirish, tarmoq ilmiy axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy va axborot salohiyatini, shuningdek, axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, mamlakatdagi xususiy va raqamli (virtual) axborot-kutubxona muassasalari tarmog\u2019ini rivojlantirish zarurati yuzaga kelmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolalar va ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar guruhi (imkoniyati cheklangan insonlar, nogironligi bo\u2019lgan shaxslar, ko\u2019p bolali oilalar va boshqalar) axborot-kutubxona muassasalarining alohida e\u2019tiborini talab etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o\u2019zgarishlar, jahon hamjamiyatiga kirish, O\u2019zbekistonning xalqaro obro\u2019-e\u2019tiborining ortishi axborot-kutubxona muassasalari zimmasiga mamlakatda bo\u2019layotgan islohotlarga ko\u2019maklashish, aholiga tezkor axborot taqdim etish bo\u2019yicha qator majburiyatlarni yuklaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yangi texnologiyalarning tatbiq etilishi, axborot-kutubxona muassasalari tomonidan axborot tarqatish funktsiyalarining amalga oshirilishi hamda axborot olish imkoniyatini ta\u2019minlash avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish ko\u2019lami va sur\u2019atlariga bog\u2019liqdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona sohasini isloh qilish axborot-kutubxona muassasalari me\u2019yoriy-huquqiy bazasining zaifligi, axborot-kutubxona fondlarining jamlanishi va texnik jihozlanishi etarli darajasida emasligi, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularni ijtimoiy qo\u2019llab-quvvatlash darajasining pastligi tufayli yuzaga keldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>1-bob. Umumiy qoidalar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu Kontseptsiya fuqarolarning ijtimoiy holati va yashash joyidan qat\u2019i nazar, axborotni erkin olish huquqini o\u2019rnatuvchi, axborot-kutubxona faoliyatini hamda madaniyat sohasidagi siyosatni tartibga soluvchi me\u2019yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, respublikada axborot-kutubxona faoliyatini qo\u2019llab-quvvatlash va rivojlantirish bo\u2019yicha chora-tadbirlar tizimini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi kunda O\u2019zbekistonning professional axborot-kutubxona hamjamiyati axborot-kutubxona muassasalariga demokratik ijtimoiy-madaniy institut, bugungi axborot jamiyati madaniyatining rivoji hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining axborot bazasi sifatida qaraydi, shuningdek, axborot-kutubxona xizmati ko\u2019rsatish holatini jamiyat madaniyati darajasining ko\u2019rsatkichi deb hisoblaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>2-bob. Respublikada axborot-kutubxona faoliyatining holati<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Respublikada axborot-kutubxona faoliyatining holatini o\u2019rganish bo\u2019yicha o\u2019tkazilgan tahlillar zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanishi, aholining axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanishining ijtimoiy kafolatlarini ta\u2019minlash maqsadida me\u2019yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish zarurligini ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugungi kunda O\u2019zbekiston Respublikasining axborot-kutubxona faoliyatining qonunchilik va me\u2019yoriy bazasi quyidagilardan iborat:<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasining \u00abAxborot-kutubxona faoliyati to\u2019g\u2019risida\u00bb, \u00abMualliflik huquqi va turdosh huquqlar to\u2019g\u2019risida\u00bbgi qonunlari;O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 avgustdagi&nbsp;\u00abMatbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to\u2019g\u2019risida\u00bbgi PF-5148-son, 2018 yil 19 fevraldagi \u00abAxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to\u2019g\u2019risida\u00bbgi PF-5349-son farmonlari;<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 fevraldagi&nbsp;\u00ab2011 \u2014 2015 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari ko\u2019rsatishni sifat jihatidan yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to\u2019g\u2019risida\u00bbgi PQ-1487-son, 2012 yil 20 martdagi \u00abAlisher Navoiy nomidagi O\u2019zbekiston Milliy kutubxonasi \u2014 axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to\u2019g\u2019risida\u00bbgi PQ-1729-son, 2012 yil 21 martdagi \u00abZamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to\u2019g\u2019risida\u00bbgi PQ-1730-son, 2017 yil 13 sentyabrdagi \u00abKitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ\u2019ib qilish bo\u2019yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to\u2019g\u2019risida\u00bbgi PQ-3271-son, 2019 yil 2 fevraldagi \u00abO\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to\u2019g\u2019risida\u00bbgi PQ-4151-son qarorlari.<\/p>\n\n\n\n<p>Aholining elektron axborot resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, axborot-kutubxona muassasalarini birlashtirish va ularni yagona umumta\u2019lim elektron kutubxona tizimiga ulash, idoralararo elektron hamkorlik tizimini takomillashtirish maqsadida \u00abMilliy umumta\u2019lim elektron kutubxona\u00bb loyihasi amalga oshirilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Respublika axborot-kutubxona muassasalarida bosqichma-bosqich zamonaviy axborot va elektron texnologiyalar tatbiq etilmoqda:<\/p>\n\n\n\n<p>foydalanuvchilar uchun avtomatlashtirilgan ishchi o\u2019rinlari soni ko\u2019paytirilmoqda;<\/p>\n\n\n\n<p>xususiy elektron ma\u2019lumotlar bazalari yaratilmoqda;<\/p>\n\n\n\n<p>foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatlarining yanada sifatli yangi turlari taqdim etilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Aholining axborotga bo\u2019lgan talabini qondirish uchun mamlakatning yirik axborot-kutubxona muassasalari virtual ma\u2019lumotlar xizmatidan faol foydalanmoqda, madaniy hordiq va ma\u2019rifiy faoliyatni rivojlantirmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq axborot-kutubxona muassasalarini jahon kutubxona hamjamiyatiga integratsiyalash, foydalanuvchilar va aholi bilan ishlash, shu jumladan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning innovatsion usullarini tatbiq etish masalalariga etarli darajada e\u2019tibor qaratilmayapti, shuningdek, uyali aloqa, ko\u2019plab gadjetlar va Wi-Fining faol rivojlanishi, elektron kitoblar va \u00abkitob o\u2019qish ilovalari\u00bb (book reader) oqimining ortib borishi sharoitlarida foydalanuvchilar bilan tizimli ishlar olib borilmayapti.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona muassasalarining katta qismi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuterlar, nusxa ko\u2019chirish-ko\u2019paytirish texnikasi, yong\u2019indan saqlash signalizatsiyasi va o\u2019t o\u2019chirish, iqlimni nazorat qilish vositalari, telefon aloqasi bilan ta\u2019minlanmagan, aholiga, ayniqsa nogironligi bo\u2019lgan shaxslarga va olis, aholisi kam bo\u2019lgan punktlarda xizmat ko\u2019rsatish uchun zamonaviy uskunalar mavjud emas.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona muassasalarini texnik jihatdan qayta jihozlash, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish axborot-kutubxona muassasalariga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etishni taqozo etadi, ularning mehnat bozoridagi bahosi esa axborot-kutubxona muassasalarining bugungi imkoniyatlaridan ancha baland.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona muassasalarida mehnatga haq to\u2019lash darajasining pastligi, nomuvofiq og\u2019ir mehnat sharoitlari va ularga ishonib topshirilgan fondlarni saqlash mas\u2019uliyati malakali kadrlarning ishdan ketishi, mamlakat madaniy mulkini va intellektual salohiyatini saqlash uchun xavfli hisoblangan kadrlar qo\u2019nimsizligini vujudga keltirmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Bo\u2019sh o\u2019rinlarning ko\u2019pligi va xodimlar etishmasligi ishga olinayotgan xodimlarga qo\u2019yilayotgan talablar darajasini pasaytiryapti, bu esa malakasiz (ko\u2019p hollarda mutaxassis bo\u2019lmagan) xodimlarga kutubxonachi lavozimiga ishga joylashish imkonini bermoqda. Bu masalalarni maqbul tarzda hal etish uchun axborot-kutubxona muassasalari xodimlari mehnatiga haq to\u2019lash va ularni ijtimoiy himoya qilish darajasini qayta ko\u2019rib chiqish zarur.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>3-bob. Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yo\u2019nalishlari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning ustuvor maqsadlari \u2014 fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo\u2019yicha konstitutsiyaviy huquqlarini ta\u2019minlovchi aholiga axborot-kutubxona xizmati ko\u2019rsatish tizimini rivojlantirish, milliy va jahon madaniy boyliklari, amaliy va fundamental bilimlar bilan tanishtirish, shuningdek, mamlakatimizning axborot-kutubxona muassasalarida mavjud milliy-madaniy merosni saqlashdan iborat.<\/p>\n\n\n\n<p>Axborot-kutubxona sohasini samarali rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishish uchun quyidagi masalalarni hal etish zarur:<\/p>\n\n\n\n<p>axborot va raqamli texnologiyalar rivojlanishi hamda zamonaviy umumjahon tendentsiyalarni e\u2019tiborga olgan holda axborot-kutubxona sohasini isloh qilishni jadallashtirish;<\/p>\n\n\n\n<p>bugungi kun talablarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanishi, aholining axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanishining ijtimoiy kafolatlarini ta\u2019minlash maqsadida me\u2019yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xususan yangi bino va inshootlar qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan ta\u2019minlash;<\/p>\n\n\n\n<p>eng yangi, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, korporativ tizimlarni rivojlantirish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, mamlakatdagi xususiy va raqamli (virtual) axborot-kutubxona muassasalari tarmog\u2019ini rivojlantirish;<\/p>\n\n\n\n<p>milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini va axborot-kutubxona fondining saqlanishini ta\u2019minlash;<\/p>\n\n\n\n<p>jamiyatning axborot madaniyatini, milliy tarix va madaniyatga qiziqishini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va targ\u2019ib qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalarini malakali xodimlar bilan ta\u2019minlash.<\/p>\n\n\n\n<p>Belgilangan maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona sohasining quyidagi ustuvor yo\u2019nalishlarini rivojlantirish zarur:<\/p>\n\n\n\n<p>qonunchilik bazasini aholiga axborot-kutubxona xizmati ko\u2019rsatishni rivojlantirish vazifalariga mos ravishda muvofiqlashtirish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalarini jamlash mexanizmini yaratish, shu jumladan elektron va boshqa tashuvchilarda nashrlar haqidagi ma\u2019lumotlar tizimini shakllantirish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona fondlari saqlanishini ta\u2019minlash;<\/p>\n\n\n\n<p>yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, milliy axborot-kutubxona tarmog\u2019ini yaratish;<\/p>\n\n\n\n<p>zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari asosida axborot-kutubxona kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona xizmatlarining yangi, shu jumladan, pulli turlarini joriy etish va rivojlantirish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalari xodimlari samarali mehnat qilishi va ularni ijtimoiy qo\u2019llab-quvvatlash uchun munosib sharoitlar yaratish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;<\/p>\n\n\n\n<p>ilmiy-tadqiqot va uslubiy faoliyatni rivojlantirish;<\/p>\n\n\n\n<p>barcha tizimlar va idoralar axborot-kutubxona muassasalarini boshqarishni muvofiqlashtirish;<\/p>\n\n\n\n<p>xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va jahon axborot-kutubxona hamjamiyatiga kirish.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>4-bob. Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning ustuvor yo\u2019nalishlarini hal qilish bo\u2019yicha asosiy vazifalar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>1. Axborot-kutubxona muassasalarini jamlash mexanizmlarini yaratish, axborot-kutubxona fondlari saqlanishini ta\u2019minlash:<\/p>\n\n\n\n<p>sohani uslubiy ta\u2019minlash va eng yangi texnologiyalarni joriy etish, axborot-kutubxona fondlarini saqlovchi kadrlar, restavratorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, axborot-kutubxona fondlarini saqlash muammolari bo\u2019yicha jamoatchilik fikrini shakllantirish;<\/p>\n\n\n\n<p>foydalanuvchilarning axborotga bo\u2019lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona fondlarini shakllantirishga yondashuvlarni takomillashtirish, fondlarni to\u2019ldirish, ularni jamlash va keyinchalik ulardan erkin foydalanish imkoniyatini ta\u2019minlagan holda majburiy nusxaga egalik huquqini belgilash;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalarini jamoat, tijorat va xususiy nashriyotlar nashrlari, chet elda yashayotgan vatandoshlarimizning asarlari, shuningdek, O\u2019zbekiston haqidagi chet el nashrlari bilan ta\u2019minlash uchun sharoitlar yaratish, respublika hududida yashovchi xalqlar tillaridagi adabiyotlar fondlarini shakllantirish;<\/p>\n\n\n\n<p>majburiy nusxa olish, obuna, sovg\u2019a qilish, sotib olish, kutubxonalararo va xalqaro kitob almashish tizimini joriy etish, milliy va xorijiy onlayn va oflayn elektron hujjatlari bilan jamlash, \u00abegalik qilish\u00bb va \u00aberkin foydalanish\u00bb o\u2019rtasida maqbul muvozanatni yaratish va boshqalar hisobiga axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlarini yangilash;<\/p>\n\n\n\n<p>viloyat, tuman va shahar darajasidagi hududiy axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlarini jamlash, kengaytirish, to\u2019ldirish uchun ajratiladigan mablag\u2019larni o\u2019rtacha ikki barobarga oshirgan holda axborot-kutubxona muassasalari fondiga turli xildagi tashuvchilar orqali yangi adabiyotlar kelishini ta\u2019minlash;<\/p>\n\n\n\n<p>nashrlarga ishlov berish va ularni qidirishni avtomatlashtirish tizimini joriy qilish orqali axborot-bibliografiya faoliyatini takomillashtirish;<\/p>\n\n\n\n<p>yig\u2019ma elektron kataloglar, to\u2019liq matnli ma\u2019lumotlar bazasini shakllantirish va axborot-kutubxona muassasalarining Internet tarmog\u2019iga ulanishini ta\u2019minlash;<\/p>\n\n\n\n<p>uyali aloqa vositalari orqali foydalanuvchilarga taqdim etiladigan xizmatlarni kengaytirish bo\u2019yicha kompleks tadbirlar ishlab chiqish, yaratilayotgan elektron resurslarda multimedia kontentlari ulushini oshirish va boshqalar;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona fondlarini konservatsiyalash, fondlar holati va ularning saqlanish sharoitlari monitoringi tizimini yaratish, saqlashning me\u2019yoriy tartiblarini ta\u2019minlash;<\/p>\n\n\n\n<p>hujjatlarni ommaviy konservatsiyalash usullarini ishlab chiqish va rivojlantirish, konservatsiya jarayonlariga eng yangi texnologiyalarni joriy etish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish holatlari uchun harakatlarni rejalashtirish va ta\u2019minlash;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalari va axborot-kutubxona fondlari xavfsizligini ta\u2019minlash, axborot-kutubxona muassasalari va axborot-kutubxona fondlari xavfsizligi texnologiyasini tartibga soluvchi me\u2019yoriy-huquqiy va uslubiy bazani ishlab chiqish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona fondlarini hisobga olish tizimini rivojlantirish, axborot-kutubxona muassasalari fondlaridagi barcha turdagi hujjatlarni hisobga olishni takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari hujjatlarini hisobga olishning yagona tizimini yaratish, hisobga olish ma\u2019lumotlariga ishlov berish va avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berishni o\u2019zaro integratsiyalovchi yangi texnologiyalarni joriy etish, hisob-statistika ko\u2019rsatkichlari tizimini yaratish;<\/p>\n\n\n\n<p>fondlar, kataloglarni saqlash va foydalanish, ularning lozim darajada ishlashi, shuningdek, foydalanuvchilarning xavfsiz va qulay tarzda muassasada bo\u2019lishi uchun axborot-kutubxona muassasalarini zamonaviy uskunalar bilan ta\u2019minlash.<\/p>\n\n\n\n<p>2. Yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, milliy axborot-kutubxona tarmog\u2019ini yaratish:<\/p>\n\n\n\n<p>yangi axborot texnologiyalarini jadal joriy etish, shaxsiy kompyuterlar parkini kengaytirish, litsenziyalangan dasturiy ta\u2019minot xarid qilish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari texnika bazasini mustahkamlash;<\/p>\n\n\n\n<p>foydalanuvchilar uchun avtomatlashtirilgan o\u2019rinlar sonini ko\u2019paytirish;<\/p>\n\n\n\n<p>fondlarni, jumladan o\u2019lkashunoslik va noyob nashrlarni raqamlashtirish;<\/p>\n\n\n\n<p>mamlakatimizning barcha aholisi hududiy, respublika va jahon axborot-resurslaridan masofadan turib foydalanishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida axborot-kutubxona muassasalarini Internet tarmog\u2019iga ulashni kengaytirish;<\/p>\n\n\n\n<p>saytlar yaratish va axborot-kutubxona muassasalarining virtual makonda faol ishtirokini, aholiga virtual ma\u2019lumot-kutubxona xizmatlarini ko\u2019rsatishni ta\u2019minlash;<\/p>\n\n\n\n<p>mamlakatning axborot-kutubxona muassasalari axborot resurslaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini beruvchi yagona axborot-kutubxona portalini yaratish;<\/p>\n\n\n\n<p>davlat va qo\u2019shimcha xizmatlarini ko\u2019rsatish doirasida axborot va bilimlardan foydalanishni ta\u2019minlovchi mavjud zamonaviy raqobatbardosh texnologiyalarni takomillashtirish va yangilarini joriy qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>ilmiy tadqiqotlar va o\u2019quv jarayonini axborot bilan qo\u2019llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, uyali aloqa vositalaridan foydalangan holda hujjatlarni elektron tarzda etkazib berish va virtual ma\u2019lumot xizmati tizimlarini modernizatsiyalash;<\/p>\n\n\n\n<p>jamoaviy obunani kengaytirish va respublika axborot-kutubxona muassasalariga muntazam ravishda yillik obuna uchun mablag\u2019 ajratish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalarining innovatsion faoliyati va ularning innovatsion infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bilan samarali innovatsion munosabatlar va muloqotni yo\u2019lga qo\u2019yish, yangiliklarni ishlab chiqish va innovatsiyalarni amalga oshirish uchun investitsiyalar, shu jumladan, xususiy investitsiyalarni jalb qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan turli ta\u2019lim, ijtimoiy guruhlar, yosh toifalaridagi foydalanuvchilarga va nogironligi bo\u2019lgan shaxslarga onlayn tarzda (24G\u20197G\u2019365) taqdim qilinadigan elektron kataloglar, hujjatli resurslar va ko\u2019rsatiladigan xizmatlardan foydalanishni kengaytirish imkonini beradigan xizmatlar yaratish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilarining axborot borasidagi bilimlarini oshirish, bolalar, o\u2019smirlar va yoshlarga ta\u2019lim xizmatlarini ko\u2019rsatish orqali aholining media savodxonligini yuksaltirish va boshqalar;<\/p>\n\n\n\n<p>3. Zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari asosida axborot-kutubxona kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish:<\/p>\n\n\n\n<p>kutubxona xodimlarini axborot-kutubxonachilik ishini modernizatsiya qilishning dolzarb yo\u2019nalishlari bo\u2019yicha muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish asosida ularga uzluksiz axborot-kutubxona ta\u2019limini berish tizimini yaratish, axborot-kutubxona kadrlarini masofadan turib o\u2019qitish tizimini joriy qilish va boshqalar;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona xodimlari malakasini oshirish bo\u2019yicha doimiy faoliyat olib boruvchi kurslar tashkil qilish, ham talabalar, ham axborot-kutubxona xodimlarini masofadan turib o\u2019qitish kurslarini rivojlantirish, o\u2019qituvchi va assistentlarning xorijiy davlatlardagi etakchi ilmiy tashkilotlarda (kutubxona fakultetlarida) stajirovka o\u2019tashini tashkil qilish, axborot-kutubxonachilik ishi bo\u2019yicha ilmiy maktablarni rivojlantirish va boshqalar;<\/p>\n\n\n\n<p>kutubxonachilik ishi sohasida mutaxassislarga bo\u2019lgan ehtiyojni o\u2019rganish asosida sohaga ixtisoslashgan oliy ta\u2019lim muassasalarida \u00abKutubxona-axborot faoliyati\u00bb yo\u2019nalishi bo\u2019yicha qabul kvotalarini oshirish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona hamjamiyatini kasbiy axborot bilan ta\u2019minlash, yangi noshirlik texnologiyalaridan va axborot-kutubxona muassasalari fondidagi noyob hujjatlarning faksimillaridan foydalangan holda fundamental bibliografik qo\u2019llanmalar nashr qilish, kataloglashtirish sohasida bir xil ishlar takrorlanishining oldini olishga va respublika axborot-kutubxona muassasalarida kataloglashtirish sarf-xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiluvchi kooperatsiyani amalga oshirish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona xodimlarining malakasini oshirish, tajriba almashish bo\u2019yicha xalqaro loyihalarda axborot-kutubxona muassasalarining ishtirokini kengaytirish va boshqalar.<\/p>\n\n\n\n<p>4. Axborot-kutubxona xizmatlarining yangi turlarini, jumladan pulli xizmatlarni joriy qilish va rivojlantirish:<\/p>\n\n\n\n<p>fuqarolar elektron axborot-resurslarni almashishi va ulardan erkin foydalanishi uchun yig\u2019ma elektron katalogdan foydalanish imkoniyatini ta\u2019minlash, korporativ axborot-kutubxona tarmoqlarini rivojlantirish;<\/p>\n\n\n\n<p>kutubxonalararo abonementning imkoniyatlarini ro\u2019yobga chiqarish va hujjatlarni elektron tarzda etkazib berish uchun shart-sharoit yaratish, yagona axborot muhitini yaratish, ta\u2019lim va axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, axborot-kutubxona resurslari o\u2019zaro hamkorligining yagona mexanizmini ishlab chiqish, mamlakatimizning yirik axborot-kutubxona resurslarini o\u2019zida birlashtirgan yagona qidiruv tizimini yaratish.<\/p>\n\n\n\n<p>5. Axborot-kutubxona muassasalari xodimlari samarali faoliyat ko\u2019rsatishi va ularni ijtimoiy qo\u2019llab-quvvatlash uchun munosib sharoitlar yaratish:<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona xodimlarining ijtimoiy himoyasini ta\u2019minlash, ularning huquq va imtiyozlarini kengaytirish (uy-joy sotib olish uchun foizsiz kreditlar ajratish), axborot-kutubxona muassasalarining barcha toifalarida tarif razryadini oshirish evaziga yagona tarif setkasini modernizatsiyalash;<\/p>\n\n\n\n<p>Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatori asosida sohaning bugungi ehtiyojlariga muvofiq ravishda axborot-kutubxona muassasalarining lavozimlari nomenklaturasini kengaytirishni ko\u2019zda tutib, axborot-kutubxona muassasalari xodimlarining tarif-malakaviy tavsiflarini qayta ko\u2019rib chiqish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalarining normal rivojlanishini kafolatlaydigan mehnatga haq to\u2019lash darajasini ta\u2019minlash;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalari xodimlariga ko\u2019p yillik ish staji uchun qo\u2019shimcha haq to\u2019lashni joriy etish;<\/p>\n\n\n\n<p>kasbiy unvonlar va davlat mukofotlarini ta\u2019sis etish;<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abKutubxona a\u2019lochisi\u00bb ko\u2019krak nishonini ta\u2019sis etish.<\/p>\n\n\n\n<p>6. Kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash:<\/p>\n\n\n\n<p>respublikaning barcha axborot-kutubxona muassasalarini to\u2019liq xatlovdan o\u2019tkazish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalarining avariya holatidagi, ta\u2019mirtalab bino va imoratlarini ta\u2019mirlash hamda rekonstruktsiya qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalari uchun maxsus binolar qurish;<\/p>\n\n\n\n<p>nogironiligi bo\u2019lgan shaxslarga sifatli xizmat ko\u2019rsatish uchun axborot-kutubxona muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash;<\/p>\n\n\n\n<p>tuman (shahar) axborot-kutubxona muassasalarini tashkil qilish, ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta\u2019minlash uchun axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, shu jumladan yangi binolar qurish va mavjudlarini rekonstruktsiya qilish.<\/p>\n\n\n\n<p>7. Ilmiy-tadqiqot va uslubiy faoliyat:<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona faoliyatining zamonaviy yo\u2019nalishlari bo\u2019yicha korporativ amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona xizmatlarining yangi turlarini joriy qilish, axborot-kutubxona xizmatlari ko\u2019rsatish tarmog\u2019ini kengaytirish va boshqalar;<\/p>\n\n\n\n<p>idoralararo asosda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatining turli yo\u2019nalishlari, shuningdek, MDH va xorijiy davlatlarning yirik axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikda zamonaviy raqobatbardosh axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy etish bo\u2019yicha ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy ishlarni olib borish;<\/p>\n\n\n\n<p>ilmiy tadqiqot va ta\u2019lim jarayonini axborot bilan qo\u2019llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;<\/p>\n\n\n\n<p>hujjatlarni elektron tarzda etkazib berish tizimini modernizatsiya qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>uslubiy qo\u2019llanmalar, tavsiyalar, maslahat yordami ko\u2019rsatish tizimini yaratish va takomillashtirish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona muassasalarining innovatsion faoliyati va ularning innovatsion infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bilan samarali innovatsion munosabatlar va muloqotni yo\u2019lga qo\u2019yish, yangiliklarni ishlab chiqish va innovatsiyalarni amalga oshirish uchun investitsiyalar, shu jumladan, xususiy investitsiyalarni jalb qilish bo\u2019yicha takliflar ishlab chiqish;<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qoshida Axborot-kutubxona faoliyati bo\u2019yicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish kengashini tashkil qilish bo\u2019yicha takliflar ishlab chiqish.<\/p>\n\n\n\n<p>8. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish:<\/p>\n\n\n\n<p>ikki tomonlama kelishuvlar tuzish asosida xalqaro kutubxona hamjamiyati bilan hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro forumlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;<\/p>\n\n\n\n<p>xalqaro kitob almashish, axborot resurslarini elektron tarzda almashish bo\u2019yicha hamkorlikning turli shakllarini rivojlantirish va joriy qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>yig\u2019ma elektron kataloglarni shakllantirish, ma\u2019lumotlar banklarini tashkil qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>xalqaro loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, kutubxonalararo abonementni (hujjatlarni elektron etkazib berish) yo\u2019lga qo\u2019yish;<\/p>\n\n\n\n<p>respublika, xalqaro konferentsiyalar va seminarlar o\u2019tkazish hamda shu kabi xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>5-bob. Kontseptsiyani amalga oshirish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu Kontseptsiyani amalga oshirishning asosiy vositasi respublikada axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish bo\u2019yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi O\u2019zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo\u2019yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o\u2019rinlarda \u2014 Dastur) hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu Kontseptsiyani tijorat tashkilotlari, hamkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilgan holda sohaga aloqador vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikda respublika miqyosida amalga oshirish nazarda tutilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Kontseptsiyani amalga oshirishni muvofiqlashtirish kitob mahsulotlarini nashr qilish va tarqatish tizimini takomillashtirish, shuningdek, axborot-kutubxona faoliyati sohasi bo\u2019yicha maxsus vakolatli davlat organ \u2014 O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan olib boriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kontseptsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi:<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchi bosqichda (2019-2020 yillar) quyidagilar nazarda tutiladi:<\/p>\n\n\n\n<p>hududiy axborot-kutubxona muassasalarini kelgusida xalqaro tizimlar bilan integratsiyalash uchun ularni yagona ma\u2019lumotlar bazasiga ulash;<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy umumta\u2019lim elektron kutubxona markazi to\u2019g\u2019risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;<\/p>\n\n\n\n<p>sohaga ixtisoslashgan oliy ta\u2019lim muassasalarida \u00abKutubxona-axborot faoliyati\u00bb yo\u2019nalishi bo\u2019yicha qabul kvotalarini oshirish;<\/p>\n\n\n\n<p>zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida taqdim etilayotgan xizmatlar hajmining o\u2019sib borishini hisobga olgan holda, Milliy kutubxonaning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi xodimlarning namunaviy shtatlari hamda Axborot-kutubxona markazi va kutubxona to\u2019g\u2019risida namunaviy nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;<\/p>\n\n\n\n<p>2019 \u2014 2024 yillarda O\u2019zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasida, xususiy va raqamli (virtual) kutubxonalar tarmog\u2019ida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;<\/p>\n\n\n\n<p>ta\u2019mirtalab axborot-kutubxona muassasalarini ta\u2019mirlash va rekonstruktsiya qilish hamda ularning bino va imoratlarini qurish;<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abKutubxona a\u2019lochisi\u00bb ko\u2019krak nishonini ta\u2019sis qilish bo\u2019yicha takliflar ishlab chiqish va O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;<\/p>\n\n\n\n<p>xatlov o\u2019tkazish va uning natijalarini aniqlashtirish, tadbirlarni amalda ijro etish bo\u2019yicha chora-tadbirlar tayyorlash va boshqalar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi bosqichda (2021 \u2014 2024 yillar) quyidagilar nazarda tutiladi:<\/p>\n\n\n\n<p>tarqatish tizimini takomillashtirish uchun \u00abNashrlarning majburiy nusxasi to\u2019g\u2019risida\u00bbgi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abXalqaro nashrlar almashinuvi to\u2019g\u2019risida\u00bbgi Konventsiyani ratifikatsiya qilish masalasini ko\u2019rib chiqish;<\/p>\n\n\n\n<p>MDH va xorijiy davlatlarning etakchi tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni faollashtirish;<\/p>\n\n\n\n<p>Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qoshida Kutubxonachilik ishi bo\u2019yicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo\u2019yicha ixtisoslashgan ilmiy kengash tashkil qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>resurslar almashinuvi va korporativ hamkorlik ishini avtomatlashtirish bo\u2019yicha korporativ tarmoqni shakllantirish;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona faoliyati bo\u2019yicha tarmoq standartlar, uslubiy qo\u2019llanmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish;<\/p>\n\n\n\n<p>tuman (shahar) axborot-kutubxona muassasalarining faoliyatini tashkil qilish borasida davlat organlari va hokimliklar bilan hamkorlikda ishlash;<\/p>\n\n\n\n<p>manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, Qoraqalpog\u2019iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan hamkorlikda Kontseptsiyani ro\u2019yobga chiqarish bo\u2019yicha tadbirlarni belgilab olish va amalga oshirish.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>6-bob. Resurs ta\u2019minoti<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Resurs ta\u2019minoti, shu jumladan Kontseptsiyada belgilab berilgan tadbirlarni moliyalashtirish masalalari axborot-kutubxona muassasalariga ajratiladigan byudjet mablag\u2019lari doirasida, Alisher Navoiy nomidagi O\u2019zbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg\u2019armasi, kutubxonalarning xo\u2019jalik faoliyatidan tushgan daromad qismi, homiylar, xorijiy investorlarning mablag\u2019lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>7-bob. Kutilayotgan natijalar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Kontseptsiyani amalga oshirish mamlakat axborot-kutubxona muassasalarining yanada rivojlanishi hamda axborot, madaniy-ma\u2019rifiy makon doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi yagona axborot-kutubxona tarmog\u2019ini yaratishga imkon beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rejalashtirilgan tadbirlar natijasiga ko\u2019ra, Kontseptsiyani amalga oshirishning birinchi bosqichida quyidagilar kutilmoqda:<\/p>\n\n\n\n<p>2020 yilga qadar respublikaning tuman va shaharlarida aholining 86,0 foizini qamrab oladigan 186 ta zamonaviy axborot-kutubxona markazini tashkil qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>2020 yilga qadar kutubxonalarning 10 foizini (21 ta) yagona ma\u2019lumotlar interaktiv bazasiga ulash orqali O\u2019zbekiston axborot-kutubxona markazlari hamkorligining yaxlit tizimini shakllantirishni boshlash;<\/p>\n\n\n\n<p>elektron kitoblar fondini 1,2 million nusxagacha ko\u2019paytirish;<\/p>\n\n\n\n<p>14 ta xorijiy davlat bilan axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi bosqichda quyidagilar kutilmoqda:<\/p>\n\n\n\n<p>respublikaning 207 ta kutubxonasini yagona ma\u2019lumotlar interaktiv bazasiga ulashni yakunlash orqali O\u2019zbekiston axborot-kutubxona markazlari hamkorligining yaxlit tizimini shakllantirish;<\/p>\n\n\n\n<p>elektron kitoblar fondini 3,3 million nusxagacha ko\u2019paytirish;<\/p>\n\n\n\n<p>21 ta xorijiy davlat bilan axborot-kutubxona faoliyati sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish.<\/p>\n\n\n\n<p>Bundan tashqari Kontseptsiya:<\/p>\n\n\n\n<p>madaniy, ta\u2019lim va axborot infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida muhim ijtimoiy va kommunikativ vazifalarni bajaruvchi axborot-kutubxona muassasalariga mamlakatning iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo\u2019shish imkoniyatini yaratadi;<\/p>\n\n\n\n<p>milliy manfaatlar va xalqaro tajribani hisobga olib axborot-kutubxona ishi sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga yordam beradi (bu esa axborot-kutubxona sohasi taraqqiyotining bugungi tendentsiyalariga moslashish, shuningdek, axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanishi va aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko\u2019rsatishni kengaytirishga sezilarli darajada ta\u2019sir ko\u2019rsatishga imkon yaratadi);<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona fondini jamlash, shu jumladan elektron va boshqa tashuvchi uskunalarga yig\u2019ish tizimini yaratishga, kutubxona fondlarini saqlashni ta\u2019minlaydi, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, milliy axborot-kutubxona tarmog\u2019ini takomillashtirish va ixtisoslashgan ilmiy tadqiqotlar olib borishga, uslubiy qo\u2019llanmalar ishlab chiqishni faollashtirishga imkon beradi;<\/p>\n\n\n\n<p>axborot-kutubxona sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini hamda axborot-kutubxona muassasalari xodimlarining samarali faoliyati, ularning ijtimoiy himoyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga ko\u2019maklashadi;<\/p>\n\n\n\n<p>barcha tizimlar va idoralarning axborot-kutubxona muassasalarini samarali muvofiqlashtirish va boshqarish, xalqaro hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>O\u02bbZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>QARORI<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o\u02bbrtasida kitob o\u02bbqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatimizda kitob o\u02bbqish madaniyatini keng targ\u02bbib qilish, yangi nashrlar va tarjimalarni yo\u02bblga qo\u02bbyish hamda aholi orasida kitobga qiziqishni kuchaytirish, kutubxonalar va ta\u02bclim dargohlarini kasbiy va sohaviy adabiyotlar bilan ta\u02bcminlash maqsadida qaror qilaman:<\/p>\n\n\n\n<p><strong>I. Asosiy maqsad<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>1. Ushbu qarorni qabul qilishdan ko\u02bbzlangan asosiy maqsad etib 2026 \u2014 2030-yillarda aholining kitobxonlik darajasi (bir odam o\u02bbqiydigan kitob soni)ni yiliga o\u02bbrtacha 10 ta kitobga yetkazish belgilansin.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>II. Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>2. Yoshlar ishlari agentligi huzurida yuridik shaxs maqomisiz Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg\u02bbarmasi (keyingi o\u02bbrinlarda \u2014 Jamg\u02bbarma) tashkil etilsin va uning vasiylik kengashi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.<\/p>\n\n\n\n<p>3. Jamg\u02bbarma mablag\u02bblarini shakllantirish manbalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va uning mablag\u02bblari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo\u02bbnaltirilishi belgilansin:<\/p>\n\n\n\n<p>(a) tanlov orqali yosh yozuvchilar uchun grantlar ajratish va asarlarini nashr etish, bolalar adabiyoti yo\u02bbnalishidagi loyihalarni qo\u02bbllab-quvvatlash;<\/p>\n\n\n\n<p>(b) tanlov orqali iste\u02bcdodli mualliflarni aniqlash va ularga ijod qilish uchun sharoit yaratish maqsadida bir yilgacha bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida har oy haq to\u02bblash;<\/p>\n\n\n\n<p>(v) eng sara xorijiy adabiyotlarni o\u02bbzbek tiliga va milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilishda nashrga tayyorlash va chop etish xarajatlarining 50 foizi hamda mualliflik huquqi uchun xarajatlarning 80 foizini qoplash;<\/p>\n\n\n\n<p>(g) vasiylik kengashi a\u02bczolariga har chorakda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda mukofot to\u02bblash;<\/p>\n\n\n\n<p>(d) kitobxonlik reytingini shakllantirish bilan bog\u02bbliq xarajatlarni amalga oshirish.<\/p>\n\n\n\n<p>4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yildan boshlab O\u02bbzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish xarajatlari uchun har yili ajratiladigan mablag\u02bblar miqdorini 20 milliard so\u02bbmga yetkazsin va ularning Jamg\u02bbarmaga yo\u02bbnaltirilishini ta\u02bcminlansin.<\/p>\n\n\n\n<p>5. Yoshlar ishlari agentligi bir oy muddatda grantlar ajratish, iste\u02bcdodli mualliflarni aniqlash va o\u02bbzbek tiliga tarjima qilish uchun eng sara xorijiy adabiyotlarni tanlash tartibini tasdiqlasin.<\/p>\n\n\n\n<p>6. Shunday tartib o\u02bbrnatilsinki, unga muvofiq:<\/p>\n\n\n\n<p>(a) Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg\u02bbarmasi vasiylik kengashi (keyingi o\u02bbrinlarda \u2014 Kengash)ning majlislari bir oyda kamida bir marta o\u02bbtkaziladi;<\/p>\n\n\n\n<p>(b) Jamg\u02bbarma mablag\u02bblari Kengash qarorlari asosida ajratiladi, bunda qarorlar Kengash a\u02bczolari umumiy sonining ko\u02bbpchilik ovozi bilan qabul qilinadi;<\/p>\n\n\n\n<p>(v) Kengash 3-ilovaga muvofiq asosiy vazifalarni amalga oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>III. Aholi o\u02bbrtasida kitob o\u02bbqishga qiziqishni oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>7. Belgilansinki, 2026-yil 1-fevraldan boshlab:<\/p>\n\n\n\n<p>(a) aholi, ayniqsa, yoshlar o\u02bbrtasida kitobxonlikni targ\u02bbib qilish bo\u02bbyicha 4-ilovaga muvofiq \u201cKitob \u2014 ma\u02bcrifat manbai\u201d dasturi amalga oshiriladi;<\/p>\n\n\n\n<p>(b) davlat organlarining kitob va kitobxonlik haqidagi reklamalari ijtimoiy axborot (reklama) sifatida tan olinadi;<\/p>\n\n\n\n<p>(v) transport infratuzilmasi obyektlari va transport vositalarida (avtobus, metro, samolyot, poyezdlar) simsiz yoki mobil internet tarmog\u02bbi orqali \u201cMutolaa\u201d platformasidan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi, qulaylik uchun QR kodlar o\u02bbrnatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>8. Maktabgacha va maktab ta\u02bclimi vazirligi tizimidagi umumta\u02bclim muassasalarida ikki oy muddatda \u201cJadidlar izidan\u201d kitobxonlik klublari tashkil etilsin. Bunda:<\/p>\n\n\n\n<p>(a) \u201cJadidlar izidan\u201d kitobxonlik klubi a\u02bczolari o\u02bbrtasida kitob tahliliga bag\u02bbishlangan debatlar o\u02bbtkaziladi;<\/p>\n\n\n\n<p>(b) maktablarda \u201cJadidlar izidan\u201d klubi a\u02bczolariga yiliga kamida 20 ta kitob o\u02bbqitib boriladi;<\/p>\n\n\n\n<p>(v) har chorakda tuman(shahar) kesimida eng faol \u201cJadidlar izidan\u201d kitobxonlik klublari a\u02bczolari Maktabgacha va maktab ta\u02bclimi vazirligi tomonidan rag\u02bbbatlantiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>9. Shunday tartib o\u02bbrnatilsinki, unga muvofiq barcha vazirlik va idoralarda:<\/p>\n\n\n\n<p>(a) 2026-yil 1-martga qadar tegishli soha bo\u02bbyicha tavsiya etiladigan kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar ro\u02bbyxati shakllantiriladi;<\/p>\n\n\n\n<p>(b) har yili kamida 3 tadan kasbiy faoliyatga oid xorijiy adabiyotlarni mahalliy nashriyotlar orqali o\u02bbzbek tiliga tarjima qilib, malakali mutaxassislar ishtirokida ularni izohlar, lug\u02bbat va misollar bilan boyitish amaliyoti joriy etiladi;<\/p>\n\n\n\n<p>(v) 2026-yil 1-aprelga qadar o\u02bbzida va tizimidagi tashkilotlarda \u201cKitob burchagi\u201d tashkil etiladi va xodimlar uchun har oyda \u201cKitob o\u02bbqish soati\u201d yo\u02bblga qo\u02bbyiladi;<\/p>\n\n\n\n<p>(g) kitobxonlik bo\u02bbyicha ichki reyting tizimi joriy etiladi;<\/p>\n\n\n\n<p>(d) tanlov asosida eng ko\u02bbp kitob o\u02bbqigan xodimga Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag\u02bbbatlantirish maxsus fondi hisobidan bir oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>10. Yoshlar ishlari agentligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda eng ko\u02bbp kitob o\u02bbqigan top-100 talikka kiradigan o\u02bbquvchi va talabalarni aniqlash tartibini tasdiqlasin. Bunda top-100 talikka kirgan o\u02bbquvchi va talabalarning har biriga Jamg\u02bbarma mablag\u02bblari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida pul mukofoti berilishi nazarda tutilsin.<\/p>\n\n\n\n<p>11. O\u02bbzbekiston mahallalari uyushmasi Milliy kutubxona, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma\u02bcnaviyat va ma\u02bcrifat markazi, Markaziy bank bilan hamkorlikda 2026-yil davomida \u201cYangi O\u02bbzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)\u201d maqomini olgan hududlarda namunali 330 ta mahalla kutubxonalari tashkil qilsin hamda yil yakunida mazkur tashabbus ko\u02bblamini kengaytirish bo\u02bbyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>IV. Qaror ijrosini tashkil etish, ta\u02bcminlash va nazorat<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>12. Yoshlar ishlari agentligi ikki oy muddatda:<\/p>\n\n\n\n<p>(a) respublika bo\u02bbyicha mavjud barcha kutubxonalarni to\u02bbliq xatlovdan o\u02bbtkazish va ularning holatini yaxshilash, zamonaviy ko\u02bbrinish berish bo\u02bbyicha chora-tadbirlar dasturini;<\/p>\n\n\n\n<p>(b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o\u02bbzgartirish va qo\u02bbshimchalar to\u02bbg\u02bbrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.<\/p>\n\n\n\n<p>13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas\u02bcul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa\u02bcdullayev belgilansin.<\/p>\n\n\n\n<p>14. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas\u02bcul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O\u02bbzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV<\/p>\n\n\n\n<p>Toshkent sh.,<\/p>\n\n\n\n<p>2026-yil 15-yanvar,<\/p>\n\n\n\n<p>PQ-9-son<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2019ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI TO\u2019G\u2019RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 4 martda qabul qilingan Senat tomonidan 2011 yil 25 martda ma\u2019qullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda.&nbsp;Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda.&nbsp;Axborot-kutubxona faoliyati to\u2019g\u2019risidagi qonun hujjatlari Axborot-kutubxona faoliyati to\u2019g\u2019risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/yashnabodlibrary.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/42"}],"collection":[{"href":"https:\/\/yashnabodlibrary.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/yashnabodlibrary.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yashnabodlibrary.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yashnabodlibrary.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=42"}],"version-history":[{"count":10,"href":"https:\/\/yashnabodlibrary.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/42\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2704,"href":"https:\/\/yashnabodlibrary.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/42\/revisions\/2704"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/yashnabodlibrary.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=42"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}