Xizmat ko`rsatish
Har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, xususan, fan ta’lim va madaniyat rivoji turli sohalarga oid zarur axborotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyatiga ham bog’liqdir. Bunda kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish ya’ni sohaga zamonaviy axborot-texnologiyalarini olib kirish ko’zlangan natijalarni bermoqda. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning 2006 yil 20 iyunda qabul qilingan «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida»gi qarori asosida kutubxonamiz kompyuter uskunalari bilan ta’minlandi, mahalliy axborot tarmoqlariga ulandi. Milliy axborot resurslari, elektron ma’lumotlar ba’zasi va elektron kutubxonani shakllantirib markazga aylantirildi. Virtual kutubxona asosini integratsiyalashgan va avtomatlashtirilgan «KARMAT-U» axborot tizimi tashkil qiladi. Bu tizim yordamida yurtimizdagi 100 dan ortiq Axborot-resurs markazlari o’zaro aloqa o’rnatish, jamlanma elektron katalog, to’liq hajmdagi elektron darsliklar, maqolalar kabi mahsulotlarni o’z ichiga oladigan ilmiy-ta’lim ma’lumotlar bazasini shakllantirish mumkin. Bu tizim mamlakatimizning turli viloyatlaridagi talaba va o’qituvchilarga masofadan turib xizmat ko’rsatish, ko’plab elektron kutubxonalardan foydalanish imkonini beradi. O’quv jarayonini samaradorligini oshirish, o’quvchi, talabalarning elektron ilmiy-ta’lim kutubxonalardan tezkor foydalanish hisobidan materiallarni o’zlashtirish, interfaol o’qishni va ma’ruzalarni o’tkazish, masofadan turib o’qitish va bilimlarni test orqali sinashga yordam beradi.Bundan tashqari belgilangan qoidalarga ko’ra yangi abonentlarning tarmoqqa ulanishini ta’minlaydi. Virtual kutubxona tarmog’i uning qatnashchilariga o’z mahalliy elektron, o’z kataloglar va ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun imkoniyat yaratdi. AKM jamg’armasidan hujjatlarni qidirish va tanlashda kitobxonlarga mutaxassislar maslahatlar beradi. Kitobxonlar orasida kitob o’qilishining samaradorligini oshirish, kitobxonlar sonini ko’paytirish maqsadida har oyda AKM foydalanuvchilari va aholi o’rtasida yangi adabiyotlar taqdimotlari, bibliografik sharhlari o’tkazilib boriladi. Kutubxona faoliyatiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi bugun axborot-kutubxona markazimizni haqiqatdan ham axborotlarning markazi bo’lib qolishiga olib keldi. Axborot-kutubxona markazidagi nafaqat bosma asarlarda, balki elektron shakldagi axborotlar, elektron kitoblar, multimedia mahsulotlaridan foydalanish bugungi foydalanuvchiga o’ziga kerakli axborotlarni elektron qidiruv dasturi yordamida tez va qulay topish, kerakli axborot hujjatlaridan nusxa ko’chirish, kompyuterdan mustaqil foydalanish, axborotni printer yordamida chop etish, mavzular bo’yicha taqdimotlarni tayyorlash uchun buyurtma olish, elektron shakldagi hujjatni axborot tashuvchilarga ko’chirib olish yo’li bilan hujjatning elektron variantini yaratish, slaydlar tayyorlash, internet orqali boshqa davlatlar bilan do’stlik aloqalarini bog’lash, o’zaro axborot almashish imkoniyatlariga ega bo’ldik. Hamda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, foydalanuvchilarning muntazam va mustaqil ravishda ta’lim olishiga, milliy ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni keng targ’ib qilish va xalqning madaniy — tarixiy merosidan bahramand bo’lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg’un kamol topgan shaxsning ijodiy o’sishi uchun imkoniyatlar yaratishda AKMda o’lkashunoslik adabiyotlarni keng targ’ibotchilari sifatida xodimlar o’z o’lkasini yaxshi bilishda yaqindan turib yordam berib kelishmoqda. AKMda foydalanuvchilar uchun texnik vositalar bilan jixozlangan maxsus o’quv zali, 19ta kompyuter, 2ta skaner, 7ta printer, nusxa ko’chirish apparati bilan kitobxonlarga samarali xizmat ko’rsatmoqda. Barcha kompyuterlar internet tarmog’iga, “Ziyonet” lokal o’quv- axborot izlash tarmog’iga ulangan va ulardan unumli foydalanilmoqda. AKMda veb-sayt yaratilgan bo’lib, AKM veb-saytining o’z vaqtida eng so’nggi yangiliklar bilan to’ldirilib borilayotganligi talaba — yoshlar va o’qituvchi pedagoglar talab ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Axborot olamining barcha imkoniyatlari asosan kutubxonalarda yig’ilgan bo’lib, foydalanuvchilar shu erda kutubxonada yig’ilgan yoki uzoqdagi axborotdan foydalanishi mumkin. AKM da yuksak samara bilan faoliyat ko’rsatishni hamda aholining barcha qatlamlari ulardan bemalol foydalana olishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan. AKM da abonement, o’quv zali mavjud. O’quv zalida «O’zb.Respublikasi Prezidenti risola va farmonlari», Maqolalarning sistemali kartotekasi, «O’lkashunoslik», «Bizning buyuk ajdodlar», “Yil nomi”, “Yashnobod tuman muassasalarining faktografik” kabi kartotekalari, “Ma`lumotnoma – bibliografik nashrlar fondi”, «Ma’naviyat va ma’rifat», «A.Temur millat iftixori», «Inson huquqlarga oid adabiyotlar», «Kitob-tafakkur gulshani», «O`lkam mening – oltin beshigim», “Xorijiy adabiyotlar” kabi mavzuli kitob ko’rgazmalari va yilga bag’ishlangan ko’rgazma o’rin olgan. Vaqtli matbuot nashrlari kitobxonlar foydalanishi uchun qulay joyga qo’yilgan.