Tadbirlar



?Mamlakatimizda qatag’on qurbonlari bo’lgan ota-bobolarimizning hayoti va faoliyatini, xususan, jadidlar merosini yanada chuqur o’rganish va ularning xotirasini abadiylashtirish bo’yicha muhim farmon va qarorlar qabul qilinmoqda. Xalqimizning noyob adabiy- badiiy merosi bugungi kunda yosh avlodga ulkan ma’naviy kuch beradi. Hozirgi kundagi keng ko’lamli demokratik o’zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O’zbekistonda yangi uyg’onish davrini yaratish asosiy maqsad qilib belgilandi. Shu munosabat bilan Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “O’zbek jadidchilik harakati namoyondalari” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Suhbat davomida mutaxassislar va kitobxonlar tomonidan Mahmudxo’ja Behbudiy hamda Abdulla Qodiriy asarlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
?????? Facebook | Instagram | Telegram | You Tube



#Jadidlar_xotirasi_abadiy
Jadidchilik harakati vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish gʻoyalarini targʻib qilishgan. Maʼrifatparvar jadid namoyondalari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 2025 yil 16- yanvar kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida tuman Maʼnaviyat va Maʼrifat ishlari boʻlimi bilan hamkorlikda “Maʼrifatparvar jadidlar” nomli kitoblar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo’ja Behbudiy va Ishoqxon Toʻra Ibrat haqida ma’lumotlar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
?????? Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

🗓2025- yil 24- yanvar kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida kutubxonaga yangi aʼzo boʻlgan kitobxonlar uchun “Maʼrifat maskani” nomli ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida kutubxona ish faoliyati hamda oʻzbek va jahon adabiyotining sara asaralari bilan tanishtirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
?????? Facebook | Instagram | Telegram | You Tube


Aholi oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida mahallalarda kutubxonalar tashkil etilmoqda. Goʻzal MFY da ham OFB bank tomonidan moʻjaz kutubxona tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda yosh-u qariga birdek xizmat koʻrsatmoqda. 2025 yil 31- yanvar kuni mahallaning faol kitobxonlari hamda Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari bilan hamkorlikda yanvar oyi uchun tanlangan “Galaktikada bir kun” hamda “Sohilsiz dengiz” asarlariga bagʻishlangan “Kitob muhokama qilamiz” nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida kitobxonlar tomonidan asarning mazmuni, undagi qizgʻin voqealar hamda fikr mulohazalar tinglandi. Tadbir soʻnggida faol kitobxonlar OFB BANK tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube



#JARAYON
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining 27-yanvardagi 6-sonli buyrugʻi, Toshkent “Bilim” axborot-kutubxona markazining 2025 yil 28 yanvardagi 4-son buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida hamda axborot-kutubxona markazi mutaxassislarining 2023-2024-yillar davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan tahliliy hisobot yigʻilishi boʻlib o’tdi.
Yig’ilishda Axborot-kutubxona fondlarini to’ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati, Axborot –bibliografiya xizmati, Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassislarining 2023-2024 yillarda qilingan ish ko’rsatkichlari ko`rib chiqilib tahlil qilindi. Yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar bo’yicha tushuntirish ishlar olib borildi. 2025 yilda kamchiliklarni bartaraf etish va yangi maqsad, vazifalar yuklatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Navoiy_584_yilligi
#Bobur_542_yilligi
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Qadriyat” MFY hamda “Kitobsevarlar” klubi aʼzolari bilan hamkorlikda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi, davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 542-yilligi munosabati bilan “Bir asrning ikki dahosi” nomli adabiy kecha tashkil etildi.
Kitobxonlar tomonidan adabiyot ummonining yorqin siymolari Navoiy va Bobur ijodining jahon adabiyoti durdonasiga javohir boʻlib qoʻshilgani, uning boy va betakror merosini oʻrganishga butun dunyoda qiziqish tobora ortayotgani aytib oʻtildi. Tadbir soʻnggida faol ishtirok etgan kitobxonlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube



#Navoiy_584_yilligi
2025 yil 10-fevral kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida 153- sonli maktab qoshidagi “Olim Lider” jamoasining 7- sinf oʻquvchilari bilan hamkorlikda “Buyuk shoir nazmining navosi” nomli davra suhbati oʻtkazildi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan Navoiy merosining nafaqat yurtimizda balki xorijda ham katta qiziqish uygʻotmoqda ekanligi va biz bu merosni asrab-avaylab kelajak avlodga yetkazish uchun xizmat qilishimiz kerakligi aytib oʻtildi. Oʻquvchilar tomonidan Navoiy haqida qiziqarli faktlar hamda ruboiy va gʻazallar aytildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Bobur_542_yilligi
2025-yil 14-fevral kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 204-maktab bilan hamkorlikda “Barhayot siymolar” nomli adabiy-musiqali kecha o’tkazdi. Tadbirda ikki buyuk shaxsning o’ziga xos merosi yoritilib, ularning adabiyot, san’at va ilm-fan sohalaridagi yuksak xizmatlari haqida chuqur fikr almashildi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan Z.M. Bobur hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli va tarixiy faktlar, ularning davlat boshqaruvi va siyosiy idoralaridagi faoliyatlari ham muhokama qilindi. Hamda ko’rgazmadagi adabiyotlar bilan tanishtirilib biblografik sharh berildi. Shuningdek, o’quvchilar, ushbu mutaffakirlarning g’azallaridan parchalar o’qidilar, sahna ko’rinishlari ijro etdilar. Tadbir so’nggida faol qatnashgan ustoz va kitobxonlarga esdalik sovg’alari topshirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube
#Kitobsevarlar_klubi
Yoshlarni intelektual salohiyatli, mustaqil fikrlaydigan, maʼnaviyatli shaxs boʻlib kamol topishida kitobning oʻrni beqiyos. Kitob mutolaasiga qiziqtirish va kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Goʻzal” MFY kutubxonasi hamda “Kitobsevarlar” klubi aʼzolari bilan birgalikda “Men sevib oʻqigan kitob” deb nomlangan davra suhbati oʻtkazildi. Tadbir davomida kitobxonlar eng sevib oʻqigan kitoblarining mazmun- mohiyati, taʼsirli onlari va tarbiyaviy jihatlari haqida soʻz yuritdi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan kitobxonlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Koʻchma_kutubxona
#Sehrli_sandiq_loyihasi
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 421- sonli MTT ( Maktabgacha taʼlim tashkiloti)ga “Sehrli sandiq” loyihasi doirasida “Ertaklarning sirli olami” nomli koʻchma- kutubxona tashkil etildi. Koʻchma kutubxonaga qoʻyilgan adabiyotlar qiziqarli ertak kitoblar va hikoyalar toʻplamidan iborat boʻlib, bolajonlar va ularning ota-onalari tomonidan katta qiziqish uygʻotdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube



#Safimizdagi_yoshlar
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida tumandagi 153- sonli maktab qoshidagi “Olimp LIDER” jamoasining 8-sinf oʻquvchilari bilan hamkorlikda “Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida “Kutubxona olamini kashf eting” nomli tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga oʻzbek hamda jahon adabiyoti durdonalari, huquqiy adabiyotlar, ingliz tilidagi badiiy adabiyotlar mutaxassislar tomonidan tanishtirildi. Maktabning oʻqituvchisi ishtirokchilar bilan ingliz tilida buyuk ajdodlarimiz va ularning bizga qoldirgan merosi haqida qizgʻin savol-javoblar oʻtkazdi. Tadbir soʻngida Yashnobod TAKM direktori Ya.R.Atayeva yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash, ularning qalbida pok insoniy tuygʻular va yuksak maʼnaviy fazilatlarni shakllantirishda kutubxonalarning oʻrni nihoyatda katta ekanligini aytib, barchani ushbu ziyo tarqatuvchi maskanga kitob mutolaasi uchun chorladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube
#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat
Telekommunikatsiya tarmoqlari orqali beparvolik tufayli yoki qasddan amalga oshirilayotgan tahdidlarga qarshi turish, ularga nisbatan chora ko’rish va kutilmagan ta’sirlardan himoyalanish borasida tuman IIBB xodimlari bilan 2025-yil 12-mart kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida ” Kiberxavfsizlik- shaxs va ma’lumot xavfsizligi” mavzusida kiberhujumlardan bank-moliya sohasidagi firibgarliklarning oldini olish, bazaviy ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash, mijozlarning esa o’z shaxsiy ma’lumotlarini, plastik karta kodlarini sir saqlanishini ta’minlash haqida davra suhbati o’tkazildi. Ishtirokchilar kiberxavfsizlik masalalariga doir zaruriy yo’l-yo’riqlar, savollariga aniq va batafsil javoblar oldilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube
#Kitobsevarlar_klubi
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevarlar” klubi aʼzolari bilan “Kitob- xazina” nomli davra suhbati oʻtkazildi. Suhbat davomida kitobxonlarni qanday asarlar qiziqtirayotganligi, yoshlar orasida qaysi mualliflarning kitobi koʻproq mutolaa qilinayotganligi haqida fikrlar bildirildi hamda mutaxassislar tomonidan bir qancha kitoblar mutolaa qilish uchun tavsiya berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube



#Amir_Temur_689_yilligi
🔹Мamlakatimizda har yili Amir Temurning tavallud sanasi keng nishonlanadi. Sohibqiron nomi, uning faoliyati bilan bog’liq tadbirlar alohida ko’tarinki ruhda o’tadi. Amir Temur nomi, uning siymosi yuksak vatanparvarlik, adolat va ozodlik timsoli sifatida xalqimizni birlashtirish, iymon-oqibatli bo’lishda, buyuk kelajagimizni qurishda bizga yangidan yangi kuch-quvvat va shijoat bag’ishlab turibdi.
🔹Buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan 2025-yil 8-aprel kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida 153-sonli maktabning “Olimp-Lider” jamoasi yosh kitobxonlari bilan hamkorlida “Buyuk islohotchi va xalqparvar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube



#Kitobxonlik_haftaligi2025
2025-yil 21-aprel kuni
🏛 Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida
“Oʻzbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” ning ochilishiga bagʻishlangan “Kitob – xazina” nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi.
✅ Tadbir tumandagi 204-sonli maktab bilan hamkorlikda oʻtkazildi.
Suhbat davomida bugungi kunda kitoblarga boʻlgan talab, kitobxonlikni yuksaltirishda olib borilayotgan islohotlar va mutolaa madaniyati haqida soʻz yuritildi.
📌Tadbirni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yosh avlodni milliy adabiyotga mehr uygʻotishga qaratilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube



#Kitobxonlik_haftaligi2025
2025-yil 22-aprel kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Oʻzbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida yozuvchilar uyushmasi aʼzolari shoir Tursun Ali hamda Zikrilla Neʼmat ishtirokida “Kitob va kitobxonlik-inson maʼnaviyati koʻzgusi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida kitobxonlar tomonidan shoirlarning ijodiy faoliyati va sheʼrlari aytib oʻtildi. Tadbirda faol ishtirok etgan kitobxonlar shoirlarning kitoblari bilan taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube



#Kitobxonlik_haftaligi2025
📅2025-yil 22-aprel kuni
🏛Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Oʻzbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Bogʻbon” MFY bilan hamkorlikda “Kitobsiz hayot jaholatdir” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
✅Tadbirda bugungi kunda kitobxonlikni keng targʻib qilish va mutolaa madaniyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida fikr almashildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube



#Kitobxonlik_haftaligi2025
2025-yil 23-aprel kuni
🏛 Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 153- sonli maktab qoshidagi “Olimp LIDER” jamoasi bilan hamkorlikda “Kitob-tafakkurni yorituvchi oftob” nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi.
✅ Suhbat davomida ishtirokchilarni kitobga boʻlgan qiziqishlari, bugungi kunda eng koʻp oʻqilayotgan kitoblar, mutolaa madaniyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan qator loyihalar, kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida oʻtkazilayotdan tadbirlar haqida fikrlar bildirildi.
📌 Tadbir yakunida faol ishtirokchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube



#Kitobxonlik_haftaligi2025
2025-yil 23-aprel kuni
🏛 Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida A.Uspenskiy nomidagi Respublika musiqa maktabi bilan hamkorlikda “Zukkolar bellashuvi” boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar
Tez aytish
Top-top topishmoq
Kim chaqqon
Qiziqarli matematika
shartlari boʻyicha bellashdilar.
Bellashuv qizgʻin baxs va munozaralarga boy tarzda oʻtdi.
✅ Axborot- bibliografiya xizmati mutaxassisi tomonidan yangi nashrdan chiqqan Ensiklopedialarga bibliografik sharh berildi.
Tadbir yakunida gʻolib ishtirokchilar kitoblar bilan taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube



#Kitobxonlik_haftaligi_2025
2025-yil 24-aprel kuni
🏛 Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitoblar olamiga sayohat” nomli ekskursiya uyushtirildi.
📌 Ekskursiya davomida kitobxonlarga kutubxonaga yangi kelgan o’zbek hamda jahon adabiyotlari tanishtirildi va mutaxassislar tomonidan kitoblarga bibliografik sharx berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube



#Kitobxonlik_haftaligi_2025
2025-yil 24-aprel kuni
🏛 Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 153-sonli maktabning 7 “A” sinf o’quvchilari ishtirokida “Quvnoq kitobxon” deb nomlangan adabiy viktorina o’tkazildi.
✅Viktorina ishtirokchilari bir qancha qiziqarli shartlarni bajarib tezkor savollarga javob berdilar.
Tadbir yakunida faol qatnashgan ishtirokchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube



#Kitobxonlik_haftaligi_2025
🏛Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Oʻzbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida oʻtkazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Muhammad Yusuf tavalludiga bagʻishlab “El ardoqlagan shoir” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
✅Tadbir davomida shoirning goʻzal sheʼrlari, uning ijodiy faoliyati kitobxonlar tomonidan aytildi.
📌Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan yangi adabiyotlar va Muhammad Yusuf kitoblariga bibliografik sharh berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube



#Kitobxonlik_haftaligi_2025
🏛Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o’tkazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Go’zal” MFY kutubxonasi bilan hamkorlikda “Jadidlar – milliy o’zlik va istiqlol g’oyalari asoschisi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Suhbat davomida ma’rifatparvar jadid namoyondalari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirilib, taraqqiyot uchun kurash, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish va fan yutuqlaridan foydalanish g’oyalarini targ’ib qilishdagi harakatlari haqida fikr yuritildi.
✅Mazkur tadbirni o’tkazishdan maqsad, yosh avlodni ona vatanga muhabbat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jadidlar milliy merosini chuqur o’rganish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.
📌Tadbir davomida kitobxonlarga Axborot-bibliografiya xizmati xodimlari tomonidan jadidlar adabiyoti tanishtirilib, ularga bibliografik sharh berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Xotira_va_qadrlash
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi hamda Yashnobod tuman hokimligi bilan hamkorlikda birinchi mintaqaviy hudud 51-son manzil-koloniyada “Xotira bor ekan-millat barhayot” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirni oʻtkazishdan maqsad – urushning ayanchli oqibatlarini unutmaslik, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetish, Vatanga sadoqat hissi bilan yashash, doimo ogoh va hushyor boʻlish va tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalash.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube


#Kitob_koʻrgazma
Bugun, 15 may—Xalqaro oila kuni
Ma’lumki, oila mеhr-muhabbat hurmat va hamjihatlik manbai asosida еtuk jamiyatni barpo etadi. Oilaning farovonligi mamlakat rivojining o’lchovi sifatida baholanadi. Shu munosabat bilan 2025-yil 15-may kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan “Mеning oilam-faxrim” mavzuli kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi.
Zеro, oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga kеltirib tarbiyalovchi maskan ekanligi hamda ushbu oila haqidagi kitoblardan olib yanada ko’proq ma’lumotga ega bo’lishlari kitobxonlarga tavsiya etildi.
Barcha oilalar hamisha tinch va farovon bo’lsin.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter

#yashil_makon
2025 yil O’zbekistonda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan 2025-yil Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi. Ko’rgazmadan joy olgan kitoblar, materiallar, maqolalar orqali kitobxonlar ekologik muhofaza, yashil iqtisodiyot va atrof-muhitni saqlash bo’yicha bilim va tushunchalarga ega bo’lishadi.
Ko’rgazma keng kitobxonlar ommasi uchun mo’ljallangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter

#oromgoh
2025-yil 12-iyun kuni “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha” Respublika komissiyasi majlisi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari 204-maktab qoshidagi “Qaldirg’och” nomli bolalar dam olish oromgohida “Kitobmi yoki internet” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Suhbat davomida internetdan to’g’ri foydalanish va kitob eng sodiq do’st ekanligi mutaxassislar tomonidan aytib o’tildi. Bolajonlar o’qigan ertak kitoblaridagi eng sevimli qaxramonlarning suratini chizib, ularga ta’rif berdilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter




2025-yil 27 iyun kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi dirеktori Yaxshigul Atayеva axborot-kutubxona markazi mutaxassislariga “Elеkton kutubxona haqida umumiy tushuncha va uning imkoniyatlari, ahamiyati” mavzusida Mahorat darsi o’tib bеrdi.
jtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter



🔹Davlat gerbi—davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.
2025-yil 2-iyul kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevarlar” klubi aʼzolari ishtirokida “Davlat gerbi-iftixor timsoli” nomli davra suhbati o’tkazildi.
🔹Mutaxassislar mustaqillik belgisi, mamlakat timsoli bo‘lgan gerbimizni Yangi O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi millatidan qat’iy nazar barcha fuqarolar hurmat qilishlari zarurligini ta’kidlashdi.
🔹Tadbir davomida Davlat gerbining nafaqat davlat ramzi, balki millat iftixori sifatidagi yuksak ahamiyati xususida gapirildi.
🔹Undagi har bir tasvir, rang, chiziq va belgi ulug‘lik, fidoyilik va oliyjanoblik nishonasi bo‘lib, yaxshilik, baxt-saodat va yurtning farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter


#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat
2025-yil 14-iyul kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida yangi tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan mahalla ayollari ishtirokida “Tadbirkor qonun himoyasida” mavzusida tuman Savdo sanoat palatasi bosh mutaxassisi Ilhom Jo’rayev ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 dekabrdagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining tadbirkorlik faoliyati sohasidagi tartib-taomillariga doir munosabatlarni tartibga soladigan hujjatning mazmun-mohiyati, tadbirkorlar huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash borasidagi huquqiy normalari haqida keng ma’lumotlar berildi. Tadbirda Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan axborot-kutubxona markazida mavjud huquqiy adabiyotlar bilan tanishtirib, bibliografik sharh berib o’tildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter

#Ekskursiya
2025-yil 18-iyul kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar bilan “Kitoblarning sirli olami” nomli ekskursiya tashkillashtirildi.
Kitobxonlar kutubxona fondidagi kitoblar bilan tanishtirildi. Ular o‘zlariga qiziq bo‘lgan kitoblarni o‘qish uchun olishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter

#Koʻrik_tanlov
🔹2025-yil 25-iyul kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari “Qadriyat” MFY bilan hamkorlikda Ernest Seton Tompsonning
“Yovvoyi yo’rg’a” kitobiga bagʻishlangan “Kitob muhokama” nomli koʻrik-tanlovda ishtirok etdi.
🔹Kutubxona mutaxassislari tomonidan tashkillashtirilgan tezkor savol-javoblar o‘quvchilarga zavq bag‘ishladi.
🔹Kitob mutolaasi hamda shartlarda faol qatnashgan o‘quvchilar maxsus sovg‘alar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter


2025-yil 11-avgust kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxon ona-kitobxon bola” shiori ostida “Kitob insoniyatning qalb gavhari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Har bir inson dastlabki tarbiyani, yaʼni maʼnaviy ozuqani oilada ota-onadan oladi. Keyin esa maktabga boradi. Jamoada oʻzini qanday tutishni oʻrganadi. Maʼnaviy ozuqa olishning, chin inson boʻlib yetishishni birdan bir yoʻli bu kitob mutolaasi hisoblanadi.
Tadbir davomida ular bilan suhbatlashib, yangi kelgan adabiyotlar bilan tanishtirish jarayonida qiziqishlariga qarab kitoblar tavsiya etildi.
Jumladan Axborot- bibliografiya xizmati tomonidan Erkin Aʼzamning “Chalpaklar mamlakati”, bolalar uchun “Ingliz tilini oʻrganamiz” kitobiga bibliografik sharh berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter

Joriy yilning 14-avgust kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida jadidlar merosini yoshlarga koʻproq yetkazish, jadidlarning asarlari va jadidchilikka bagʻishlangan asarlarni targʻib qilish, jadid bobolarning ibratli hayot yoʻli, ijtimoiy faoliyati, ilmiy-ijodiy merosini oʻrganishga bagʻishlab “Kitobsevarlar” klubi aʼzolari ishtirokida “Maʼrifatparvar jadidlar” nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Suhbat davomida qiziqarli savol-javoblar oʻtkazildi va jadidlar faoliyati haqida maʼlumotlar tinglandi.
Zero, jadidlar merosini oʻrganish, anglash – ildizi baquvvat daraxtga aylanish imkonidir.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter




Mustaqillik bayrami har yili eng ulug’, eng aziz bayram sifatida yurtimiz bo’ylab katta tantana qilinadi. Aholi va yosh kitobxonlarga mustaqillikning mazmun-mohiyatini singdirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida, 2025-yil 22-avgust kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida O’zbekiston mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! shiori ostida “Dildagi gaplar” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Zikrilla Ne’mat ishtirok etib, mustaqillikni mohiyati inson o’z taqdiriga o’zi egalik qilish huquqi ekanligini anglab olish kerakligi va uni yanada mustahkamlashga intilishi kerakligi haqida aytib o’tdilar. Tadbir davomida shoir qalamiga mansub vatanni madh etuvchi bir nechta qo’shiqlar tinglandi va fikrlar bildirildi. Kitobxonlar tomonidan aytilgan she’r va qo’shiqlarni shoirimiz munosib taqdirlab o’tdilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter

#koʻrik_tanlov
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari “Qadriyat” MFY bilan hamkorlikda o’zbek xalq og’zaki ijodidan “Alpomish” kitobiga bagʻishlangan “Kitob muhokama” nomli koʻrik-tanlovda ishtirok etdi.
🔹”Alpomish” dostoni qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligi va urug’ birligini kuylovchi ulkan eposdir.
🔹Tadbirda kitobxonlar oʻqigan asarlarini birma-bir soʻzlab, oʻzaro fikr almashdilar.
🔹Kitob mutolaasi hamda shartlarda faol qatnashgan o‘quvchilar maxsus sovg‘alar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter

#kitob_va_mutolaa_haftaligi
2025-yil 11-sentyabr kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida yosh avlodni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni doimiy ravishda kutubxona hayotiga jalb etish maqsadida “Kitob-kelajak sari qadam” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida o‘tkazilib, unda ishtirokchilar o‘zi o‘qigan kitoblari, sevimli adiblari va mutolaa odati orqali erishgan yutuqlari haqida fikr almashdilar.
Tadbir davomida kitobning inson tafakkurini yuksaltirishi, ma’naviy olamini boyitishi, shaxsiy kamolot sari yo‘l ochishi haqidagi dolzarb g‘oyalar ilgari surildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter

#kitob_va_mutolaa_haftaligi
2025-yil 12-sentyabr kuni “Barkamol avlod” bolalar maktabida ochiq eshiklar kuni keng nishonlandi.
Mazkur tadbir doirasida Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitob va mutolaa haftaligi” munosabati bilan “Kitob — orzularni ro‘yobga chiqaruvchi qanot” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ushbu ko‘rgazma o‘quvchilarni kitob mutolaasiga yanada keng jalb etish, ularning dunyoqarashi va tafakkurini boyitish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar bilim xazinasi bo‘lgan asarlar bilan yaqindan tanishib, kitoblarning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini his etish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter

#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat
2025-yil 15-sentyabr kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari “Qadriyat” MFY bilan hamkorlikda yosh kitobxonlar bilan “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va inson huquqlari” mavzusida davra suhbati uyushtirdi. Tadbirda inson va uning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari oliy qadriyat ekanligi tushutirildi. Tadbir songgida Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan “Inson huquqlari” , “Xotin-qizlar va bolalarning huquqlariga oid qonun kafolatlari” kitoblariga bibliografik sharh berildi. Kitobxonlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter



Xon Atlas festivali — milliy qadriyatlarimiz jilosi!
🔹2025-yil 19-sentyabr kuni Yashnobod tumanidagi “Ashxobod” sayilgohida milliy liboslarimizni targʻib etishga bagʻishlangan “Xon atlas” festivali boʻlib oʻtdi.
🔹Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ushbu goʻzal tadbirda “Maʼrifat karvoni” nomli kitob koʻrgazmasi bilan ishtirok etdi.
🔹Koʻrgazma nafaqat kitobsevarlar uchun yangi bilimlar eshigini ochdi, balki milliy qadriyatlarimizni yanada keng targʻib etishga xizmat qildi.
🔹Kitob va qadriyat uygʻunligi – maʼnaviyatimizning yorqin ifodasidir!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter

#kitobxonlik_aksiyasi
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Bobom, buvim va men – kitobxon” shiori ostidagi kitobxonlik aksiyasi o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur aksiyada oilaviy kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish, avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlash, hamda bolalarda kitobga mehr uyg‘otish maqsad qilingan edi.
Aksiya davomida Toxirovlar, Ahmadovlar, Faxriddinovlar va Mirsolihovlar oilalari faol ishtirok etib, o‘z oilalarida kitob mutolaasini sevimli an’anaga aylantirganini namoyish etdilar.
Har bir oila o‘zining o‘qish madaniyati, ijodiy chiqishlari va kitoblarga bo‘lgan samimiy munosabati bilan boshqalarga ibrat bo‘ldi.
Ushbu aksiya yana bir bor kitob – oilani birlashtiruvchi, avlodlar orasida mehr va ma’naviyat ko‘prigini yaratuvchi bebaho boylik ekanini tasdiqladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter

#ekskursiya
📚 “Kitob sehri olamiga sayohat” nomli ekskursiya
2025-yil 10-oktyabr kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ularning kutubxonaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “Kitob sehri olamiga sayohat” nomli ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida yoshlar kutubxona mutaxassislari bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ekskursiya so‘ngida ishtirokchilarga yangi adabiyotlar tavsiya etildi hamda muntazam kitob o‘qish uchun tavsiyalar berildi.
Mazkur ekskursiya yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yanada keng yoyish, ularni bilim va ma’naviyat manbaiga aylangan kutubxona bilan yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter

#Ekskursiya
📚 “Bilimlar chashmasiga sayohat” ekskursiyasi
2025-yil 20-oktyabr kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida yosh avlodni ilmga oshno qilish, ularni kitobga mehr qo‘yishga undash hamda mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Bilimlar chashmasiga sayohat” nomli qiziqarli ekskursiya tashkil etildi.
Ushbu tashrif davomida ishtirokchilar kutubxonaning boy fondi, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan o‘quv zallari, adabiy merosimiz namunalari va kitoblarning sehrli olami bilan yaqindan tanishdilar.
Ekskursiya yoshlar qalbida kitobga mehr, ilmga qiziqish va ma’naviy boylikka bo‘lgan intilishni yanada mustahkamladi. Tadbir nafaqat ma’lumotlarga boy bo‘ldi, balki har bir ishtirokchi uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube | Twitter



#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat
📱Kiberxavfsizlik bu – tasodifiy va atayin qilingan yoki uyushtirilgan axborot hujumlaridan himoyalanish demakdir.
Telekommunikatsiya tarmoqlari orqali beparvolik tufayli yoki qasddan amalga oshirilayotgan tahdidlarga qarshi turish, ularga nisbatan chora ko’rish va kutilmagan ta’sirlardan himoyalanish borasida Yashnobod tuman IIO FMB xodimlari bilan 2025-yil 22-oktyabr kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida ”Kiberxavfsizlik- shaxs va ma’lumot xavfsizligi” mavzusida kiberhujumlardan bank-moliya sohasidagi firibgarliklarning oldini olish, bazaviy ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash, mijozlarning esa o’z shaxsiy ma’lumotlarini, plastik karta kodlarini sir saqlanishini ta’minlash haqida davra suhbati va inson huquqlariga oid adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi. Ishtirokchilar kiberxavfsizlik masalalariga doir zaruriy yo’l-yo’riqlar, savollariga aniq va batafsil javoblar oldilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube




Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazida 2025-yil 29-oktabr kuni “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona markazi mutaxassisi” Respublika ko’rik-tanlovining 2-bosqichi bo’lib o’tdi.
Tadbirni “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori H.Karimova ochib berdi.
Tanlovda Toshkent shahar va tuman axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari 4 ta shart bo’yicha o’zaro bellashishdi.
1- Kitoblarni interaktiv usullarda targ’ib qilish
2- Baxrubayt sharti
3- Kutubxona amalga oshirilgan loyihasi taqdimoti
4- Sohaga oid test sinovi
Ushbu shartlarda bellashgan mutaxassislarni O’zbekiston Milliy kutubxonasi tasdiqlagan hakamlar hay’ati a’zolari odilona baholab bordi. Tanlov natijasiga ko’ra:
1-o’rin “Bilim” AKM mutaxassisi D.Abdurazzoqova
2-o’rin Yunusobod TAKM mutaxassisi Sh.Hasanboyeva
3-o’rin Yashnobod TAKM mutaxassisi U.Tashmuhammedovalarga
nasib etdi.
Yakunda barcha ishtirok etgan mutaxassislar “Billim” AKM rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#INFOLIB_2025
🏛 2025-yil 10-noyabr kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “INFOLIB OʻZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida jadidlar boy maʼnaviy merosini yod etish maqsadida “Maʼrifat nuri sochgan jadidlar merosi” nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Ishtirokchilar e’tiboriga jadid adabiyoti va tafakkurining yorqin namoyandasi Abdulhamid Choʻlpon hayoti va ijodi, uning xalqni uygʻotishga qaratilgan asarlari haqida qimmatli maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, tadbir davomida adibning inson ruhiyatini chuqur tasvirlagan “Qor qoʻynida lola” asari taqdimoti o‘tkazilib, undagi g‘oyaviy mazmun, badiiy ifoda va milliy ruh haqida fikr almashildi.
Tadbir yakunida kitobxonlik va milliy o‘zlikni anglashda jadidlar merosining bugungi yoshlar uchun muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#INFOLIB_2025
🏛 2025-yil 13-noyabr kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida “INFOLIB OʻZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularni maʼnaviy barkamollikka yoʻnaltirish maqsadida 204-maktab bilan hamkorlikda “Raqamli davrda kitobning oʻrni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida oʻquvchilarga “Uy” nomli animatsion film namoyish etildi. Suhbat jarayoni qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar hamda film haqidagi oʻquvchilarning samimiy fikr-mulohazalari bilan boy tarzda oʻtdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

#Kitobxon_onalar_kuni
#Davlat_bayrogʻi_34_yilligi
🔹2025-yil 18-noyabr kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Maʼrifatparvar onalar” mavzusida kitob targʻiboti o‘tkazildi. Ushbu targ’ibotda kitobxon onalar va kitobxon oilalar ishtirok etib, oilada maʼnaviyat va kitobxonlikning ahamiyati haqida fikr almashdilar.
🔹Targ‘ibot davomida onalarga milliy qadriyatlarimiz va Vatan ramzlarining mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kutubxonadagi mavjud adabiyotlar haqida ma’lumotlar berildi.
🔹Tadbir kitobxon onalarning jamiyatdagi o‘rni va maʼnaviy tarbiya borasidagi hissasini yuksaltirishga xizmat qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube

“Yoshlar va kitob: bugun o‘qi, ertaga yuksal”
2025-yil 24-noyabr kuni Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni muntazam o‘qishga rag‘batlantirish maqsadida “Yoshlar va kitob: bugun o‘qi, ertaga yuksal” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlari mutolaa qilgan asarlardan qisqa parchalar o‘qib berdilar, kitobxonlikning hayotdagi o‘rni borasida fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan Erkin Malikning “Chumolilar saltanati” asariga bibliografik sharh berildi.
Davra suhbati qiziqarli savol-javoblar, samimiy muloqot va foydali tavsiyalarga boy tarzda o‘tdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo’ling!
👇🏻👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | You Tube
