Hujjatlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI TO’G’RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 4 martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011 yil 25 martda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari
Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining axborot-kutubxona faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
axborot-kutubxona resursi — moddiy ob’ektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni ta’minlash uchun rekvizitlarga ega bo’lgan axborot;
axborot-kutubxona faoliyati — axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona fondlarini shakllantirish va axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni tashkil etish bo’yicha faoliyati;
axborot-kutubxona fondi — tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslarining majmui;
axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish — foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta’minlash;
yig’ma elektron katalog — axborot-kutubxona muassasalarining elektron kataloglari majmui;
foydalanuvchi — axborot-kutubxona xizmati ko’rsatilishi uchun axborot-kutubxona muassasasida ro’yxatga olingan shaxs;
elektron katalog — tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslari ro’yxatining elektron shakli;
elektron kutubxona — axborot-kutubxona fondining elektron shakli.
4-modda. Axborot-kutubxona faoliyatining asosiy vazifalari
Axborot-kutubxona faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta’minlash;
foydalanuvchilarning intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy va ta’lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
milliy madaniyatni tiklashga va yanada rivojlantirishga ko’maklashish, O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini saqlash;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona resurslaridan o’zaro foydalanishni ta’minlash.
2-bob. Axborot-kutubxona faoliyati sohasining davlat tomonidan tartibga solinishi
5-modda. Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi
Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u axborot-kutubxona faoliyati sohasida maxsus vakolat bergan davlat organi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
6-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi;
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
axborot-kutubxona muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
7-modda. Maxsus vakolatli davlat organi
Maxsus vakolatli davlat organi:
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishida ishtirok etadi;
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarni ishlab chiqadi hamda qabul qiladi;
axborot-kutubxona resurslarini noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslari sirasiga kiritish tartibini, shuningdek ularni saqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
axborot-kutubxona faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
axborot-kutubxona muassasalarining hisobini yuritadi;
yig’ma elektron katalogni shakllantirish va yuritish tartibini tasdiqlaydi.
Maxsus vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8-modda. Axborot-kutubxona muassasalarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash
Axborot-kutubxona muassasalarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash:
ularning moliyaviy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga investitsiyalar jalb etish;
axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshirishda soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlarni belgilash orqali amalga oshiriladi.
3-bob. Axborot-kutubxona tizimi
9-modda. Axborot-kutubxona tizimi hamda axborot-kutubxona muassasalarining turlari
Axborot-kutubxona tizimi yagona tashkiliy va uslubiy ta’minot asosida faoliyat ko’rsatuvchi axborot-kutubxona muassasalari majmuidir.
Axborot-kutubxona muassasasi mustaqil muassasa bo’lishi yoxud korxona, muassasa yoki tashkilotning tarkibiy bo’linmasi bo’lishi mumkin.
Axborot-kutubxona muassasalariga quyidagilar kiradi:
O’zbekiston Milliy kutubxonasi;
axborot-kutubxona markazlari;
axborot-resurs markazlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari;
boshqa kutubxonalar (fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, tijorat tashkilotlarining kutubxonalari).
Axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarining mazmuni va belgilangan maqsadiga ko’ra universal hamda maxsus axborot-kutubxona muassasalariga bo’linadi.
Universal axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini bilimning turli sohalari bo’yicha shakllantiradi va turli toifadagi foydalanuvchilarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi.
Maxsus axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini bilimning bir yoki bir necha turdosh sohalari bo’yicha shakllantiradi va ayrim toifadagi foydalanuvchilarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi.
10-modda. O’zbekiston Milliy kutubxonasi
O’zbekiston Milliy kutubxonasi milliy va jahon madaniyatini, fani va ta’limini rivojlantirish manfaatlarini ko’zlagan holda O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi umumdavlat universal axborot-kutubxona muassasasidir.
O’zbekiston Milliy kutubxonasi:
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
axborot-kutubxona fondini shakllantiradi, uning but saqlanishini ta’minlaydi hamda foydalanuvchilarga milliy va xorijiy nashrlarning eng to’liq to’plamini taqdim etadi;
O’zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning majburiy nusxasini, shuningdek dissertatsiyalarning ko’chirma nusxasini oladi;
O’zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning davlat bibliografik hisobini yuritadi;
elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohasida ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarini but saqlash, konservatsiyalash va restavratsiya qilish bo’yicha ishlarni amalga oshiradi;
yig’ma elektron katalogni shakllantiradi va yuritadi;
axborot-kutubxona resurslaridan o’zaro foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
O’zbekiston Milliy kutubxonasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O’zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.
O’zbekiston Milliy kutubxonasi to’g’risidagi nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
11-modda. Axborot-kutubxona markazlari
Axborot-kutubxona markazlari Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalaridir.
Axborot-kutubxona markazlari:
axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini ta’minlaydi;
elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
tegishli hududda chiqariladigan nashrlarning majburiy nusxasini oladi;
bibliografik, ilmiy-uslubiy va madaniy-ma’rifiy ishlarni bajaradi;
tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularni tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi;
yig’ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi;
axborot-kutubxona resurslaridan o’zaro foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalarining depozitar saqlanadigan axborot-kutubxona resurslarini to’plashni amalga oshiradi va ularning hisobini yuritadi.
Axborot-kutubxona markazlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Axborot-kutubxona markazlarining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.
Axborot-kutubxona markazi to’g’risidagi namunaviy nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
12-modda. Axborot-resurs markazlari
Axborot-resurs markazlari davlat ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilgan, o’quvchi yoshlarning, shuningdek aholining axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalaridir.
Axborot-resurs markazlari:
ta’lim muassasasining ixtisoslashuviga muvofiq asosan ilmiy-ta’limga oid mazmundagi axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini ta’minlaydi;
elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
shaxsning ma’naviy boy va barkamol ijodiy o’sishi uchun imkoniyatlar yaratgan holda o’zidagi va o’zidan uzoqdagi axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish asosida O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosidan foydalanuvchilarni bahramand etadi;
axborot-kutubxona resurslaridan o’zaro foydalanishni ta’minlaydi;
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
yig’ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi;
madaniy, ta’lim, axborot dasturlari va loyihalarini hamda boshqa dasturlar va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta’lim, ilmiy muassasalar va arxivlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, milliy madaniyat markazlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi.
Axborot-resurs markazlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Axborot-resurs markazlarining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.
Axborot-resurs markazi to’g’risidagi namunaviy nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
13-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi maxsus axborot-kutubxona muassasalaridir.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari:
axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini ta’minlaydi;
elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
axborot-kutubxona resurslaridan o’zaro foydalanishni ta’minlaydi;
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
yig’ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kutubxonalarining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari to’g’risidagi nizomlar ushbu organlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
14-modda. Boshqa kutubxonalar
Boshqa kutubxonalar o’z muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi universal yoki maxsus axborot-kutubxona muassasalaridir.
Boshqa kutubxonalar:
axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini ta’minlaydi;
elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
axborot-kutubxona resurslaridan o’zaro foydalanishni ta’minlaydi;
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
yig’ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi.
Boshqa kutubxonalarning axborot-kutubxona fondi ularning muassislari mulkidir.
Boshqa kutubxonalar to’g’risidagi nizomlar ularning muassislari tomonidan tasdiqlanadi.
15-modda. Axborot-kutubxona muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
Axborot-kutubxona muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4-bob. Axborot-kutubxona fondi
16-modda. Axborot-kutubxona fondini shakllantirish
Axborot-kutubxona fondini shakllantirish axborot-kutubxona muassasasining maqsadlari va vazifalariga muvofiq uni jamlash, hisobga olish, ishlovdan o’tkazish, joylashtirish va saqlash orqali amalga oshiriladi.
17-modda. Axborot-kutubxona fondini jamlash
Axborot-kutubxona fondi nashrlarni va boshqa axborot-kutubxona resurslarini sotib olish, ularga obuna bo’lish, ularni ayirboshlash, tekinga olish, shu jumladan hadyaga olish hisobiga jamlanadi.
18-modda. Axborot-kutubxona fondini hisobga olish, ishlovdan o’tkazish, joylashtirish, saqlash va undan foydalanish
Axborot-kutubxona fondini hisobga olish, ishlovdan o’tkazish, joylashtirish, saqlash va undan foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Axborot-kutubxona fondining nashrlar majburiy nusxasini olish hisobiga jamlanadigan, shuningdek noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarini o’z ichiga olgan qismi milliy madaniy boylik bo’lib, moddiy madaniy meros ob’ekti sifatida saqlanadi.
Axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika ta’minoti yomonlashuviga, ularni mehnatni muhofaza qilish talablariga, axborot-kutubxona fondlarini saqlash normalari va shart-sharoitlariga mos kelmaydigan binolarga ko’chirishga yo’l qo’yilmaydi.
5-bob. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
19-modda. Foydalanuvchilarning huquqlari
Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
axborot-kutubxona muassasalariga kirish va axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish;
o’z ehtiyojlariga mos tarzda axborotni erkin tanlab olish;
ko’rsatiladigan xizmatlarning, shu jumladan pulli xizmatlarning ro’yxati hamda ularni ko’rsatish shartlari haqida axborot olish;
so’ralayotgan axborot-kutubxona resurslarining mavjudligi haqida axborot olish.
Foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
20-modda. Foydalanuvchilarning majburiyatlari
Foydalanuvchilar:
axborot-kutubxona muassasalarida foydalanish qoidalariga rioya etishi;
axborot-kutubxona resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishi, ularning yo’qolishiga yoki buzilishiga yo’l qo’ymasligi, zarar etkazilgan taqdirda esa belgilangan tartibda uning o’rnini qoplashi;
axborot-kutubxona muassasalari ishining sifatini pasaytirishga qaratilgan xatti-harakatlar qilmasligi shart.
Foydalanuvchilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
21-modda. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish
Jismoniy imkoniyatlari cheklangan foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish axborot-kutubxona muassasalarida maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda axborot yozilgan maxsus jismlarda axborot-kutubxona resurslarini taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
6-bob. Axborot-kutubxona muassasalarini moliyalashtirish. Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari. Xalqaro hamkorlik
22-modda. Axborot-kutubxona muassasalarini moliyalashtirish
Axborot-kutubxona muassasalarini moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag’lari;
muassislarning mablag’lari;
pulli xizmatlar ko’rsatishdan olinadigan mablag’lar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
23-modda. Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari
Axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birlashmalar tuzishi mumkin.
Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari:
axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga ko’maklashadi;
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
axborot-kutubxona faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
axborot-kutubxona muassasalari kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishda ishtirok etadi.
Axborot-kutubxona muassasalarining birlashmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
24-modda. Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlik
Axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlik O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
25-modda. Nizolarni hal etish
Axborot-kutubxona faoliyati sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
26-modda. Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.
27-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011 yil 13 aprel,
O’RQ-280-son
(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2011 y., 15-son, 146-modda)
© Tsentr pravovoy informatizatsii pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
ELEKTRON KUTUBXONA TO‘G‘RISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI HAMDA AXBOROT-KUTUBXONA VA AXBOROT-RESURS MARKAZLARIDA VA KUTUBXONALARDA TO‘LIQ MATNLI ELEKTRON AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI FONDINI YARATISH REJA-JADVALINI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihatidan rivojlantirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-fevraldagi PQ-1487-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Elektron kutubxona to‘g‘risidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida hamda kutubxonalarda to‘liq matnli elektron axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish reja-jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi:
bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida idoraviy mansub axborot-kutubxona muassasalarining kutubxona fondlari tarkibi va maqsadidan kelib chiqqan holda ular tarkibida faoliyat ko‘rsatuvchi elektron kutubxona to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida hamda kutubxonalarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan to‘liq matnli elektron axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish reja-jadvalining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-iyul,
198-son
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining
NIZOMI
I.Umumiy qoidalar
1. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi hududda milliy va jahon madaniyatini, fan, ta’limni rivojlantirish manfaatlari yo’lida aholiga axborot-kutubxona faoliyati bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi universal axborot-kutubxona muassasasi hisoblanadi.
2. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o’rinlarda – Agentlik) Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi (keyingi o’rinlarda-Milliy kutubxona) tizimidagi Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi tasarrufidadir.
3. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Agentlikning qarorlari, buyruqlari, farmoyishlari va ko’rsatmalariga, Milliy kutubxonaning buyruqlari, ko’rsatmalariga, Toshkent shahar “Bilim” axborot- kutubxona markazining buyruqlari, ko’rsatmalariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi hududdagi barcha tashkilot va idoralaming axborot-kutubxona muassasalari uchun metodik markaz hisoblanadi.
5. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi hududdagi axborot-kutubxona muassasalari, O’zbekiston Respublikasining ilmiy-ta’limiy muassasalari bilan axborot- kutubxona aloqalarini rivojlantiradi va ularning faoliyatiga oid hisobotlar, statistik va boshqa sohaga oid ma’lumotlami umumlashtiradi hamda Toshkent shahar “Bilim” axborot- kutubxona markaziga taqdim etadi.
6. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanadi.
7. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi axborot-kutubxona fondini to’ldirish axborot-kutubxona resurslarini sotib olish va davriy nashrlarga obuna bo’lish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan beg’araz (sovg’a) beriladigan axborot-kutubxona resurslarini qabul qilish hamda boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan axborot-kutubxona resurslarini ayirboshlash yo’li bilan amalga oshiriladi.
8. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi fondida saqlanib kelinayotgan nodir va alohida qimmatga eta nashrlar milliy madaniy qadriyatlar hisoblanib, moddiy madaniy meros ob’ekt sifatida saqlanishi zarur.
9. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga va g’aznachilik bo’limlarida shaxsiy hisob raqamlariga ega bo’ladi.
10. Tuman axborot-kutubxona markazining to’liq nomi: Yashnobod tuman axborc:- kutubxona markazi.
11. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining yuridik manzili:
12. Toshkent shahar Yashnobod tuman Aviasozlar ko’chasi, 7-A uy.
II. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining asosiy vazifalari
13. Quyidagilar Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlami olish manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini ta’minlash tamoyili asosida aholini, ayniqsa yoshlaming intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot-resurslar bazasini yaratish;
milliy madaniyatning tiklanishi va yanada rivojlanishiga hamda O’zbekiston xalqlarining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosi saqlanishiga ko’maklashish;
hududdagi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;
hududda faoliyat yuritayotgan axborot-kutubxona muassasalari va kutubxonalarga metodik yordam ko’rsatish, ular ishini muvofiqlashtirish, axborot-resurslari bilan o’zaro almashish foydalanish borasida hamkorlik qilish;
elektron axborot-ma’lumot xizmatlari tashkil etish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalangan holda axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarini avtomatlashtirish bo’yicha ishlami tashkil qilish;
axborot-kutubxona resurslaridan masofadan foydalanishni tashkil etish, Milliy kutubxona va hududiy axborot-kutubxona markazi axborot-resurslarining ma’lumotlar bazasiga ulangan holda tuman yig’ma elektron katalogini hamda elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish va yuritish;
axborot-kutubxona fondini tizimli to’ldirib borish, nashrlaming bibliografik yozuvini yuritish;
O’zbekiston matbuot solnomasini tuzish uchun hududdagi nashrlar hisobini olib borish va hududiy axborot-kutubxona markaziga taqdim etish;
Agentlikning Hududiy boshqarmasi, mahalliy nashriyotlar, kitob savdosi va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda kitob mahsulotlarini nashr etish hamda tarqatish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ’ibot ishlarini amalga oshirish;
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, axborot-kutubxona sohasida zamonaviy xizmat ko’rsatish tizimini joriy etish bo’yicha takliflar kiritish.
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari dushanba kunidan juma kunigacha soat 9-00 dan 18-00 gacha kitobxonlarga xizmat ko’rsatadi, rasmiy bayramlaridan tashqari. Shuningdek, har oyning oxirgi sanasida, juma kuni tozalik kuni deb e’lon qilinib kitobxonlarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
III. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining asosiy funksiyalari
14. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalami amalga oshiradi:
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi hududdagi boshqa axborot-kutubxona muassasalaridan sohani takomillashtirish masalalari bo’yicha takliflar, statistik va boshqa faoliyatga oid ma’lumotlami so’rab olish, umumlashtirilgan holda Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markaziga belgilangan muddatda taqdim etish;
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining axborot-kutubxona fondini milliy va xorijiy nashrlar bilan to‘ldirib borish;
zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunnkatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda foydalanuvchilami kutubxona fondlariga oid axborotlami olishga bo’lgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot-resurslar bazasini yaratish;
axborot-kutubxona sohasida ilmiy-metodik tadqiqotlar natijalarini joriy qilish orqali axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish shakllari va uslublarini takomillashtirish, yangi axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy qilish;
Agentlikning hududiy boshqarmasi, mahalliy nashriyotlar, kitob savdosi va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlami amalga oshirishda ishtirok etish;
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining yagona bazasini shakllantirish va undan boshqa axborot-kutubxona muassasalarining masofadan turib foydalanishini ta’minlash;
Yashnobod tumandagi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini takomillashtirish, tuman aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan zamonaviy shakl va uslublami joriy qilish;
kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ’ibot ishlarini, shu jumladan kitob taqdimoti, kitob ko’rgazmalari, davra suhbati, xotira kechasi, ijodiy uchrashuv, adabiy-musiqiy kechalar o’tkazishni tizimli va samarali tashkil etish;
kitobxonlar, kutubxonachi va targ’ibotchilar o’rtasida sohaga oid ko’rik-tanlovlarini tashkil qilishda ishtirok etish;
Markazning rasmiy veb-sayti orqali tumandagi axborot-kutubxona muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlami, sohada amalga oshirilayotgan yangiliklami keng yoritib borish;
foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo’shimcha xizmatlar turlarini, shu jumladan, axborot-resurslarini qidirish, materiallami tarjima qilish, til, kompyuter va shu kabi o’quv kurslari, skanerlash, chop etish kabi xizmatlami ko’rsatish bo’yicha o’matilgan tartibda pullik xizmatlar ro’yxati va preyskurantlarini ishlab chiqish va Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi bilan kelishilgan holda joriy qilish;
imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarga ixtisoslashtirilgan axborot-kutubxona xizmatlarini ko’rsatish;
belgilangan standartlar asosida axborot-kutubxona resurslarining elektron katalogini shakllantirish va yuritish;
bosma nashrlami, hududlarda chop etilgan nashrlaming majburiy nusxasini, audio va video materiallami, boshqa axborot resurslarini sotib olish, obuna bo’lish, almashtirish va bepul olish yo’li bilan axborot-kutubxona fondini komplektlash;
axborot-kutubxona fondini hisobga olish, ishlash, joylashtirish, saqlash va undan foydalanishni o’matilgan tartibda yuritish;
barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining, jumladan o’lkada chop etilgan nashrlaming hisobini olib borish;
axborot-kutubxona fondini saqlash, elektron resurslaming axborot xavfsizligi masalalarini ta’minlash bo’yicha o’matilgan me’yorlar asosida ishlami yuritish;
xorijiy axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, axborot markazlarining ilg’or ish tajribalari bilan tanishish, mahalliy va xalqaro miqyosdagi kutubxona sohasidagi anjumanlarda ishtirok etish;
zamonaviy axborot-texnologiyalar va mahalliy sharoitdan kelib chiqib, joylarda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar berish;
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy kutubxonalarda tajriba orttirish bo’yicha takliflar kiritish;
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazining moddiy-texnik bazasini rivojlanshrish, mahalliy sharoitdan kelib chiqib, bino va inshootlardan unumli foydalanish, aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishda shart-sharoitlami yaxshilash buyicha aniq takliflar berish;
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asosan boshqa sohaviy funksiyalami amalga oshiradi.
IV. Yashnobod axborot-kutubxona markazining huquqlari va javobgarligi
15. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi quyidagi huquqlarga ega:
O’zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga va ushbu Nizomga muvofiq hududida zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlami olish manbai, shakl va metodlarini qo’llagan holda qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud keng axborot-resurslar bazasidan foydalanib, aholiga axborot-kutubxona faoliyati bo’yicha xizmat ko’rsatish;
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi hududdagi axborot-kutubxona muassasalaridan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, sohaviy yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar, statistik va boshqa ma’lumot, materiallami so’rab olish;
hududdagi axborot-kutubxona muassasalarining yillik ish rejalarini tasdiqlash va ularning ijrosi bo’yicha hisobotlarini olish;
Yashnobod tumani aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish darajasini oshirish, doimiy takomillashtirishni hisobga olgan holda takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
axborot-kutubxona fondini tizimli to’ldirib borish, jumladan, fondini depozitar fondlar, sotib olish, homiylik va aholi tomonidan beg’araz sovg’a sifatida taqdim etiladigan kitoblar hisobiga boyitib borish;
agentlikning hududiy boshqarmasi, mahalliy nashriyotlar, kitob savdosi va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ’ibot ishlarida ishtirok etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
axborot-kutubxona fondining elektron nashrlar bazasini yaratish, foydalanuvchilarga interaktiv axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish;
axborot resurslarini qidirish, maslahat berish, materiallami tarjima qilish, skanerlash, chop etish kabi qo’shimcha xizmat turlari, shu jumladan pullik xizmatlami o’matilgan tartibda tasdiqlangan preyskurant orqali joriy qilish;
axborot-kutubxona fondlarini va boshqa axborot-resurslarini saqlash, ulardan foydalanish yo’riqnomalariga asosan faoliyat olib borish, foydalanuvchilar tomonidan axborot-kutubxona markaziga va unda saqlanayotgan axborot-kutubxona resurslariga yetkazilgan zarami qonun hujjatlariga va ichki tartib-qoidalarga muvofiq qoplash turlarini va miqdorini belgilash;
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha takliflar kiritish;
16. Markaz quyidagilar uchun javobgar:
Yashnobod tumani aholisiga axborot-kutubxona fondlaridan foydalanishlari uchun joriy qilingan yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali axborotlami olish, axborot-resurslar bazasidan foydalanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; barcha turdagi foydalanuvchilarga axborot-kutubxona faoliyati bo’yicha xizmat ko’rsatish;
foydalanuvchilar ehtiyojlariga muvofiq axborotlami olish uchun sharoitlar yaratish;
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazlari hududdagi axborot-kutubxona muassasalarida normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, sohaviy yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar, statistik va boshqa ma’lumotlami tayyorlaydi hamda belgilangan muddatlarda Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markaziga taqdim etadi;
Yashnobod tuman axborot-kutubxona, axborot-kutubxona fondini doimiy to’ldirib boradi;
foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo’shimcha xizmatlar turlari, shu jumladan pullik xizmatlar to’g’risida to’liq ma’lumot berish;
pullik xizmatlar ro’yxati va tasdiqlangan preyskurant asosida o’matilgan tartibda foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish;
foydalanuvchilar so’roviga asosan mavjud axborot-kutubxona fondlari bo’yicha ma’lumot berish;
intellektual mulk sohasida qonunchilikka rioya qilish;
Markazning moddiy-boyliklarini asrab-avaylash, bino va inshootlardan maqsadli foydalanish.
V. Markazni boshqarish
17. Yashnobod tuman axborot-kutubxona o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida”gi Qonun va ushbu Nizom asosida yuritadi.
18. Yashnobod tuman axborot-kutubxona Nizomi Toshkent shahar “Bilim” axborot- kutubxona markazi tomonidan, shtatlar jadvali tuman moliya bo’linmasi bilan kelishgan holda tuman axborot-kutubxona markazi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
19. Yashnobod tuman axborot-kutubxona faoliyatiga mahalliy hokimlik va Agentlikning hududiy boshqarmasi bilan kelishgan, Toshkent shahar “Bilim” axborot- kutubxona rahbari tomonidan tavsiya etilgan, belgilangan tartibda Agentlik bilan kelishgan holda Milliy kutubxona direktori tomonidan tayinlanadigan va vazifasidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
20. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi direktori umumiy rahbarlikni olib boradi hamda Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktoriga va Agentlikning hududiy boshqarmasi boshlig’iga hisobot beradi.
VI. Markazning mol-mulki va mablag’lari
21. Markazning moliyaviy mablag’ lari:
byudjet mablag’lari;
Pullik xizmatlar ko’rsatish orqali olinadigan byudjetdan tashkari mablag’lar;
Qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar. Tuman axborot-kutubxona markazi balansidagi bino va inshootlar, axborot-kutubxona fondi va boshqa mol-mulklar davlat mulki hisoblanadi.
22. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markaziga biriktirilgan, boshqarish huquqi berilgan mol-mulkdan belgilangan tartibda foydalanish, saqlash, hisobdan chiqarish
masalalarini nazorat qilish qonunchilik doirasida amalga oshiriladi va yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi.
VII. Yashnobod tuman markazni qayta tashkil etish va tugatish
23. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazini qayta tashkil etish va tugatish (qo’shish, bo’lish, o’zgartirish, muvofiqlashtirish, optimallashtirish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazini qayta tashkil etishda barcha hujjatlar (moliya-xo’jalik, shaxsiy tarkibga oid va boshqa hujjatlar) qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
25. Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazini tugatishda uning arxiv hujjatlari hududdagi davlat arxivi idorasiga qonunchilikda belgilangan tartibda topshiriladi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISIGA AXBOROT-KUTUBXONA XIZMATI KO’RSATISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO’G’RISIDA
Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi sharoitida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari mamlakatda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarga va xalqaro amaliyotga mos bo’lishi zarur. Shu munosabat bilan fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo’yicha konstitutsiyaviy huquqlarini, shu jumladan milliy qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo’lishini ta’minlaydigan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko’rsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish ustuvor vazifaga aylanmoqda.
Bu esa, axborot-kutubxona faoliyatiga, kitobxonlarga xizmat ko’rsatish, fondlarni to’ldirish va saqlash, kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyat, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va rag’batlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga jiddiy ta’sir ko’rsatish imkonini beradi.
Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish maqsadida:
1. Quyidagilar aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni sifat jihatidan yanada rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalar etib belgilansin:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va zamonaviy umumjahon tendentsiyalarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona faoliyatini isloh qilish;
aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko’rsatish bo’yicha ijtimoiy kafolatlarni sifatli ta’minlash hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
hududlarda aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko’rsatishni barqaror rivojlantirishga ko’maklashish;
axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan yangi bino va inshootlarni qurish, mavjud binolarni rekonstruktsiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash;
kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmog’ini rivojlantirish;
kutubxonalar faoliyatining samaradorligini va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish (shu jumladan, pulli xizmat ko’rsatish) tezkorligini oshirish uchun elektron kitoblar tarqatishga ixtisoslashgan internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytirish;
axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini hamda milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona fondlarining yaxshi saqlanishini ta’minlash;
jamiyatning axborot madaniyatini, tariximizga va milliy madaniyatga qiziqishini shakllantirish va kuchaytirish, mutolaa madaniyatini oshirish va targ’ib qilish;
axborot-kutubxona muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash.
2. Quyidagilar:
a) 2019 — 2024 yillarda O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish kontseptsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
b) 2019 — 2024 yillarda O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
v) Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
g) Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazining (keyingi o’rinlarda — Milliy kutubxona) xodimlar umumiy cheklangan soni 227 nafardan iborat boshqaruv apparati tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Milliy kutubxona direktoriga, zarur hollarda, Milliy kutubxona boshqaruv apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to’lash fondi doirasida o’zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o’rinlarda — Agentlik), O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasiga tushadigan mablag’larning ikki foizini Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi huzuridagi byudjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg’armasiga (keyingi o’rinlarda — Jamg’arma) ajratish to’g’risidagi taklifi ma’qullansin.
4. Agentlik, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining:
Milliy kutubxona qoshida 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini tashkil etish, shuningdek, umumta’lim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qoshida faoliyat ko’rsatayotgan barcha axborot-resurs markazlarini tugatish;
umumta’lim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarining kitob fondlari va shtat birliklarini yangidan tashkil qilinayotgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlariga berish;
axborot-resurs markazlarini tugatishda umumta’lim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining kutubxonalarini amaldagi normativlarga muvofiq tegishli kitob fondi va shtat birliklari bilan birga saqlab qolish to’g’risidagi takliflari ma’qullansin.
5. Quyidagilar yangi tashkil etilayotgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko’rsatish uchun sifat jihatidan yangi va qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ularning ilmiy, ta’lim, axborot va madaniy ehtiyojlarini qondirish;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy moslashuv va reabilitatsiya, mustaqil ta’lim olish va muloqot doirasini kengaytirish vositasi sifatida axborotdan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
foydalanuvchilarga har qanday (bosma, multimedia va raqamli) tashuvchilarda, shu jumladan Internet tarmog’ida sifatli axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;
o’z axborot-resurslarini yaratish va ularni sifatli to’ldirib borish orqali kitobxonlarga an’anaviy xizmat ko’rsatish usulidan ularni zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari bilan ta’minlashga o’tish;
aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha masofadan xizmatlar ko’rsatishni rivojlantirish va modernizatsiya qilish.
6. Agentlik:
bir oy muddatda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini joylashtirish hamda ularni kompyuter texnikasi va boshqa turdagi orgtexnika, mebel, shu jumladan maxsus mebel, shuningdek, tegishli kutubxona uskunalari bilan jihozlash bo’yicha talablarni ishlab chiqsin, bunda imkoniyati cheklangan shaxslarga xizmat ko’rsatish uchun o’quv zallarini maxsus kompyuter jihozlari va boshqa qo’shimcha vositalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratsin;
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining Internet tarmog’iga ulanishini va ular uchun Milliy kutubxona elektron resurslaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlasin;
ikki oy muddatda O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda axborot-kutubxona markazlari faoliyatining reglamentini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda aholiga kuni uzaytirilgan tartibda xizmat ko’rsatilishini ko’zda tutsin;
aholiga ko’rsatiladigan pulli xizmatlar (til o’rgatish, kompyuter kurslarini tashkil etish, matnli, audio va videomateriallar nusxalarini yaratish, shuningdek, boshqa kutubxona xizmatlari) ro’yxatini kengaytirish orqali axborot-kutubxona markazlarining byudjetdan tashqari daromadlarini oshirish choralarini ko’rsin.
7. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
a) Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini joylashtirish va jihozlash talablarini hisobga olgan holda:
ikki oy muddatda tumanlar (shaharlar) markazlarida tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini joylashtirish va ularning to’laqonli faoliyat yuritishi uchun binolarni belgilangan tartibda ajratsin;
ajratilgan binolarni kapital ta’mirlashni ta’minlasin, bunda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining o’quv zallarida va boshqa umumiy foydalaniladigan xonalarida imkoniyati cheklangan shaxslar to’siqsiz foydalanishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratsin, shuningdek, ularni zarur uskuna va texnika bilan jihozlasin;
b) tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlariga tutash hududlarni obodonlashtirish bo’yicha tegishli ishlarni amalga oshirsin va ushbu markazlarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash bo’yicha zarur choralar ko’rsin;
v) umumta’lim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining axborot-resurs markazlarini tugatish natijasida ishdan bo’shagan xodimlarni belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini ko’rsin.
8. Belgilansinki:
Milliy kutubxonaning qo’shimcha shtat birliklarini saqlash xarajatlari 2019 yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari parametrida ijtimoiy sohaga mo’ljallangan byudjet mablag’lari hisobidan qoplanadi, 2020 yildan boshlab esa O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida ko’zda tutiladi;
tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini saqlash xarajatlari tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlarida umumta’lim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarini saqlash uchun ko’zda tutilgan mablag’lar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
yangi tashkil etiladigan axborot-kutubxona markazlarini kadrlar bilan to’ldirish birinchi navbatda umumta’lim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarida faoliyat ko’rsatayotgan malakali kadrlar hisobiga amalga oshiriladi;
tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari binolarini kapital ta’mirlash hamda ularni zamonaviy uskuna va texnikalar bilan jihozlashni moliyalashtirish umumta’lim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarining maqbullashtirilayotgan byudjet ajratmalari, tuman va shaharlar mahalliy byudjetlarining prognozni oshirib bajarishdan olinadigan daromadlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari kutubxona fondlarini to’ldirish, shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan byudjet mablag’lari, Jamg’arma mablag’lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
9. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Madaniyat vazirligi hamda Agentlik bilan birgalikda kutubxonachilik ishi sohasida mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni o’rganish asosida sohaga ixtisoslashgan oliy o’quv yurtlariga «Kutubxona-axborot faoliyati» yo’nalishi bo’yicha o’qishga qabul kvotalari yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:
vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shu jumladan harbiy qismlarda idoraviy kutubxonalarni tashkil qilish (takomillashtirish);
idoraviy kutubxonalarning kitob fondini va moddiy-texnika bazasini yaratish, yangilash va to’ldirishni ushbu maqsadlar uchun davlat organlariga byudjetdan ajratilgan mablag’lar, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag’lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish;
Agentlik takliflari asosida idoraviy kutubxonalarning kitob fondini yangilash va to’ldirish uchun zarur nashrlar ro’yxatini har yili shakllantirish to’g’risidagi takliflariga rozilik berilsin.
11. Agentlik va O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 21 mayni Kutubxonachilar kuni deb belgilash to’g’risidagi taklifi ma’qullansin, bunda kutubxonachilarni ko’p yillik halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo’shgan hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlash va rag’batlantirish ko’zda tutilsin.
Agentlik bir oy muddatda «Kutubxonachilar kunini belgilash to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
12. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birlikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi K.I. Allamjonov zimmasiga yuklansin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,2019 yil 7 iyun,PQ-4354-son
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi PQ-4354-son qaroriga
1-ILOVA
2019 — 2024 yillarda O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish
KONTSEPTSIYASI
Kirish
2019 — 2024 yillarda O’zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish Kontseptsiyasi (keyingi o’rinlarda — Kontseptsiya) respublika axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, ustuvor yo’nalishlari va mexanizmlarini belgilovchi qarashlarning yagona va bir butun tizimini o’zida aks ettiradi.
Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsad va vazifalari ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni isloh qilish sharoitlarida mamlakatda kechayotgan o’zgarishlar va xalqaro amaliyotga muvofiq bo’lmog’i lozim.
2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi asosida axborot-kutubxona faoliyatini axborot va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish asosida tashkil qilishga yo’naltirilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish axborot-kutubxona faoliyatiga har tomonlama: foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish, fondlarni jamlash va saqlash jarayonlari, axborot-kutubxona ish jarayonlarini avtomatlashtirish, ilmiy tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyat, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularni ijtimoiy himoya qilish, xalqaro hamkorlikka ta’sir ko’rsatadi.
Jamiyatda yuksak ma’naviy qadriyatlarning qaror topishi axborot-kutubxona muassasalari oldiga shaxsga e’tiborni kuchaytirish, uning umummadaniy darajasini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, odob-axloq jihatdan tarbiyalash kabi vazifalarni qo’yadi.
Hozirgi jamiyatda axborot-kutubxona muassasalari axborot olish, madaniy-ma’rifiy va ta’lim muassasasi sifatida namoyon bo’ladi.
Milliy madaniyatni chuqur anglash, uning rivoji va evolyutsiyasini tahlil qilishda respublikaning universal fondga ega bo’lgan axborot-kutubxona muassasalari alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim muassasalari maqomini oshirish, tarmoq ilmiy axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy va axborot salohiyatini, shuningdek, axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, mamlakatdagi xususiy va raqamli (virtual) axborot-kutubxona muassasalari tarmog’ini rivojlantirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Bolalar va ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar guruhi (imkoniyati cheklangan insonlar, nogironligi bo’lgan shaxslar, ko’p bolali oilalar va boshqalar) axborot-kutubxona muassasalarining alohida e’tiborini talab etadi.
Mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, jahon hamjamiyatiga kirish, O’zbekistonning xalqaro obro’-e’tiborining ortishi axborot-kutubxona muassasalari zimmasiga mamlakatda bo’layotgan islohotlarga ko’maklashish, aholiga tezkor axborot taqdim etish bo’yicha qator majburiyatlarni yuklaydi.
Yangi texnologiyalarning tatbiq etilishi, axborot-kutubxona muassasalari tomonidan axborot tarqatish funktsiyalarining amalga oshirilishi hamda axborot olish imkoniyatini ta’minlash avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish ko’lami va sur’atlariga bog’liqdir.
Axborot-kutubxona sohasini isloh qilish axborot-kutubxona muassasalari me’yoriy-huquqiy bazasining zaifligi, axborot-kutubxona fondlarining jamlanishi va texnik jihozlanishi etarli darajasida emasligi, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash darajasining pastligi tufayli yuzaga keldi.
1-bob. Umumiy qoidalar
Ushbu Kontseptsiya fuqarolarning ijtimoiy holati va yashash joyidan qat’i nazar, axborotni erkin olish huquqini o’rnatuvchi, axborot-kutubxona faoliyatini hamda madaniyat sohasidagi siyosatni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, respublikada axborot-kutubxona faoliyatini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar tizimini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda O’zbekistonning professional axborot-kutubxona hamjamiyati axborot-kutubxona muassasalariga demokratik ijtimoiy-madaniy institut, bugungi axborot jamiyati madaniyatining rivoji hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining axborot bazasi sifatida qaraydi, shuningdek, axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish holatini jamiyat madaniyati darajasining ko’rsatkichi deb hisoblaydi.
2-bob. Respublikada axborot-kutubxona faoliyatining holati
Respublikada axborot-kutubxona faoliyatining holatini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tahlillar zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanishi, aholining axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanishining ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash maqsadida me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish zarurligini ko’rsatdi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining axborot-kutubxona faoliyatining qonunchilik va me’yoriy bazasi quyidagilardan iborat:
O’zbekiston Respublikasining «Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida», «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida»gi qonunlari;O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 avgustdagi «Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to’g’risida»gi PF-5148-son, 2018 yil 19 fevraldagi «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-5349-son farmonlari;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 fevraldagi «2011 — 2015 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari ko’rsatishni sifat jihatidan yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-1487-son, 2012 yil 20 martdagi «Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-1729-son, 2012 yil 21 martdagi «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-1730-son, 2017 yil 13 sentyabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida»gi PQ-3271-son, 2019 yil 2 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida»gi PQ-4151-son qarorlari.
Aholining elektron axborot resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, axborot-kutubxona muassasalarini birlashtirish va ularni yagona umumta’lim elektron kutubxona tizimiga ulash, idoralararo elektron hamkorlik tizimini takomillashtirish maqsadida «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi amalga oshirilmoqda.
Respublika axborot-kutubxona muassasalarida bosqichma-bosqich zamonaviy axborot va elektron texnologiyalar tatbiq etilmoqda:
foydalanuvchilar uchun avtomatlashtirilgan ishchi o’rinlari soni ko’paytirilmoqda;
xususiy elektron ma’lumotlar bazalari yaratilmoqda;
foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatlarining yanada sifatli yangi turlari taqdim etilmoqda.
Aholining axborotga bo’lgan talabini qondirish uchun mamlakatning yirik axborot-kutubxona muassasalari virtual ma’lumotlar xizmatidan faol foydalanmoqda, madaniy hordiq va ma’rifiy faoliyatni rivojlantirmoqda.
Biroq axborot-kutubxona muassasalarini jahon kutubxona hamjamiyatiga integratsiyalash, foydalanuvchilar va aholi bilan ishlash, shu jumladan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning innovatsion usullarini tatbiq etish masalalariga etarli darajada e’tibor qaratilmayapti, shuningdek, uyali aloqa, ko’plab gadjetlar va Wi-Fining faol rivojlanishi, elektron kitoblar va «kitob o’qish ilovalari» (book reader) oqimining ortib borishi sharoitlarida foydalanuvchilar bilan tizimli ishlar olib borilmayapti.
Axborot-kutubxona muassasalarining katta qismi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuterlar, nusxa ko’chirish-ko’paytirish texnikasi, yong’indan saqlash signalizatsiyasi va o’t o’chirish, iqlimni nazorat qilish vositalari, telefon aloqasi bilan ta’minlanmagan, aholiga, ayniqsa nogironligi bo’lgan shaxslarga va olis, aholisi kam bo’lgan punktlarda xizmat ko’rsatish uchun zamonaviy uskunalar mavjud emas.
Axborot-kutubxona muassasalarini texnik jihatdan qayta jihozlash, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish axborot-kutubxona muassasalariga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etishni taqozo etadi, ularning mehnat bozoridagi bahosi esa axborot-kutubxona muassasalarining bugungi imkoniyatlaridan ancha baland.
Axborot-kutubxona muassasalarida mehnatga haq to’lash darajasining pastligi, nomuvofiq og’ir mehnat sharoitlari va ularga ishonib topshirilgan fondlarni saqlash mas’uliyati malakali kadrlarning ishdan ketishi, mamlakat madaniy mulkini va intellektual salohiyatini saqlash uchun xavfli hisoblangan kadrlar qo’nimsizligini vujudga keltirmoqda.
Bo’sh o’rinlarning ko’pligi va xodimlar etishmasligi ishga olinayotgan xodimlarga qo’yilayotgan talablar darajasini pasaytiryapti, bu esa malakasiz (ko’p hollarda mutaxassis bo’lmagan) xodimlarga kutubxonachi lavozimiga ishga joylashish imkonini bermoqda. Bu masalalarni maqbul tarzda hal etish uchun axborot-kutubxona muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’lash va ularni ijtimoiy himoya qilish darajasini qayta ko’rib chiqish zarur.
3-bob. Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yo’nalishlari
Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning ustuvor maqsadlari — fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo’yicha konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlovchi aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish tizimini rivojlantirish, milliy va jahon madaniy boyliklari, amaliy va fundamental bilimlar bilan tanishtirish, shuningdek, mamlakatimizning axborot-kutubxona muassasalarida mavjud milliy-madaniy merosni saqlashdan iborat.
Axborot-kutubxona sohasini samarali rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishish uchun quyidagi masalalarni hal etish zarur:
axborot va raqamli texnologiyalar rivojlanishi hamda zamonaviy umumjahon tendentsiyalarni e’tiborga olgan holda axborot-kutubxona sohasini isloh qilishni jadallashtirish;
bugungi kun talablarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanishi, aholining axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanishining ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash maqsadida me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish;
axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xususan yangi bino va inshootlar qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash;
eng yangi, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, korporativ tizimlarni rivojlantirish;
axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, mamlakatdagi xususiy va raqamli (virtual) axborot-kutubxona muassasalari tarmog’ini rivojlantirish;
milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini va axborot-kutubxona fondining saqlanishini ta’minlash;
jamiyatning axborot madaniyatini, milliy tarix va madaniyatga qiziqishini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va targ’ib qilish;
axborot-kutubxona muassasalarini malakali xodimlar bilan ta’minlash.
Belgilangan maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona sohasining quyidagi ustuvor yo’nalishlarini rivojlantirish zarur:
qonunchilik bazasini aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni rivojlantirish vazifalariga mos ravishda muvofiqlashtirish;
axborot-kutubxona muassasalarini jamlash mexanizmini yaratish, shu jumladan elektron va boshqa tashuvchilarda nashrlar haqidagi ma’lumotlar tizimini shakllantirish;
axborot-kutubxona fondlari saqlanishini ta’minlash;
yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, milliy axborot-kutubxona tarmog’ini yaratish;
zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari asosida axborot-kutubxona kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;
axborot-kutubxona xizmatlarining yangi, shu jumladan, pulli turlarini joriy etish va rivojlantirish;
axborot-kutubxona muassasalari xodimlari samarali mehnat qilishi va ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash uchun munosib sharoitlar yaratish;
axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
ilmiy-tadqiqot va uslubiy faoliyatni rivojlantirish;
barcha tizimlar va idoralar axborot-kutubxona muassasalarini boshqarishni muvofiqlashtirish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va jahon axborot-kutubxona hamjamiyatiga kirish.
4-bob. Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini hal qilish bo’yicha asosiy vazifalar
1. Axborot-kutubxona muassasalarini jamlash mexanizmlarini yaratish, axborot-kutubxona fondlari saqlanishini ta’minlash:
sohani uslubiy ta’minlash va eng yangi texnologiyalarni joriy etish, axborot-kutubxona fondlarini saqlovchi kadrlar, restavratorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, axborot-kutubxona fondlarini saqlash muammolari bo’yicha jamoatchilik fikrini shakllantirish;
foydalanuvchilarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona fondlarini shakllantirishga yondashuvlarni takomillashtirish, fondlarni to’ldirish, ularni jamlash va keyinchalik ulardan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlagan holda majburiy nusxaga egalik huquqini belgilash;
axborot-kutubxona muassasalarini jamoat, tijorat va xususiy nashriyotlar nashrlari, chet elda yashayotgan vatandoshlarimizning asarlari, shuningdek, O’zbekiston haqidagi chet el nashrlari bilan ta’minlash uchun sharoitlar yaratish, respublika hududida yashovchi xalqlar tillaridagi adabiyotlar fondlarini shakllantirish;
majburiy nusxa olish, obuna, sovg’a qilish, sotib olish, kutubxonalararo va xalqaro kitob almashish tizimini joriy etish, milliy va xorijiy onlayn va oflayn elektron hujjatlari bilan jamlash, «egalik qilish» va «erkin foydalanish» o’rtasida maqbul muvozanatni yaratish va boshqalar hisobiga axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlarini yangilash;
viloyat, tuman va shahar darajasidagi hududiy axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlarini jamlash, kengaytirish, to’ldirish uchun ajratiladigan mablag’larni o’rtacha ikki barobarga oshirgan holda axborot-kutubxona muassasalari fondiga turli xildagi tashuvchilar orqali yangi adabiyotlar kelishini ta’minlash;
nashrlarga ishlov berish va ularni qidirishni avtomatlashtirish tizimini joriy qilish orqali axborot-bibliografiya faoliyatini takomillashtirish;
yig’ma elektron kataloglar, to’liq matnli ma’lumotlar bazasini shakllantirish va axborot-kutubxona muassasalarining Internet tarmog’iga ulanishini ta’minlash;
uyali aloqa vositalari orqali foydalanuvchilarga taqdim etiladigan xizmatlarni kengaytirish bo’yicha kompleks tadbirlar ishlab chiqish, yaratilayotgan elektron resurslarda multimedia kontentlari ulushini oshirish va boshqalar;
axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona fondlarini konservatsiyalash, fondlar holati va ularning saqlanish sharoitlari monitoringi tizimini yaratish, saqlashning me’yoriy tartiblarini ta’minlash;
hujjatlarni ommaviy konservatsiyalash usullarini ishlab chiqish va rivojlantirish, konservatsiya jarayonlariga eng yangi texnologiyalarni joriy etish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish holatlari uchun harakatlarni rejalashtirish va ta’minlash;
axborot-kutubxona muassasalari va axborot-kutubxona fondlari xavfsizligini ta’minlash, axborot-kutubxona muassasalari va axborot-kutubxona fondlari xavfsizligi texnologiyasini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy va uslubiy bazani ishlab chiqish;
axborot-kutubxona fondlarini hisobga olish tizimini rivojlantirish, axborot-kutubxona muassasalari fondlaridagi barcha turdagi hujjatlarni hisobga olishni takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari hujjatlarini hisobga olishning yagona tizimini yaratish, hisobga olish ma’lumotlariga ishlov berish va avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berishni o’zaro integratsiyalovchi yangi texnologiyalarni joriy etish, hisob-statistika ko’rsatkichlari tizimini yaratish;
fondlar, kataloglarni saqlash va foydalanish, ularning lozim darajada ishlashi, shuningdek, foydalanuvchilarning xavfsiz va qulay tarzda muassasada bo’lishi uchun axborot-kutubxona muassasalarini zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash.
2. Yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, milliy axborot-kutubxona tarmog’ini yaratish:
yangi axborot texnologiyalarini jadal joriy etish, shaxsiy kompyuterlar parkini kengaytirish, litsenziyalangan dasturiy ta’minot xarid qilish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari texnika bazasini mustahkamlash;
foydalanuvchilar uchun avtomatlashtirilgan o’rinlar sonini ko’paytirish;
fondlarni, jumladan o’lkashunoslik va noyob nashrlarni raqamlashtirish;
mamlakatimizning barcha aholisi hududiy, respublika va jahon axborot-resurslaridan masofadan turib foydalanishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida axborot-kutubxona muassasalarini Internet tarmog’iga ulashni kengaytirish;
saytlar yaratish va axborot-kutubxona muassasalarining virtual makonda faol ishtirokini, aholiga virtual ma’lumot-kutubxona xizmatlarini ko’rsatishni ta’minlash;
mamlakatning axborot-kutubxona muassasalari axborot resurslaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini beruvchi yagona axborot-kutubxona portalini yaratish;
davlat va qo’shimcha xizmatlarini ko’rsatish doirasida axborot va bilimlardan foydalanishni ta’minlovchi mavjud zamonaviy raqobatbardosh texnologiyalarni takomillashtirish va yangilarini joriy qilish;
ilmiy tadqiqotlar va o’quv jarayonini axborot bilan qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, uyali aloqa vositalaridan foydalangan holda hujjatlarni elektron tarzda etkazib berish va virtual ma’lumot xizmati tizimlarini modernizatsiyalash;
jamoaviy obunani kengaytirish va respublika axborot-kutubxona muassasalariga muntazam ravishda yillik obuna uchun mablag’ ajratish;
axborot-kutubxona muassasalarining innovatsion faoliyati va ularning innovatsion infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bilan samarali innovatsion munosabatlar va muloqotni yo’lga qo’yish, yangiliklarni ishlab chiqish va innovatsiyalarni amalga oshirish uchun investitsiyalar, shu jumladan, xususiy investitsiyalarni jalb qilish;
O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan turli ta’lim, ijtimoiy guruhlar, yosh toifalaridagi foydalanuvchilarga va nogironligi bo’lgan shaxslarga onlayn tarzda (24G’7G’365) taqdim qilinadigan elektron kataloglar, hujjatli resurslar va ko’rsatiladigan xizmatlardan foydalanishni kengaytirish imkonini beradigan xizmatlar yaratish;
axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilarining axborot borasidagi bilimlarini oshirish, bolalar, o’smirlar va yoshlarga ta’lim xizmatlarini ko’rsatish orqali aholining media savodxonligini yuksaltirish va boshqalar;
3. Zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari asosida axborot-kutubxona kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish:
kutubxona xodimlarini axborot-kutubxonachilik ishini modernizatsiya qilishning dolzarb yo’nalishlari bo’yicha muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish asosida ularga uzluksiz axborot-kutubxona ta’limini berish tizimini yaratish, axborot-kutubxona kadrlarini masofadan turib o’qitish tizimini joriy qilish va boshqalar;
axborot-kutubxona xodimlari malakasini oshirish bo’yicha doimiy faoliyat olib boruvchi kurslar tashkil qilish, ham talabalar, ham axborot-kutubxona xodimlarini masofadan turib o’qitish kurslarini rivojlantirish, o’qituvchi va assistentlarning xorijiy davlatlardagi etakchi ilmiy tashkilotlarda (kutubxona fakultetlarida) stajirovka o’tashini tashkil qilish, axborot-kutubxonachilik ishi bo’yicha ilmiy maktablarni rivojlantirish va boshqalar;
kutubxonachilik ishi sohasida mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni o’rganish asosida sohaga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida «Kutubxona-axborot faoliyati» yo’nalishi bo’yicha qabul kvotalarini oshirish;
axborot-kutubxona hamjamiyatini kasbiy axborot bilan ta’minlash, yangi noshirlik texnologiyalaridan va axborot-kutubxona muassasalari fondidagi noyob hujjatlarning faksimillaridan foydalangan holda fundamental bibliografik qo’llanmalar nashr qilish, kataloglashtirish sohasida bir xil ishlar takrorlanishining oldini olishga va respublika axborot-kutubxona muassasalarida kataloglashtirish sarf-xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiluvchi kooperatsiyani amalga oshirish;
axborot-kutubxona xodimlarining malakasini oshirish, tajriba almashish bo’yicha xalqaro loyihalarda axborot-kutubxona muassasalarining ishtirokini kengaytirish va boshqalar.
4. Axborot-kutubxona xizmatlarining yangi turlarini, jumladan pulli xizmatlarni joriy qilish va rivojlantirish:
fuqarolar elektron axborot-resurslarni almashishi va ulardan erkin foydalanishi uchun yig’ma elektron katalogdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, korporativ axborot-kutubxona tarmoqlarini rivojlantirish;
kutubxonalararo abonementning imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish va hujjatlarni elektron tarzda etkazib berish uchun shart-sharoit yaratish, yagona axborot muhitini yaratish, ta’lim va axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, axborot-kutubxona resurslari o’zaro hamkorligining yagona mexanizmini ishlab chiqish, mamlakatimizning yirik axborot-kutubxona resurslarini o’zida birlashtirgan yagona qidiruv tizimini yaratish.
5. Axborot-kutubxona muassasalari xodimlari samarali faoliyat ko’rsatishi va ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash uchun munosib sharoitlar yaratish:
axborot-kutubxona xodimlarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularning huquq va imtiyozlarini kengaytirish (uy-joy sotib olish uchun foizsiz kreditlar ajratish), axborot-kutubxona muassasalarining barcha toifalarida tarif razryadini oshirish evaziga yagona tarif setkasini modernizatsiyalash;
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatori asosida sohaning bugungi ehtiyojlariga muvofiq ravishda axborot-kutubxona muassasalarining lavozimlari nomenklaturasini kengaytirishni ko’zda tutib, axborot-kutubxona muassasalari xodimlarining tarif-malakaviy tavsiflarini qayta ko’rib chiqish;
axborot-kutubxona muassasalarining normal rivojlanishini kafolatlaydigan mehnatga haq to’lash darajasini ta’minlash;
axborot-kutubxona muassasalari xodimlariga ko’p yillik ish staji uchun qo’shimcha haq to’lashni joriy etish;
kasbiy unvonlar va davlat mukofotlarini ta’sis etish;
«Kutubxona a’lochisi» ko’krak nishonini ta’sis etish.
6. Kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash:
respublikaning barcha axborot-kutubxona muassasalarini to’liq xatlovdan o’tkazish;
axborot-kutubxona muassasalarining avariya holatidagi, ta’mirtalab bino va imoratlarini ta’mirlash hamda rekonstruktsiya qilish;
axborot-kutubxona muassasalari uchun maxsus binolar qurish;
nogironiligi bo’lgan shaxslarga sifatli xizmat ko’rsatish uchun axborot-kutubxona muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash;
tuman (shahar) axborot-kutubxona muassasalarini tashkil qilish, ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash uchun axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, shu jumladan yangi binolar qurish va mavjudlarini rekonstruktsiya qilish.
7. Ilmiy-tadqiqot va uslubiy faoliyat:
axborot-kutubxona faoliyatining zamonaviy yo’nalishlari bo’yicha korporativ amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
axborot-kutubxona xizmatlarining yangi turlarini joriy qilish, axborot-kutubxona xizmatlari ko’rsatish tarmog’ini kengaytirish va boshqalar;
idoralararo asosda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatining turli yo’nalishlari, shuningdek, MDH va xorijiy davlatlarning yirik axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikda zamonaviy raqobatbardosh axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy ishlarni olib borish;
ilmiy tadqiqot va ta’lim jarayonini axborot bilan qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
hujjatlarni elektron tarzda etkazib berish tizimini modernizatsiya qilish;
uslubiy qo’llanmalar, tavsiyalar, maslahat yordami ko’rsatish tizimini yaratish va takomillashtirish;
axborot-kutubxona muassasalarining innovatsion faoliyati va ularning innovatsion infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bilan samarali innovatsion munosabatlar va muloqotni yo’lga qo’yish, yangiliklarni ishlab chiqish va innovatsiyalarni amalga oshirish uchun investitsiyalar, shu jumladan, xususiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qoshida Axborot-kutubxona faoliyati bo’yicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish kengashini tashkil qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqish.
8. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish:
ikki tomonlama kelishuvlar tuzish asosida xalqaro kutubxona hamjamiyati bilan hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro forumlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
xalqaro kitob almashish, axborot resurslarini elektron tarzda almashish bo’yicha hamkorlikning turli shakllarini rivojlantirish va joriy qilish;
yig’ma elektron kataloglarni shakllantirish, ma’lumotlar banklarini tashkil qilish;
xalqaro loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, kutubxonalararo abonementni (hujjatlarni elektron etkazib berish) yo’lga qo’yish;
respublika, xalqaro konferentsiyalar va seminarlar o’tkazish hamda shu kabi xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.
5-bob. Kontseptsiyani amalga oshirish
Ushbu Kontseptsiyani amalga oshirishning asosiy vositasi respublikada axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o’rinlarda — Dastur) hisoblanadi.
Ushbu Kontseptsiyani tijorat tashkilotlari, hamkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilgan holda sohaga aloqador vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikda respublika miqyosida amalga oshirish nazarda tutilgan.
Kontseptsiyani amalga oshirishni muvofiqlashtirish kitob mahsulotlarini nashr qilish va tarqatish tizimini takomillashtirish, shuningdek, axborot-kutubxona faoliyati sohasi bo’yicha maxsus vakolatli davlat organ — O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan olib boriladi.
Kontseptsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqichda (2019-2020 yillar) quyidagilar nazarda tutiladi:
hududiy axborot-kutubxona muassasalarini kelgusida xalqaro tizimlar bilan integratsiyalash uchun ularni yagona ma’lumotlar bazasiga ulash;
Milliy umumta’lim elektron kutubxona markazi to’g’risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
sohaga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida «Kutubxona-axborot faoliyati» yo’nalishi bo’yicha qabul kvotalarini oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida taqdim etilayotgan xizmatlar hajmining o’sib borishini hisobga olgan holda, Milliy kutubxonaning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi xodimlarning namunaviy shtatlari hamda Axborot-kutubxona markazi va kutubxona to’g’risida namunaviy nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
2019 — 2024 yillarda O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasida, xususiy va raqamli (virtual) kutubxonalar tarmog’ida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;
ta’mirtalab axborot-kutubxona muassasalarini ta’mirlash va rekonstruktsiya qilish hamda ularning bino va imoratlarini qurish;
«Kutubxona a’lochisi» ko’krak nishonini ta’sis qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
xatlov o’tkazish va uning natijalarini aniqlashtirish, tadbirlarni amalda ijro etish bo’yicha chora-tadbirlar tayyorlash va boshqalar.
Ikkinchi bosqichda (2021 — 2024 yillar) quyidagilar nazarda tutiladi:
tarqatish tizimini takomillashtirish uchun «Nashrlarning majburiy nusxasi to’g’risida»gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish;
«Xalqaro nashrlar almashinuvi to’g’risida»gi Konventsiyani ratifikatsiya qilish masalasini ko’rib chiqish;
MDH va xorijiy davlatlarning etakchi tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni faollashtirish;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qoshida Kutubxonachilik ishi bo’yicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo’yicha ixtisoslashgan ilmiy kengash tashkil qilish;
resurslar almashinuvi va korporativ hamkorlik ishini avtomatlashtirish bo’yicha korporativ tarmoqni shakllantirish;
axborot-kutubxona faoliyati bo’yicha tarmoq standartlar, uslubiy qo’llanmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish;
tuman (shahar) axborot-kutubxona muassasalarining faoliyatini tashkil qilish borasida davlat organlari va hokimliklar bilan hamkorlikda ishlash;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan hamkorlikda Kontseptsiyani ro’yobga chiqarish bo’yicha tadbirlarni belgilab olish va amalga oshirish.
6-bob. Resurs ta’minoti
Resurs ta’minoti, shu jumladan Kontseptsiyada belgilab berilgan tadbirlarni moliyalashtirish masalalari axborot-kutubxona muassasalariga ajratiladigan byudjet mablag’lari doirasida, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg’armasi, kutubxonalarning xo’jalik faoliyatidan tushgan daromad qismi, homiylar, xorijiy investorlarning mablag’lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
7-bob. Kutilayotgan natijalar
Kontseptsiyani amalga oshirish mamlakat axborot-kutubxona muassasalarining yanada rivojlanishi hamda axborot, madaniy-ma’rifiy makon doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi yagona axborot-kutubxona tarmog’ini yaratishga imkon beradi.
Rejalashtirilgan tadbirlar natijasiga ko’ra, Kontseptsiyani amalga oshirishning birinchi bosqichida quyidagilar kutilmoqda:
2020 yilga qadar respublikaning tuman va shaharlarida aholining 86,0 foizini qamrab oladigan 186 ta zamonaviy axborot-kutubxona markazini tashkil qilish;
2020 yilga qadar kutubxonalarning 10 foizini (21 ta) yagona ma’lumotlar interaktiv bazasiga ulash orqali O’zbekiston axborot-kutubxona markazlari hamkorligining yaxlit tizimini shakllantirishni boshlash;
elektron kitoblar fondini 1,2 million nusxagacha ko’paytirish;
14 ta xorijiy davlat bilan axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish.
Ikkinchi bosqichda quyidagilar kutilmoqda:
respublikaning 207 ta kutubxonasini yagona ma’lumotlar interaktiv bazasiga ulashni yakunlash orqali O’zbekiston axborot-kutubxona markazlari hamkorligining yaxlit tizimini shakllantirish;
elektron kitoblar fondini 3,3 million nusxagacha ko’paytirish;
21 ta xorijiy davlat bilan axborot-kutubxona faoliyati sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish.
Bundan tashqari Kontseptsiya:
madaniy, ta’lim va axborot infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida muhim ijtimoiy va kommunikativ vazifalarni bajaruvchi axborot-kutubxona muassasalariga mamlakatning iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo’shish imkoniyatini yaratadi;
milliy manfaatlar va xalqaro tajribani hisobga olib axborot-kutubxona ishi sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga yordam beradi (bu esa axborot-kutubxona sohasi taraqqiyotining bugungi tendentsiyalariga moslashish, shuningdek, axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanishi va aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko’rsatishni kengaytirishga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatishga imkon yaratadi);
axborot-kutubxona fondini jamlash, shu jumladan elektron va boshqa tashuvchi uskunalarga yig’ish tizimini yaratishga, kutubxona fondlarini saqlashni ta’minlaydi, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, milliy axborot-kutubxona tarmog’ini takomillashtirish va ixtisoslashgan ilmiy tadqiqotlar olib borishga, uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqishni faollashtirishga imkon beradi;
axborot-kutubxona sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini hamda axborot-kutubxona muassasalari xodimlarining samarali faoliyati, ularning ijtimoiy himoyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga ko’maklashadi;
barcha tizimlar va idoralarning axborot-kutubxona muassasalarini samarali muvofiqlashtirish va boshqarish, xalqaro hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga xizmat qiladi.