Biz to`g`rimizda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qabul qilingan PQ-4354-son qaroriga asosan  Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi ham tashkil topdi. Markaz direktori Ataeva Yaxshigul Rabbimovna. Markaz o’z Nizomi va axborot-kutubxona markazidan foydalanish qoidalariga va 2011 yil 13 apreldagi “Axborot-kutubxona faoliyati to’g’rida”gi 280-sonli qonuniga asosan ish yuritadi.  AKMda bugungi kunda 16,25 shtat birligi bo’lib, 16 ta xodim faoliyat yuritmoqda. Markazda 6 ta xizmat bo’lib, ular:

1. Ma’muriy-boshqaruv xodimlar;

2. Axborot-bibliografiya xizmati;

3. Fondlarni to’ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati;

4. Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati;

5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati;

6. Texnik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar.

          Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida aholining axborotga bo’lgan talablarini tezkor qondirish, kitobga bo’lgan qiziqish va mutolaa madaniyatini oshirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda birinchi navbatda kitobxonlar talabini o’rganishga alohida e’tibor qaratilayapti. Markaz tomonidan savolnomalar orqali foydalanuvchilar hohish-istaklari taxlil qilinib zarur adabiyotlar aniqlanmoqda. Butlash ishlari ham shu asosida amalga oshirilmoqda.

          Shu kunlarda kutubxona jamoasi tomonidan kutubxona ishini yangicha tashkil etish, zamonaviy axborot texnologiyalardan keng foydalanish bo’yicha olib borilayotgan ishlar ham e’tiborga molik. Xususan markazda marketing ishlarini rivojlantirib,

Bizning saytlar:

http://qr-ebook.uz

https://yashnabodlibrary.uz

Facebook:

https://www.facebook.com/yashnobod_akm/

Instagram:

http://www.instagram.com/yashnobod_akm

Telegram:

https://t.me/Yashnobod_tuman_AKM
https://t.me/Yashnobod_Audio_kitoblar
https://t.me/Yashnobod_AKM_klub
https://t.me/Yashnobod_elektron_kutubxona

Youtube:

https://www.youtube.com/@Yashnobod_kutubxona

Twitter:

https://x.com/RahimovaTa59543?t=RJFQPq2ZmfV4gkysAwErMw&s=09

qabi sahifalar ochib, kitobxonlar bilan muloqatga kirishib, ularga kitoblarning elektron shakli, audio kitoblar, ertak kitoblar, videoroliklar, maqolalar, QR-kitoblar, yangiliklarni muntazam joylashtirib borish yo’lga qo’yilgan. Saytimizga a’zo bo’lsangiz, ushbu ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Kutubxonamizda kitoblarning asl nusxasi ham tavsiya etilmoqda.

     Markazda «KARMAT-U» dasturiy ta’minoti esa foydalanuvchiga zarur bo’lgan adabiyotlarni katalog vositasida tezda topish imkonini beradi. Ushbu dasturda 7302 nomdagi axborot-kutubxona resurslarning to’liq matnli elektron kutubxonasi, 11090 ta axborot-resurlarning elektron katalogi yaratilgan. EIzlanayotgan manba kutubxona fondida bo’lmasa boshqa kutubxonalar, masalan O’zbekiston Milliy kutubxonasi saytlaridan olamiz.

          Hozirgi kunda markaz 100325 ta kitob va turli axborot-qo’llanmalarni o’z ichiga olgan.

          Tumanimizdagi mahallalar, maktablar bilan madaniy-ma’rifiy ishlarni hamkorlikda o’tkazish uchun shartnomalar tuzib, joylarda aholi, ayniqsa yoshlar o’rtasida mutolaa madaniyatini oshirishda o’tkazib kelinayotgan tadbirlarimiz ham yuqori samara bermoqda. Masalan, “Ma’rifat karvoni”, “Ertakterapiya”, “Sirli kutubxonada”, “Bir asar tarixi”, “Yo’l-yo’lakay”, “Kitobxon onalar”, “Men tavsiya qilaman”, “Ma’rifatparvar jadidlar” loyihalari doirasida “Buyuklar yodi”, “Alisher Navoiy asarlari meros muqaddas”, “Qalbimizda mangu siymolar”, “Zulfiya zamondoshlari xotirasida”, “O’zbekning Zulfiyasi”, “Kitobxon yoshlar-yurt kelajagi”, “Kitob mutolaasi – muvaffaqiyat kaliti”, “Mutolaaga chorlaymiz” nomli adabiy-badiiy kechalar, “Buyuk shoir nazmining navosi”, “Bobur kabi seving Vatanni”, “Bahor keldi seni so’roqlab”, “Kitob-ma’naviyatimizning xazinasi” nomli kitob ko’rgazmalari, Muso Toshmuhammad Oybekning “Navoiy” romani, Zulfiyaxonimga bag’ishlangan “Ehtirom” kitobining taqdimotlari va ko’chma kutubxonalar uyushtirish shular jumlasidandir.

          Markaz xodimlarining malakalarini oshirib borishga ham e’tibor qaratib kelinmoqda. Axborot-kutubxona faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab olgan “Yosh mutaxassis maktabi” faoliyat ko’rsatib, kasb sir-asrorlarini xodimlarimizga o’rgatib kelinmoqda. Chunki mutaxassislarning mohirligi aholini, ayniqsa yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa o’z aksini mamlakatimiz ravnaqda ko’rsatadi.

Did you enjoy this post? Why not leave a comment below and continue the conversation, or subscribe to my feed and get articles like this delivered automatically to your feed reader.

Comments

No comments yet.

Leave a comment

(required)

(required)