Articles

Kitob mutolaasi – muvaffaqiyat kaliti
Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Atrof-muhitga, tabiatga ijobiy munosabatini shakllantiradi, inson xarakterining murakkabliklarini tushuntiradi, ruhiy qiyofaning rangin qirralarini kashf qilish qobiliyatini, ona Vatanga, xalqiga sadoqatli bo‘lish tuyg‘usini o‘stiradi. Badiiy adabiyot o‘qish orqali kitobxonning badiiy idroki, mustaqil fikrlash qobiliyati, mutolaa madaniyati, Vatan taqdiri uchun javobgarlik tuyg‘usi tarbiyalanadi. Badiiy asar qaysi tur va janrga mansubligidan qat’i nazar, uning mohiyatida inson shaxsini kamol toptirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirish, odamiylik sifatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan bir qator didaktik xususiyatlar, estetik tamoyillar mujassamlashgan bo‘ladi. “Badiiy asarning eng muhim xususiyati shundaki, u inson qalbini mayinlashtiradi, tuyg‘ularini o‘tkirlashtiradi, ma’naviy-ruhiy barkamollikni tarbiyalaydi”. Badiiy adabiyot insoniyat hayotini charog‘on yetishi, inson umriga nurafshonlik baxsh yetib, ma’naviy olamini shakllantirishi va yuksaltirishi, porloq kelajak uchun munosib to‘g‘ri yo‘lni tanlashga yordam berishi, kitobning insoniyat tomonidan yaratilgan yeng buyuk kashfiyot ekanligi bois har qanday davr va zamonda kitob o‘qish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish dolzarb ahamiyat kasb yetib kelgan. Ayniqsa, bugungi kunda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan mazkur masalalarga davlat siyosati darajasida qaralib, samarali ishlar yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar, avvalo, xalqning ijtimoiy turmushini yaxshilashga, ma’naviy-ma’rifiy tafakkurini yuksaltirishga, barchaga birdek go‘zal va farovon hayotiy muhit yaratishga erishishga qaratildi. Jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani hamda xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga jiddiy ahamiyat berildi. Bu yurtimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarida ham yaqqol aks etgan: “Ayni paytda, axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb yetadi”. Prezidentning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi F-4789-sonli Farmoyishi bu borada keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishga zamin yaratdi. 2017 yil 13 sentyabrda “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risidagi” PQ-3271-sonli qarorning qabul qilinishi va uning doirasida belgilangan vazifalar ham yurtimizda kitob mahsulotlarini chop etish, aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida katta o‘zgarishlarga zamin yaratdi. Shu munosabat bilan kitob chop etish va tarqatish, kitob xarid qilish sohasidagi jiddiy kamchilik va muammolarga yechim topildi, kitobxon jamiyatni tarkib toptirishga, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotga ildam qadam tashlandi.
Mazkur farmoyish va qaror ijrosini ta’minlash maqsadida barcha davlat va nodavlat tashkilotlari hamda ularning bo‘limlarida qarorda belgilangan vazifalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi asosida rejali va maqsadli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Xususan, mamlakat bo‘ylab “Yosh kitobxon”, “Eng faol kitobxon guruh”, “Eng kitobxon oila” tanlovlarining tashkil qilinishi va g‘olib kitobxonlar turli darajadagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi; yirik nashriyotlar tomonidan o‘zbek xalqi va jahon adabiyotining durdona asarlari qayta tahrirlanib, yanada sifatli nashr etilishi, ijtimoiy-ma’naviy ko‘makka muhtoj fuqaro va oilalarga badiiy-estetik salmoqdor kitoblar, badiiy adabiyotlarning tuhfa qilinishi ushbu qonunlarda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘lishi bilan bir qatorda aholi, xususan, yosh avlodning mutolaa madaniyatini kamol toptirishga, ma’naviy-ma’rifiy tafakkurini yuksaltirishga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Shuningdek, Yoshnobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik hissini yuksaltirish, joylarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan bir qator tadbirlar tashkil qilinib, bu tadbirlar davomida turli ko‘rinishdagi kitob ko‘rgazmalari uyushtiriladi.
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan keng aholi, jumladan, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Telegram kanalidada “Yashnobod AKM” kanalining ochilishi va ushbu sahifa orqali foydalanuvchilar uchun elektron kitoblar va audiokitoblarni bepul yuklab olish imkoni yaratib berilganligi mutolaa madaniyatini takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan jadal islohotlarning xos ko‘rinishidir. Xullas, yurtimizda so‘nggi yillarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida jiddiy o‘zgarish va intilishlar yuzaga kelib, jamiyat ma’naviy hayotining yangilanishi va yaxshilanishiga imkon yaratib bermoqda. Bu boradagi har bir faoliyat hamisha dolzarb va davomli bo‘lib qoladi.
Tayyorladi: Axborot-bibliografiya xizmati rahbari M. T. Kavlasheva
Kitobxonlik madaniyati qiziqish oshganda yuzaga chiqadi
Prezidentning “Kitob mahsulotlarini Chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi qarorining joylardagi ijrosi bugun o’z samarasini bermoqda.
Jumladan, Yashnobod ham axborot-kutubxona markazida aholining axborotga bo’lgan talablarini tezkor qondirish, kitobga bo’lgan qiziqish va mutolaa ma’daniyatini oshirish borasida bir qancha ishlarni amalga oshirilmoqda. Bunda birinchi navbatda kitobxonlar talabini o’rganishga alohida e’tibor qaratilayapti. Markaz tomonidan savolnomalar tarqatish orqali foydalanuvchilar xohish istaklari aniqlanmoqda.
Shu kunlarda kutubxona jamoasi ishini yangi tashkil etish, zamonaviy axborot texnologiyalardan keng foydalanish bo’yicha olib borayotgan ishlar ham e’tiborga molik. Xususan, markazda marketing ishlarni rivojlantirgan holda ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochdik. Ularda kitobxonlar bilan muloqotga kirishib, kitoblarni elektron shakli, audio kitoblar, ertak kitoblar, vidioroliklar muntazam joylashtirib borish yo’lga qo’yilgan. Kitoblarning asl nusxasi ham tavsiya etilmoqda.
Markazdagi “KARMAT-U” dasturiy ta’minoti esa foydalanuvchilarga zarur bo’lgan adabiyotlarni katalog vositasida tezda topish imkonini beradi. Ushbu dasturda 4725 nomdagi kitoblarning to’liq matnli elektron kutubxonasi yaratilgan.Izlanayotgan manba kutubxona fondida bo’lmasa, boshqa kutubxonalar, masalan, O’zbekiston Milliy kutubxonasi saytlaridan olamiz.
Hozirgi kunda markaz 98 ming 420 ta kitob va turli axborot-qo’llanmalarni o’z ichiga olgan. Tumanimizdagi mahallalar, maktablar bilan madaniy-ma’rifiy ishlarni hamkorlikda o’tkazish uchun shartnomalar tuzib, joylarda aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida mutolaa madaniyatini oshirishda o’tkazib kelinayotgan tadbirlarimiz ham yuqori samara bermoqda. “Ma’rifat karvoni” tadbirlari doirasida “Buyuklar yodi”, “Alisher Navoiy asarlari muqaddas meros”, “Qalbimizda mangu siymolar” nomi adabiy-badiiy kechalar, “Buyuk shoir nazmining navosi”, “Bobur kabi sevining Vatanni”, “Bahor keldi seni so’roqlab” nomli kitob ko’rgazmalari, Muso Toshmuxammad Oybekning “Navoiy» romani, Zulfiyaxonimga bag’ishlangan “Ehtirom” kitobining taqdimotlari va ko’chma kutubxonalar uyushtirish shular jumlasidandir.
Markaz xodimlarining malakalarini oshirib borishga ham e’tibor qaratib kelinmoqda. Axborot-kutubxona faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab olgan “Yosh mutaxassis maktabi” faoliyat ko’rsatib, kasb sir-asrorlarini xodimlarimizga o’rgatib kelmoqda. Chunki mutaxassislarning mohirligi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, yosh alodning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Yaxshigul ATAEVA,
Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi direktori


Тошкент – “Бутунжаҳон китоб пойтахти” бўлишга лойиқ

“Китоб — саҳрода дўст, ҳаёт йўлларида таянч, ёлғизлик дамларида йўлдош, бахтиёр дақиқаларда раҳбар, қайғули дамларда мададкор, одамлар орасида зебу зийнат, душманларга қарши курашда қуролдир”. Ушбу қамровдор ва бебаҳо таъриф улуғ аллома аждодимиз Шайх Нажмиддин Кубро ҳазратларига тегишлидир.
У зот замонасидан сўнг орадан қарийб тўққиз аср ўтгач, яъни 1995 йил 15 ноябрда Парижда бўлиб ўтган ЮНЕСКО Бош конференциясининг 28-сессияси қарорига мувофиқ, 23 апрель — Бутунжаҳон китоб ва муаллифлик ҳуқуқи куни деб эълон қилинган. Шунингдек, ЮНЕСКОнинг “Болалар ва ўсмирлар адабиётида бағрикенглик ғояларини тарғиб этганлик учун” номли мукофоти таъсис этилган.
Бу қарорнинг замирида, бир томондан, барча заминдошларимизни китоб мутолаасидан завқу шавқ олишга, иккинчи томондан, ўз асарлари билан инсониятнинг ижтимоий ва маданий тараққиётига бемисл ҳисса қўшган шоирлар ва ёзувчилар, драматурглар ва сценарийнавислар, олимлар ва мутафаккирлар – жами муаллифларга эҳтиром кўрсатишга жаҳоний даъват ўз мужассамини топган.
Шу тариқа 23 апрель — барча муаллифлар, ноширлар, устозлар, кутубхоначилар ва китоб оламига алоқадор касблар эгаларининг умуминсоний байрам кунига айланди. Худди шу санада дунёнинг кўплаб мамлакатларида китоб ярмарка ва кўргазмаларини ташкил этиш анъана тусини олди.
Бу ҳақда сўз борганда, ЮНЕСКО томонидан 1952 йили Женевада ташкил этилган конференцияда бутунжаҳон муаллифлик ҳуқуқи белгиси (©) амалиётга татбиқ этилгани улкан ютуқлардан бири бўлганини алоҳида таъкидлаш лозим. Айни шу анжуманда Муаллифлик ҳуқуқи тўғрисидаги бутунжаҳон конвенцияси ҳам қабул қилинган.
Ҳозирги вақтда Бутунжаҳон китоб ва муаллифлик ҳуқуқи куни жаҳоннинг 100 дан ортиқ мамлакатида миллионлаб инсонлар томонидан нишонланади. Сана муносабати билан турли уюшмалар ва касбий ташкилотлар, мактаблар ва олий ўқув юртлари, давлат муассасалари ва хусусий корхоналарда маърифий тадбирлар ташкил этилади.
Ўтган даврда шу байрам туфайли Ер юзининг турли қитъаларида яшайдиган ва турли маданиятларга мансуб бўлган қанчадан-қанча инсонлар ўртасида дўстлик ва бирдамлик туйғулари қарор топди ҳамда мустаҳкамланди. Муаллифлик ҳуқуқларини муҳофаза этиш ҳолати тубдан яхшиланди.
Башар аҳли китобнинг аҳамияти ниҳоятда серқирралигини тобора теран англамоқда. Яъни, китоб:
- билимлар кони;
- қадриятлар тимсоли;
- маънавий мерос қўрғони;
- цивилизациялараро мулоқот воситаси;
- ранг-баранг маданиятлар кўзгуси;
- моддий фаровонлик манбаи;
- муаллифлик ҳуқуқи билан ҳимоя қилинадиган ноёб ижод маҳсулидир.
Жорий йилда таъсис этилганига 27 йил тўлган ушбу халқаро сана 1996 йилдан буён Ўзбекистонда ҳам кенг нишонлаб келинмоқда. Китоб ва китобхонлик, ижод ва ижодкорлик, маданият, маънавият ва маърифатни тарғиб этишга қаратилган бу муҳим сана жорий йилда мамлакатимизда одатдагидан-да тантанали тарзда кутиб олинди.
Бу ўринда, албатта, юртимизда «Китобсевар миллат» шиори остида ўтказилган Иккинчи Республика «Китобхонлик ҳафталиги» ҳақида сўз бормоқда. Ҳафталик доирасида бутун мамлакатимиз бўйлаб маданий ва маърифий тадбирлар, китоб кўргазма-ярмаркалари, тақдимотлар бўлиб ўтди.
Президент Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги маълумотларига қараганда, ҳафталик доирасида Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ҳамда Тошкент шаҳрида бевосита китобхонлик тарғиботига бағишланган 480 дан ортиқ тақдимот, 40 дан ортиқ илмий-амалий семинар, давра суҳбати ва мулоқотлар ўтказилган. Жойларда 320 та турли маданий-маърифий дастур, театр томошалари, дизайнер-рассомларнинг ижодий кўргазмалари ташкил этилган.
Айниқса, ҳафталик доирасида «Меҳр кутубхонаси» ижтимоий лойиҳаси доирасида бутун республика бўйича Меҳрибонлик ва Қариялар уйлари ҳамда Мурувват муссасаларига 3 минг 500 дан ортиқ нусхадаги китоблар беғараз ҳадя этилган. Шунингдек, пойтахтимизнинг «Magic City» шаҳарчасида 32 та нашриёт-матбаа ижод уйи томонидан ўтказилган меҳнат ярмаркасида соҳага мутахассилар тайёрловчи 7 та олий ўқув юртининг 340 нафар талабаси иштирок этиб, уларнинг 40 дан ортиғи билан меҳнат шартномалари тузиш ҳақида келишиб олинган.
Буларнинг барчаси бежиз эмас. Чунки китоб бизга ҳаётни ўргатади, ҳар биримизни дунё сир-синоатлари ва маърифатидан баҳраманд этади.
Китоб – билим ўргатишнинг энг қудратли омили ва билимни асрашнинг ишончли воситасидир. Китоб инсонни маърифатга ошно этади, дунёдаги турфа маданиятлар ва анъаналарнинг маъно-моҳиятини англашга кўмаклашади, яшаш ҳамда ижод қилишга доимо илҳомлантириб туради.
Шу маънода, сўнгги йилларда Ҳаракатлар стратегияси доирасида мамлакатимизда матбаа ва ноширлик соҳасини қўллаб-қувватлаш тизимини такомиллаштириш, босма маҳсулотлар бозорини ривожлантириш бўйича кенг қамровли ва тизимли ишлар амалга оширилганини таъкидлаш даркор. Бунда, шубҳасиз, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 16 мартда қабул қилинган «Ноширлик ва матбаа соҳасини янада ривожлантиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги қарори алоҳида аҳамиятга эгадир.
Бинобарин, Президентимиз қарори чиққунига қадар матбаа ва ноширлик соҳасидаги ишлар аҳволи ушбу тизимдаги ташкилотлар ўртасида рақобат муҳитини кучайтиришни тақозо этарди. Муаллифлик ҳуқуқи бузилишининг олдини олиш, сифатсиз матбаа маҳсулотлари ишлаб чиқарилишини чеклаш, дарсликлар ва ўқув-методик мажмуаларни чоп этиш тартибини қайта кўриб чиқиш масалалари ҳам долзарб бўлиб турганди.
Шунинг учун бу борада 3 та асосий мақсад кўзда тутилди. Яъни, қарорга мувофиқ:
биринчидан, ноширлик ва матбаа соҳасида давлат аралашувини кескин камайтириш;
иккинчидан, соҳада қулай ишбилармонлик муҳитини яратиш;
учинчидан, таълим муассасалари учун сифатли дарсликлар ва ўқув-методик мажмуалар етказилишини таъминлашга доир бир қатор вазифалар изчиллик билан амалга оширилмоқда.
Кейинги даврда мамлакатимизда ёшларнинг китоб ўқишга бўлган қизиқишини кучайтиришга, уларнинг китоб билан дўст бўлишига, аҳолининг китобхонлик савиясини янада оширишга катта эътибор берилаётгани давлатимиз раҳбари томонидан бешта муҳим ташаббус илгари сурилгани мисолида яна бир бор яққол тасдиғини топди.
Шу ташаббусларнинг тўртинчиси айнан китоб ва китобхонлик маданиятини оширишга қаратилган. Ушбу ташаббус доирасида юртимизда китобхонлик клуби ташкил этилди, умумтаълим мактабларига юз минглаб нусхада китоблар совға қилинмоқда.
Давлатимиз раҳбари китобсиз, яъни илмсиз фаровон келажакка эришиб бўлмаслигига ўз вақтида эътибор қаратди. Хусусан, 2017 йил 12 январда Президентимизнинг “Китоб маҳсулотларини чоп этиш ва тарқатиш тизимини ривожлантириш, китоб мутолааси ва китобхонлик маданиятини ошириш ҳамда тарғибот қилиш бўйича комиссия тузиш тўғрисида”ги фармойиши имзоланганди. Ўтган вақт ичида бу йўналишда жуда салмоқли ишлар амалга оширилди.
Ўз навбатида, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 13 сентябрда қабул қилинган “Китоб маҳсулотларини нашр этиш ва тарқатиш тизимини ривожлантириш, китоб мутолааси ва китобхонлик маданиятини ошириш ҳамда тарғиб қилиш бўйича комплекс чора-тадбирлар дастури тўғрисида”ги ҳамда 2019 йил 7 июнда қабул қилинган “Ўзбекистон Республикаси аҳолисига ахборот-кутубхона хизмати кўрсатишни янада такомиллаштириш тўғрисида”ги қарорлари айни соҳадаги ислоҳотларнинг изчиллигига кенг йўл очди.
Янада муҳими, 2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясидаги еттита устувор йўналишдан бири маънавий тараққиётни таъминлаш ва соҳани янги босқичга олиб чиқишни кўзда тутади. Тараққиёт стратегиясининг 72-мақсадида:
биринчидан, аҳолига ахборот-кутубхона хизмати кўрсатишни янада ривожлантириш;
иккинчидан, китобхонликни кенг оммалаштириш;
учинчидан, “Китобсевар миллат” умуммиллий ғоясини рўёбга чиқариш вазифалари белгилаб берилган.
Аслида ҳам, китоб ва китобхонлик ҳар бир даврнинг энг долзарб мавзуларидан бири бўлиб келган. Ҳозирги кунда унинг долзарблик кўлами янада ортди. Чунки китоб ўқишда ҳикмат кўп. Кенг дунёқараш ва билимга эга бўлишда китобнинг аҳамиятини ҳеч нарса билан қиёслаб бўлмайди.
Китоб инсонни интизомли қилади. Нафсни енгишга ва каттани ҳурмат, кичикни иззат қилишга ўргатади. Китоб ўқиган киши қонунларга итоат қилиш кераклигини англайди.
Сир эмаски, “Сovid-19” деб ном олган тождорвирус XXI асрда яшаётган, техника-технология юксак тараққий топган инсоният жамиятини шошириб қўйди. Маърифат, жумладан, китоб мутолааси эса кишини фикрлар, ўй-ташвишлар жангида ғолиб чиқишга чорлайди.
Бугунги тараққий этаётган техника даврида кўпчилик мутолаага вақт ажрата олмаслиги мумкин. Аммо ҳар қандай вақтда ҳам китоб ўқишга вақт топган инсон ютади. Бир нарсани унутмаслигимиз керак, яқинларни китоб ўқишга даъват қилиш уларга яхшилик тилаш ҳисобланади.
ЮНЕСКО ҳамда китоб саноатининг учта асосий сектори – ноширлик, китоб савдоси ва кутубхоначилик соҳалари фаолияти билан шуғулланадиган халқаро ташкилотлар ҳар йили 23 апрелда дунё шаҳарларидан бирига “Бутунжаҳон китоб пойтахти” фахрий унвонини тақдим этиши хайрли анъанага айланган. Бундай шарафга сазовор бўлган шаҳар, одатда, китоб ва китобхонликни кенг тарғиб этиш, йил давомида бу борада алоҳида чора-тадбирлар дастурини амалга ошириш мажбуриятини зиммасига олади.
Мадрид 2001 йилда “Бутунжаҳон китоб пойтахти” фахрий унвонига сазовор бўлган илк шаҳардир. Кейинги йилларда Александрия (Миср, 2002), Нью-Деҳли (Ҳиндистон, 2003), Антверпен (Бельгия, 2004), Монреаль (Канада, 2005), Турин (Италия, 2006), Богота (Колумбия, 2007), Амстердам (Нидерландлар, 2008), Байрут (Ливан, 2009), Любляна (Словения, 2010), Буэнос-Айрес (Аргентина, 2011), Ереван (Арманистон, 2012), Бангкок (Таиланд, 2013), Порт-Харкорт (Нигерия, 2014), Инчхон (Жанубий Корея, 2015), Вроцлав (Поьша, 2016), Конакри (Гвинея, 2017), Афина (Греция, 2018), Шаржа (Бирлашган Араб амирликлари, 2019), Куала-Лумпур (Малайзия, 2020), Тбилиси (Грузия, 2021) шундай шарафланди.
Ушбу рўйхат билан танишар эканман, бундан бир неча йил илгари академик Акмал Саидов айни мавзудаги мақоласида Тошкент шаҳрини – “Бутунжаҳон китоб пойтахти”га айлантириш ташаббусини илгари сургани ҳақида ўйладим. Ҳақиқатан ҳам, мамлакатимиз пойтахти бу фахрий унвонга ҳар томонлама муносибдир. Бугунги кунда турли халқаро рейтингларда юқори ўринларни забт этаётган Янги Ўзбекистон учун бундай марра чўт эмас, назаримда.
Хулоса ўрнида Ўзбекистон Президентининг бу йилги Бутунжаҳон китоб ва муаллифлик ҳуқуқи куни арафасида, 21 апрель куни Қашқадарё вилоятига ташрифи доирасида юртдошларимиз билан жонли мулоқоти асносида билдирган бир фикрини келтираман.
Яъни, «Имконим бўлиши билан китоб ўқишга ҳаракат қиламан. Ўша куни 1 соатча бўш вақтим пайдо бўлиб қолганди, Амир Темур ва Тўхтамишхон ўртасида жанг тарихини ўқидим. Буюк саркардамиз қандай ғалаба қозонгани менга жуда қизиқ эди. Тўхтамиш ҳам осонликча ютқазмаган экан, бунда Амир Темур бобомизнинг юксак ҳарбий тактика ва стратегияси, довюраклиги иш берган. Ўзимга ҳам ёзволдим, Амир Темур жангда 7 та усулни қўллаган экан”, деди давлатимиз раҳбари.
Рамазон ойининг муборак кунларида тилагимиз шуки, ҳар биримизга китобхонлик бобида миллат улуғларидан ўрнак олиш ва юртимизнинг навқирон авлодига муносиб намуна кўрсатиш имконияти мушарраф бўлсин.
Ғулом Мирзо,
Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган журналист
“KITOBSEVAR MILLAT” G‘OYASINI HAYOTIMIZGA KENG TATBIQ ETAMIZ

Yaxshigul ATAYEVA,
Toshkent shahar Yashnobod tumani axborot- kutubxona markazi direktori
“Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysixalq birinchi navbatda opining intellektual salohiyati, yuksak та ’naviyati bilan qudratlidir. В unday yengilmas kuch manbai esa avvalo insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalardadir”.
Shavkat MIRZIYOYEV
Davlatimiz rahbarining ana shu fikrlari tasdig‘i sifatida mamlakatimizda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni takomillashtirish, rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish ishlari izchil yuksalmoqda. Bu haqda fikr yuritganda, avvalo, so‘ngi besh yilda sohada salmoqli natijalarga er- ishilganini ta’kidlash lozim. O‘z navbatida, 2022 yil 28 yanvarda Prezidentimiz farmoni bilan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqi- yot strategiyasi tasdiqlandi. Taraqqiyot strategiyasini 2022 yil – “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish yu- zasidan ustuvor maqsad-vazifalar belgilab berildi.
Bunda, ayniqsa, “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini ro‘yobga chiqarish masalasi kun tartibiga qo‘yilgani juda muhim. Shu asosda mamlakatimizning boshqa hududlari qatori poytaxtimizning Yashnobod tumanida ham aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko’rsatishning yangi tizimini yaratish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan. tumanimiz aholisi uchun “Do‘stlik” metro bekatidan chiqish joyida salkam 3 gektarlik bog‘ barpo qilinib, aholi serqatnov ushbu manzilda “Elektron kutubxona” tashkil etildi.
Internet rivojlangan bir davrda hammani ham kutubxonaga jalb qilish oson bo‘lmasligi sir emas. Shu ma’noda, bog‘ va saylgohlarda, odamlar gavjum hududlarda bunday ma’rifat maskanlarining tashkil etilishi ayni muammoning maqbul yechimi ekanini tajribamiz tasdiqlamoqda.
Tuman axborot-kutubxona sayti (qr-ebook.uz) yaratilib, unga bugungi kunda ko‘p o‘qiladigan eng dolzarb mavzudagi 600 nomdan ortiq adabiyot joylashtirildi. Bu baza yanada boyitib borilmoqda.
Kitob qaysi ko‘rinishda bo‘lmasin, qog‘ozda yoki elektron shaklda ekanidan qat’i nazar, uning mazmuni va ahamiyati o‘zgarmaydi. Bog‘ oralab o‘tiladigan yo‘lak bo‘ylab saytimizning QR-kodlarini o‘matib chiqishda ana shu oddiy va asl haqiqatni hisobga oldik.
Aholi, ayniqsa, yoshlarimiz o‘qishga yoki ishga shoshilar ekan, yo‘l- yo‘lakay saytimizning QR-kodi orqali o‘zlariga zarur adabiyotlami telefonlariga yuklab olmoqda. Bu, bir tomondan, yurtdoshlaritmizning vaqtini tejayotgan bo’lsa. ikkinchi tomondan, kitobxonlik va mutolaa imkoniyatlarini osonlashtirmoqda.
Bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganlar uchun Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida planshetlar bor. Ushbu planshetlarga zarur adabiyotlami yuklab olish va o‘qish uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Yana bir muhim jihat: bunday yangi “Elektron ku- tubxona”larda elektron baza, Internet tizimi bilan be- malol ishlaydigan mutaxassislar ishlashi kerak. Chunki elektron kitoblami va kerakli saytlami topishda foydalanuvchilarga tez va sifatli yordam ko‘rsatish talab etiladi. Bulaming barchasi, bir tomondan, kutubxona va kutubxonachilar nufuzini oshirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, kitobxonlik madaniyati yanada yuksalishiga, jamiyatimiz bilim darajasi izchil ortishiga olib keladi.
Yoshlarimiz ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanmoqda. Saytimiz hisoblagichi keyingi uch oylik faoliyati davomida 99 ming marta kitob yuklanganini ko‘rsatdi. Ko’rishlar soni 269 ming 124 tani tashkil etdi. Shu ma’noda, kelgusida dunyo miqyosida kitobsevar millat bodishimizga ishonchimiz bisyor. Chunki biz – buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz.
Bir so‘z bilan aytganda, yoshlarimizning kitob mutolaasi orqali nafaqat bilim olib, dunyoqarashini munosib shakllantirishi, ayni chog‘da, intellektual salohiyatini ham oshirib borishi Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida, hech shubhasiz, o‘z o‘mi va ahamiyatini yaqqol namoyon etadi.
Kutubxona.uz jurnali №3(55) 2022



Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari “Buyuk insonning ayoliga ehtirom” mavzusida bo’lib o’tgan xotira kechasida ishtirok etdi.
Ishonch ” gazetasining 2023 yil 20 apreldagi 49-50 sonlari mutolaa uchun havola qilindi.
Kutubxona.uz jurnali №3(55) 2022
KUTUBXONALARDA O’LKASHUNOSLIK FAOLIYATINING AHAMIYATI
Yashnobod tuman AKMSeptember 15, 2023

Yashnobod tuman axborot-kutubxona
markazi direktori
Annotatsiya. Maqolada o’lkashunoslikning jamiyatda tutgan o’rni, kutubxonalarda o’lkashunoslik faoliyatini yuritish, shuningdek, moddiy, nomoddiy, madaniy va ma’naviy meroslar haqida foydalanuvchilarga, aholiga innovatsion usullardan foydalangan holda sifatli xizmat ko’rsatish, loyihalar asosida ishlash, o’lkashunoslik fondi hisobotini yuritish to’g’risida tavsiyalar berilgan.
Kalit co’zlar: o’lkashunoslik, axborot, kutubxona, loyiha, ma’naviy yodgorlik, milliy qadriyatlar, moddiy yodgorlik, urf-odat, hudud.
The significance of local history activities in libraries
Yakhshigul Atayeva,
Director of the Information and Library Center
Yashnabad region
Abstract. The article discusses the role of local history in society, material, intangible, cultural and spiritual heritage, recommendations for conducting local history activities in libraries, providing quality service to users and residents using innovative methods, working on the basis of projects, and keeping accounts of the local history fund.
Key words: information, library, project, spiritual monument, national value, material monument, tradition, local history, territory
Vatan tushunchasi insonning ongu shuuriga juda murg’ak paytidayoq to’la singgan bo’ladi. Ta’bir joiz bo’lsa, bu ulug’ tuyg’u odam bolasiga ona suti bilan kiradi. Shuning uchun ham, davlatimiz madhiyasidagi
“Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon, Olamni mahliyo aylagan diyor” degan satrlarni butun xalqimiz bilan kuylaganimizda barchamizning qalbimizda faxr-iftixor tuyg’ular jo’sh urib, to’lqinlanib ketamiz. Chunki bu so’zlar zamirida juda teran ma’no, xalqimiz bosib o’tgan necha ming yillik shonli tarix solnomasi, xalqimizning bugun ham, kelgusida ham buyuk mo’jizalar yaratishga qodir ekanligi yuksak darajada tarannum etilgan, uni kuylash jarayonida biz bunga to’la-to’kis amin bo’lamiz.
Haqiqatan ham, ko’hna tarixda, ya’ni obrazli qilib aytganda, xalqimiz qudrati jo’sh urgan zamonlarda etishib chiqqan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy kabi allomalar, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturudiy, Burhonuddin Marg’uloniy kabi islom olamida yuksak nufuzga ega ulamolar, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurdek mard va jasur sarkardalar, davlat arboblari ilmiy kashfiyotlari va jo’shqin faoliyatlari bilan olamni mahliyo aylagani ayni haqiqatdir.
Shunday ekan, o’lkashunoslik buyuk tariximizning ajralmas qismi sifatida haqli ravishda asrlar osha avloddan-avlodga o’tib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng ilm ahli orasida xalqimizning boy tarixiga bo’lgan qiziqish va uni bugungi kun talablari asosida yoritishga intilish hissi yanada oshdi. Tariximizni o’rganish, unga bo’lgan haqqoniy munosabatni qaror toptirish va yosh avlodni tarixiy xotira bilan qurollantirish O’zbekiston rahbariyatining va jamoatchilikning diqqat e’tiborida turgan muhim masalaga aylandi. Tarixiy-madaniy merosimizni o’rganish va targ’ib etish, me’moriy yodgorliklar va qadamjolarni saqlash, ta’mirlashga katta e’tibor berilib, bu sohada ulkan ishlar amalga oshirildi.
So’nggi yillarda O’zbekistonda tarixiy-madaniy merosga e’tibor tubdan o’zgardi. O’zbek xalqining boy tarixini, moddiy va nomoddiy madaniy merosini saqlash, o’rganish va targ’ib qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Moddiy yodgorliklarga – qadimiy obidalar, manzilgohlar va qabristonlar, shaharlar, qasrlar va qal’alar xarobalari, uy-ro’zg’or buyumlari va boshqalar kiradi.
Ma’naviy yodgorliklar deganda esa, qadimgi yozuvlar, xalq og’zaki ijodi namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar, xususan, moziydan meros asl bitiklar, qo’lyozma kitoblar va arxiv hujjatlari tushuniladi.
Zeroki, Vatanga muhabbat o’z ona yurtini, ona zaminini his qilishdan boshlanadi. Binobarin, ta’kidlash o’rinliki, o’lkashunoslikka oid materiallar o’sha hudud ahli va kutubxona o’quvchilarining axloqiy tarbiyasidagi kamchiliklarni to’ldirish imkonini beruvchi boy manba hisoblanadi.
O’lkashunoslikning asosiy maqsadi – o’z o’lkasi tarixi, aholisi, etnografiyasi, xo’jaligi, madaniyati, tabiati va boshqa muhim jihatlarni ashyoviy dalillar asosida o’rganib, to’plangan ma’lumotlarni ommalashtirib, yoshlarning bilim darajasini va dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirishdan iborat. O’lkashunoslik juda katta ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maorifiy, o’quv-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ayniqsa, yoshlarning milliy qadriyatlarimizni o’rganishi va ularni ommalashtirishda o’lkashunoslikning o’rni muhim sanaladi.
Har bir inson, har bir xalq o’zining va dunyodagi o’rnini, milliy tabiatining boshqa xalqlardan farqli jihatlarini teran anglab yetishi zarur, bularni esa tarixni bilmasdan, o’z ona yurtining madaniyati, urf-odat va an’analarini o’rganmasdan turib amalga oshirish mumkin emas. Chunki har bir insonning hayot yo’li va turmush tarzi o’z mamlakatining o’tmishi, bugungi kuni, kelajagi bilan bevosita bog’liq, shuning uchun har birimiz o’z mintaqamizning kelib chiqishi, tarixi, madaniyatini yaxshi bilishimiz kerak.
Ona yurtning go’zalligini ko’rish, o’z xalqining tarixiga nazar tashlash va o’rganadigan joylardan biri kutubxonadir.
Axborot-kutubxona markazi faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri o’lkashunoslik faoliyati hisoblanadi.
Bugungi kunda kutubxonachilik o’lkashunosligining tiklanishiga milliy ongning milliy va umuminsoniy qadriyatlar ko’lamida yuksalishi sabab bo’lmoqda.
O’lkashunoslik materialining katta tarbiyaviy, vatanparvarlik imkoniyatlari fuqaroni mavhum ideallar asosida emas, balki ota-onalar hayotidan, o’z mintaqasi va mintaqasi tarixidagi voqealardan misollar asosida tarbiyalashga imkon beradi.
Har bir yosh avlodning o’z o’lkasi tarixini o’rganishi va Ona Vatanni sevishi birinchi galdagi muqaddas burchi hisoblanadi. Binobarin, Ona tuproqni sevgan kishini el qadrlaydi, uning izzat-hurmatini joyiga qo’yadi. O’z tarixini, ona yurtini, ona tuprog’ini e’zozlashni o’rgangan farzand haqiqiy inson bo’lib voyaga yetadi va o’z oldiga qo’ygan ezgu vazifa va marralarga albatta erishadi.
O’zi tug’ilib o’sgan joyning o’tmishi va bugungi kuni, avvalgi avlodlar va an’analar tajribasi, turmushi, urf-odatlari, hududning tabiiy o’ziga xosligi va boshqa ko’p narsalar, bularning barchasi axborot-kutubxona markazi tadbirlari mavzusiga aylanib bormog’i lozim.
“Mening yurtim jannat kabi”, “Jannatmakon o’lkam bo’ylab” kabi loyihalar orqali kutubxonaning o’lkashunoslik faoliyatini faollashtirish; yosh avlodda Ona Vatanimizga muhabbat uyg’otish; kichik Vatan bilan faxrlanish tuyg’usini shakllantirish; ona yurt haqidagi bilimlarni targ’ib qilish va kengaytirish, o’qish faoliyatini rivojlantirish; o’lka tarixini yosh foydalanuvchilar uchun jozibador qilish; o’lkashunoslik tadqiqotlariga qiziqishni rivojlantirish; aholi o’rtasida vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish, avlodlar o’rtasidagi aloqani mustahkamlash kabi masalalar hamisha dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Loyihalarning maqsadlari – Axborot-kutubxona markazlari uchun eng yaxshi asarlar to’plamlarini tanlash va elektron taqdimotlar yaratish; tuman aholi hududlarida o’tkaziladigan hamkorlik qo’shma tadbirlarida ishtirok etish; (o’lkashunoslik adabiyotlari sharhlari, suhbatlar, viktorinalar, intellektual o’yin dasturlari, ijodiy tanlovlar) targ’ibotlar doirasida aholi, kutubxona o’quvchilarining dunyoqarashini kengaytirish, ularda vatanparvarlik hissini tarbiyalash, “Eng yaxshi tuman aholisi” loyihasi orqali tumanning asl iqtidor sohiblari ijodi haqidagi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratiladi.
Tuman axborot-kutubxona markazlarining siyosiy ahamiyati ortib borayotgan bir vaqtda o’lkashunoslik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur axborotlar bilan ta’minlashga erishish alohida ahamiyatga ega. O’lkashunoslik faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari va uning ko’p bosqichliligi boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Bular rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, hisobga olish, nazorat qilish, tahlil qilish va kadrlar tayyorlash singari muhim masalalarni qamrab oladi.
Kutubxonalarda o’lkashunoslik faoliyatining tashkiliy dizayni ham bu boradagi targ’ibot-tashviqot samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
Hozir tashkil etilgan axborot-kutubxona markazlarining ko’pchiligida o’lkashunoslik fondi hajmi to’g’risida ma’lumot juda kam. Bu esa o’lkashunoslik fondini zarur darajada hisobga olishni talab qiladi. Bu ishni kutubxonada o’lkashunoslik bo’limi yoki o’lkashunoslik sektori bo’lsa, amalga oshirish qulay bo’lar edi.
Shuningdek axborot-kutubxona markazlarida mavjud o’lkashunoslik va noyob nashrlarni, ya’ni milliy-madaniy merosni saqlash, ularning to’liq matnli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, raqamlashtirish va qidirishni avtomatlashtirish tizimini joriy qilish orqali axborot-bibliografiya faoliyatini takomillashtirish, foydalanuvchilar va aholi bilan ishlash, shu jumladan, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning innovatsion usullarini tatbiq etish o’lkashunoslik faoliyatining sifatini yanada oshiradi.
QR kod texnologiyalari asosida o’lkashunoslikka oid ma’lumotlar bazasini yaratib, kutubxonada hamda aholi gavjum joylarda, avtobus va metro bekatlarida tatbiq etish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, kutubxonalarda o’lkashunoslik faoliyatining keng yo’lga qo’yilishi kitobxonlar, ayniqsa, yoshlar ongida jonajon o’lka tabiiy va jug’rofiy manzaralariga qiziqish, uning mazmun-mohiyatini chuqur anglash, qolaversa, butun dunyoni o’rganishga nisbatan ularning ishtiyoqini kuchaytiradi, pirovardida kitobga bo’lgan muhabbatining ortishiga xizmat qiladi.
Kutubxonalarda o’lkashunoslik ishining yaxshi yo’lga qo’yilishi foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini qondirishga va yosh avlodning hayotda o’z o’rnini topishiga hamda mamlakatimiz kelajagiga munosib hissa qo’sha oladigan quruvchilariga aylanishiga ishonaman.
Ana shularning barchasini e’tiborga olib, go’zal va betakror Vatanimizni ko’z qorachig’imizdek asrab, dunyo miqyosida hech kimdan kam bo’lmasdan, yanada yuksak obro’-e’tibor qozonish uchun borlig’imiz bilan mehnat va ijod qilishimiz zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
Abdurahmonov Q. “Olamni mahliyo aylagan diyor”. –Toshkent: G’. G’ulom nomidagi n-yot, 2016. – 251 b.
Qodirov B. “O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ta’lim berish jarayonini tashkil etish”. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2011 – 157 b.
2019 — 2024 yillarda O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish kontseptsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi PQ-4354-son qaroriga 1-ilova.
YANGI KONSTITUTSIYA- HUQUQIY TAYANCHIMIZ

Yaxshigul ATAYEVA,
Toshkent shahar, Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi direktori
Bugungi kunda mamlakatimizda Inson huquqlari bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasida milliy ta’lim das- turi izchil amalga oshirilmoqda. 0‘zbekiston Respub- likasi Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan ushbu dasturiy hujjat1 biz – kutubxonachi- lar oldiga ham inson huquqlari sohasidagi adabiyotlami targ‘ib qilish bilan bogliq qator vazifalar qo‘ydi.
Chunki, inson o‘zi va o‘zgalaming huquqlarini ta’minlashi hamda himoya qilishi uchun avvalo shu insonlarga tegishli huquqlar, erkinliklar va ularning qonuniy manfaatlarini bilishi lozim. Bu, o‘z navba- tida, o‘qib-o‘rganishni, huquqshunoslikka oid kitob- lami varaqlashni, demakki, shumaqsadda kutubxona bilan bogdanishni taqozo etadi.
Inson huquqlariga doir adabiyotlar bilan foydala- nuvchilarga xizmat ko‘rsatish poytaxtimizning Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazida ham tizimli yodga qo‘yilgan bodib, kitobxonlarimiz o‘r- tasida “Yangi 0‘zbekiston va inson huquqlari”, “Inson huquqlari – oliy qadriyat” kabi mavzularda ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, ko‘rgazma va viktorinalar o‘tkazish yo‘li bilan bu borada doimiy targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Axborot-kutubxona markazi xodimlari, ayniqsa, “Inson huquqlari haftaligi” tadbirlarida faol qatnashdi. Xu- susan, o‘quv zalimizda 22-fevral kuni mahalla faollari ishtirokida inson huquqlari sohasidagi ta’lim mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati ko‘pchilikka manzur bo’ldi.
Haftalik tadbirlar doirasida “Qonun ustuvor yurtning kelajagi buyuk bo‘ladi” mavzuli ko’rgazmasi tashkil etil- ganini ham alohida ta’kidlashni istardim. Nega deganda, ayni ko‘rgazmada ishtirok etgan kitobxonlar kutubxo- namizdagi huquqiy adabiyotlaming bibliografik sharhi bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Yanada muhimi, ana shu tadbirlarimiz yangilanayotgan Konstitutsiya va bo’lajak referendum targ’ibotiga bag’ishlangan anjumanlarga ulanib ketgani bejiz emas. Binobarin, davlatimiz rahbari ta’kid- laganlaridek, “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 0‘zbe- kiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo’lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli ja- miyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir”.
Shu yil 30-aprelda umumxalq referendumi tomo- nidan qabul qilingan yangi tahrirdagi 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mavzusi bugun barcha yurtdoshlarimizning e’tibor markazida turibdi. Kons- titusiyaga bag‘ishlangan tadbirlarimiz ishtirokchilari mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlardan yaxshi xabardor ekanliklarini namoyon etayotgani quvonchlidir.
Yangi Konstitutsiyada demokratik, huquqiy va ij- timoiy qadriyatlar jamuljam o‘z ifodasini topgani juda muhim. Zero, birgina “ijtimoiy davlat” tushunchasiga teranroq nazar soladigan bo‘lsak, buning zamirida “In- son qadr-qimmati – hamma narsadan ulug‘, inson sha’ni – har narsadan muqaddas”, degan insonparvar g‘oya va adolatli konsepsiya mujassam ekaniga amin bo‘lamiz. So‘nggi yillarda Yangi 0‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida Prezidentimizning “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan siyo- siy konsepsiyasiga tayanib, jamiyat va davlat tizimlarida tatbiq etilgan yangilanishlar o’zini oqlamoqda.
Yangilangan Konstitutsiyamiz va uning negizida istiqbolda qabul qilinadigan yangi qonunlar Vatanimiz obodligi va xalqimiz farovonligini ta’minlashning mustahkam huquqiy asosini tashkil etadi. Shu o‘rinda o‘z kasbiy faoliyatimdagi ayni mavzu bilan bog‘liq bir yutuq haqida muxtasar to‘xtalmoqchiman. Gap shun- daki, Adliya vazirligi tomonidan joriy yil fevral-mart oylari xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha xotin-qizlaming ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon o‘tkazildi. Men ham shu sinovda ishtirok etib, 20 ta test savolidan 15 tasiga to‘g‘ri javob berdim. Imtihon shartiga ko‘ra, 10 nafar ishtirokchi yakuniy bosqichda ishtirok etish huquqi- ni qo‘lga kiritdik. Imtihon yakunlari bo‘yicha faxrli o‘rinlami egallab, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandik.
Yana bir muhim yangilik: bizning Axborot-kutub- xona markazimizda ham “Yangi Konstitutsiya va inson huquqlariga oid adabiyotlar” ma’rifiy burchagi ochildi. Kutubxonamiz 0‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi ijrosi doirasida Inson huquqlari bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi taqdim etgan inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar bilan muntazam boyitib boril- moqda. Ayni vaqtda Milliy markaz tomonidan taqdim etilgan adabiyotlar jamlanib, ularga ilmiy va texnik ishlov berilmoqda. Eng asosiysi, ushbu muhim kitob- lar elektron katalogga izchil kiritilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Axborot-kutubxona marka- zimiz eng asosiy huquqiy manba – yangi Konstitutsiya bilan boyiganidan barcha xodimlarimiz mamnundirlar. Zero, Asosiy Qonunimiz inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo‘lida muhim huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilishiga ishonchimiz komil.
Kutubxona.uz jounal №2(58) 2023
YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA KITOBXONLIKNI TARG‘IB QILISH USULLARI

Yaxshigul ATAYEVA,
Toshkent shahar, Yashnobod tuman axborot-kutubxona markazi direktori
Xalqimizning istiqboli, ertangi kunining poy- devori bugun voyaga yetayotgan navqiron avlodga munosabat, yoshlaming o‘z qobiliyatlarini ro‘yob- ga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va boshqa omillarda namoyon bo‘ladi. Shu ma’no- da yurtimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq yoshlar masalasiga davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratib kelinadi.
Har bir yosh o‘zining huquqiy ongi va tafakku- ridan kelib chiqib, huquqlari bilan birgalikda maj- buriyatlarini ham yaxshi bilishi, uni to‘g‘ri qo‘llay olishi, eng muhimi, shaxsiy fikrini aniq bayon etish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur. Zero bu xislatlar ulami turli yot g‘oyalar ta’siridan himoyalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu masala- ning dolzarbligini hisobga olgan holda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomoni- dan 2019-yildayoq yoshlar ma’naviyatini yuksal- tirish va ulaming bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 muhim tashabbus olg‘a surilgani, shundan to‘rtinchi – yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlami amalga oshirish bo‘lgani bejiz emas edi. Chunki, Yurtbos- himiz aytganlaridek, “Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi. Kitob o‘qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo‘q”.
0‘zbekistonda kitob va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish davlat siyosati dara- jasiga ko‘tarilishiga axborot makonida yashayotgan yoshlaming kitobxonlik madaniyatidan yiroqlas- hish, ma’naviyatning, intellektual ongning qashs- hoqlashishi xavfi borligi sabab bo‘lgan. Shu bois Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 12- yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” far- moyish berdilar. Shu yil 13 sentabrda esa o‘zlari- ning PQ-3271-sonli qarori bilan “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks cho- ra-tadbirlar Dasturi” qabul qilindi.
Kitob mutolaasi kishi aqlini charxlaydi, bilimi- ni boyitadi, yuksak insoniy fazilatlami tarbiyalaydi. Barcha zamonlarda kitob ma’naviy mulk, bebaho xazina sifatida ardoqlangan, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy, falsafiy, tarixiy kitoblar yaratilgan, ulaming avlod- lardan-avlodlarga yetib borishi haqida qayg’urilgan. 0‘tmishda yashab o‘tgan buyuk siymolar ilm-ma’ri- fat manbai bo‘lgan kitoblar yaratib, bizga buyuk meros qoldirishgan. Bu kitoblar orqali hozirgi yosh avlod dunyo ilm-fani, madaniyati taraqqiyotiga aj- dodlarimiz qo‘shgan hissa beqiyos boMganligini his etishadi va bundan g‘ururlanishadi. Mashhur ingliz faylasufi Frensis Bekonning ta’rifiga ko‘ra, kitob “Vaqt toiqinlarida suzadigan va qimmatbaho yuki- ni avlodlardan-avlodlarga ehtiyotkorlik bilan yetka- zadigan tafakkur kemasidir”.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tabiatda ham, jamiyatda ham o‘zgarmaydigan narsa va hodisalar mavjud emasligi, tegishli ijtimoiy-ma’naviy muhit va munosib ta’lim-tarbiya insonga, uning ijtimo- iy-ma’naviy qiyofasiga ta’sir etishi mumkin, deb bilishini ta’kidlaydi. “Devoni Foniy”dan keltirilgan quyidagi misralar bu fikmi to‘la tasdiqlaydi:
Chu farzandi neko‘st az mardi noxush,
Tahayyur nayoyad, taajjub nashoyad.
Zi xoro agar gavhar oyad ajab nest,
V-ar az paykari xorbun gul kushoyad.
Tarjimasi:
Noxush erdan bo‘lsa farzandi a’lo,
Hayron bo‘lma, qilma zinhor taajjub.
Qattiq toshdan gavhar, tikandan esa
Gul ochilsa kirn demas uni marg‘ub.
Yomon erdan yaxshi farzand tug‘ilishi toshdan gavhar, tikandan gul paydo bo‘lishiga o‘xsha- tilyapti. Bu yuqorida aytilgan ta’lim-tarbiya, yaxshi ijtimoiy muhit inson tarbiyasida hal qiluvchi aha- miyat kasb etishi, insonning barkamol shaxs bo‘lib shakllanishida tashqi ta’sirlaming ijobiy roli katta ekanligi ko‘rsatib berilgan. Yaxshi, namunali oila- da tug‘ilib, tashqi muhitning zararli ta’siri natijasida ma’naviy-axloqiy jihatdan buzilgan, hayoti izdan chiqqanlar, yomon oila muhitida tug‘ilib, tashqi mu- hitdan faqat ijobiy ta’sirlami o‘ziga yuqtirgan kishi- lar hayotda ko’p uchraydi.
Demak, bola tarbiyasi hamisha muhim va do- lzarbdir. Bolaning barkamol shaxs sifatida shakl- lanishi uchun oila, maktab, kutubxona va ijtimoiy muhit o‘rtasida doimiy ijobiy aloqa, samarali ham- korlik qaror topishi lozim. Ana shunday muhit yara- tilganda bolada iqtidor va qobiliyat o‘sadi, rivojla- nadi, o‘z samaralarini beradi. Bola o‘zini namoyon etishi uchun unga to‘g‘ri tarbiya berilishi, chuqur bilimga ega bo‘lishi zarur. Bilimlar esa kitob o‘qish, mutolaa qilish asosida hosil qilinadi. Kim ko‘p kitob o‘qisa, ustoz ko‘rsa, unda yuksak axloqiy fazilatlar- ga egalik, donishmandlik barq urib turadi.
Kitobxonlikni targ‘ib qilish, bolani mutolaaga o‘rgatish bugungi kunda oson ish emas. Bunga juda katta mehnat va ilm talab etiladi. Agar kutubxona xodimining ilmiy salohiyati yuqori va izlanuvchan bo‘lsa, turli loyihalar asosida kitobxonni kitob o‘qish- ga qiziqtira oladi. Axborot texnologiyalarining rivoj- lanishi va uning jamiyatga ta’siri kuchli bo‘layotgan bu davrda axborot-kutubxona mutaxassislari ham aholining turli qatlamlarini o‘rganib chiqib, an’ana- viy usuldan tashqari turli mavzudagi axborotlami yoshlar faol bo‘lgan tarmoqlar orqa-i etkaza olsa, ku- tubxonaga kitobxonlami jalb qilish mumkin.
Bundan tashqari, “Siz uchun foydali” loyihasi asosida maqsadga erishish yoilari, kitob o‘qishning muhimligi insoniyat kamolotining rivojlanishida muhim rol o‘ynovchi, odamlaming dunyoqarashi shakllanishida asosiy vosita bo‘lgan kitobni qadr- lash, unga muhabbat bilan munosabatda bo‘lish, yosh avlod qalbida kitobga mehr tuyg‘ularini uyg‘otish haqida mutafakkirlaming insonni ruhlan- tiruvchi hikmatli so‘zlaridan foydalangan holda ki- tobxonga ta’sir o‘tkazish lozim. Hatto bu tadbimi ijtimoiy tarmoqlar orqali masofadan turib amalga oshirsa ham bo’ladi. Aytaylik, “Kitob bergan odobni ota-onang berolmas,
Dili so‘qir kitobdan odob gulin terolmas”,
“Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”, “Kitob – bilim bulog‘i”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Olamdin g‘amsiz o‘tay desang, ilmu hunar o‘rgan” kabi hikmatlami ularga mos badiiy asarlami tavsiya qilgan holda yosh kitobxonga yetkazilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.
Muhim sanalarga bag‘ishlangan mavzular ro‘yxati va bu ma’lumotga ega bo‘lish uchun qayerga murojaat qilinishi yoki bilim olib juda katta marralarga yetgan turli kasb vakillarining hayoti va ijodi yoritilishi mumkin. Bunda kito- bxonlar ko‘proq bilim olishi, kitob o‘qishi va ol- gan bilimlarini boshqalarga so‘zlab berishi mumkin. Har xil to‘garaklarda, ommmaviy tadbirlar o‘tkazishda an’anaviy usul orqali badiiy ertaklar- ni ovozli o‘qish hamda aytib berish bolalami bir- lashtiradi. Ommaviy ishlarning ajralmas bir qismi ifodali o‘qishdir. Ovozli, ifodali o‘qish kutubxona- da boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda asosiy usullardan biri bo‘lib, samarali hisoblana- di. Ovozli o‘qish va so‘zlab berish kutubxonaning maktabgacha yoshdagi bolalar, kichik sinf o‘quvc- hilari bilan ishlashda muhim o‘rin egallaydi. Ular hali o‘qish texnikasini unchalik yaxshi egallama- ganliklari sababli, eshitishni juda yaxshi ko‘radi- lar, o‘qishni esa unchalik istamaydilar. Chunki hali ravon o‘qishga qiynalishlari mumkin. Qolaversa, bolalar o‘qishnigina emas, diqqat bilan eshitishni ham, eshitganlarini o‘zlashtirib, aytib berishga ham o‘rganishlari kerak.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga qan- day badiiy asarlami o‘qish tavsiya etilishi lozim? Bu holda yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ish tutish zamr. Chunki maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarga tavsiya qilinishi lozim boTgan adabiyotlar dastlab, bolalarning diqqati, xotirasi, tafakkuri, xayol, iroda kabi murakkab psixologik jarayonlar vositasida amalga oshirilsagina bola- laming qabul qilish ko‘nikmalari yaxshi rivojlana boradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga tavsiya etiluvchi asarlarning o‘zini ham bir necha toifaga bo‘lish va shu asosda ularga asarlarning shakl va mazmun jihatidan badiiy mukammallari tavsiya etilishi mumkin. Misol uchun, 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda hali o‘qish ko‘nikma- lari barqarorlashmagan bo‘ladi. Bu yoshdagi bo- lalaming kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun o‘qiladigan asarlar mazmuni, g‘oyasi, syu- jeti jihatidan sodda, tushunarli va ixcham boTishi lozim. Bunday asar bir syujetli, oz personajli, ifo- dasi sodda va ravonligi bilan ajralib turishi zarur. Bu bolalar hali asar voqealarini idrok etish malaka- lariga ega emas.
Ovozli o‘qish 3-sinf o‘quvchilari uchun ham mu- himdir. Ovozli o‘qish yozuvchi tilining chiroyliligi- ni va uslubini kitobxon tomonidan tushunishga olib keladi. Bola kattalaming ifodali o‘qishini eishtgach, uning o‘zida ham o‘qishga qiziqish paydo bo‘ladi va mustaqil o‘qishni boshlaydi. Ovozli o‘qish kitobga kam qiziquvchi va kam kitob o‘quvchi bolada ham kitobga qiziqish uyg‘otadi. Ba’zan kitobni ovozli o‘qib, uni qiziq joyiga kelganda to‘xtatib qo‘yish va kuzatish kerak, o‘quvchilar davomini o‘zlari qiziqib tugatadilar. Chunki hikoya qiziq joyiga kelib to‘xta- ganidan keyin uning nima bilan tugashi o‘quvchini qiziqtirishi shubhasiz.
5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tavsiya etiladigan asarlar esa murakkabroq, ikki va undan ortiq syujetli, voqealar va personajlar tarkibi ko’proq ishtirok etishi bilan ajralib turadi. Umuman, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga moTjallan- gan asarlar syujetida ko’proq tabiat hodisalari, jo- nivorlar, o‘simliklar, parrandalar ishtirok etuvchi voqealar bolalarda ko‘proq qiziqish uyg‘otadi. Bunday asarlar esa bolalami tabiatni sevishga va mehr qo‘yishga chorlaydi. Bolalar qo‘shiqlari, topish- moqlar, maqollar, tez aytishlar, ertaklar va boshqa shunga o‘xshash xalq og’zaki ijodi namunalari bilan bir qatorda bolalar adiblari tomonidan yozilgan asarlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Kitobxonlikni targ‘ib qilishda 9-13 yoshli kito- bxonlarga Anvar Obidjonning “Juda qiziq voqea”, “Meshpolvon jangga otlandi” kabi yoki jahon ada- biyoti namunalari bo‘lmish Nikolay Nosovning “Bilmasvoyning sarguzashtlari”, Karlo Kolodi- ning “Pinokkioning boshidan kechirganlari” kabi quvnoq, fantaziyaga boy va muhimi bola tabiatiga mos asarlarni tavsiya qilish kerak. Bu asarlar bola- ga bilim berish bilan birgalikda uning tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uning ruhiy olamini boyita- di, ezgulikka muhabbat ruhida tarbiyalaydi. Lekin “Alpomish”, Alisher Navoiy g‘azallari, “Kalila va Dimna”, Sa’diyning “Guliston”i kabi asarlar bu yoshdagi bolalar uchun biroz og‘irlik qiladi. Sa- babi, bu asarlar ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega asarlar hisoblanib, ulardagi voqealami anglash uchun bilimdan tashqari ma’lum bir hayotiy ta- jriba ham talab qilinadi. Ularning o‘rniga Quddus Muhammadiyning kichik maktab o‘quvchilari- ga atab yozilgan she’rlari, Pirimqul Qodirovning “Akromning sarguzashtlari” qissasi, “Najot” er- tak-qissasi, Shukur Sa’dullaning “Kachal polvon” nomli ertak-dramasi kabi asarlar tavsiya etilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
14-20 yoshli kitobxonlar uchun Maqsud Qoriyevning “Spitamen”, Yavdat Ilyosovning “So‘g‘diyona” kabi asarlari tavsiya etilsa, ularda Vatan tuyg‘usini, milliy g‘urumi shakllantirishga xizmat qiladi. Zero, aynan shu yoshda inson ongida g‘urur, iftixor tuyg‘ulari shakllanayotgan bo‘ladi. Biroq Bo‘riboy Ahmedovning “Amir Temur” hu- jjatli romani tarixchi mutaxassislar uchun moTjal- langan bo‘lib, bu yoshdagi kitobxonlar uchun ham og‘irlik qilishi mumkin.
Kitobxon yoshlar formulyarlari o‘rganilib, tahlil qilinib, to‘g‘ri tavsiyalar berilib, kitob o‘qishga yo‘naltirilsa, internet titishlar, undagi har xil be- ma’ni, oldi-qochdi, behayo yoki, eng dahshatlisi, zararli oqimlarga da’vat qiladigan saytlarga kirish- laru, ularning qarmog‘iga ilinib, chohiga tushishlar kamayardi.
Kutubxonachilarimiz har bir yosh kitobxon- ga pedagog nazari bilan qarashini, ularga ma’lum ma’noda ustozlik qilishini istar edik. Chunki biz ham jamiyatimizda yuksak ma’naviyat tantanasi uchun kurashayotganlar safidamiz. Kelajakda yosh- larimiz kitobxonlik va kitobsevarlik bobida havas qilsa arziydigan marralami ishg‘ol qilishsa – bu bizning ham yutug‘imiz, bizning ham iftixorimiz boTishi tabiiy!
Kutubxona.uz journal №4(64) 2024




















